D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


TOSHLARDAN O`YINCHOQLAR YASASH, UNGA ISHLOV



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

TOSHLARDAN O`YINCHOQLAR YASASH, UNGA ISHLOV 
BERISH. 
 
Oddiygina ko`chalarda yumalab yotgan toshlardan juda chiroyli buyumlar, o`yinchoq suvinerlar 
tayyorlash mumkin. 
Qadim zamonlardan ma’lumki odamlar o`z fikr-mulohazalarini toshlarga bitishgan. Qilgan 
ovlarini toshlarda aks ettirganlar. Ana shu davrdan boshlab toshda biron bir ko`rinish, yoki 
o`ymakorlik ishlari, haykaltaroshlik ishlarida ishlatilinib kelinmoqda. 
O`quv ustaxonasida ham bunday oddiy toshlardan buyumlar tayyorlashimiz mumkin. Buning 
uchun yassi, yuzasi tekis yoki yumaloq, biron bir shaklga ega toshlarni yig`ishdan ishni 
boshlaymiz. Ularni bolalarni o`zlari topganlari ma’qul. Toshlarni yig`ish jarayonidayoq 
bolalarning fantaziyalari boyib boradi, chunki biron toshni olar ekanlar “men bundan baliqcha 
yasayman, yoki qarang mashinaga o`xshar ekan” degan fikrlarni bildiradilar. Toshlarni shunday 
tanlash kerakki undan biron bir narsa yasash mumkin bo`lsin. Buning uchun qurilish yelimidan, 
akvarel bo`yog`i, lak kerak bo`ladi. Yassi yuzali toshlarni guruntlab, ustiga rasm ishlanadi. Bunda:
xonqizi, toshbaqa, baliq tasvirlarini ishlash mumkin. 


78 
YONG`OQLARDAN O`YINCHOQLAR YASASH. 
 
 
Yong`oqlardan qiziqarli buyumlar tayyorlash mumkin. Shishkalar, yong`oqlar, 
manzarali daraxt urug`lari, mevalari mehnat darslarida as qotadi. 
Kichik maktab yoshidagi bolalar yong`oqlarni ishlatishda qo`llarini 
jarohatlamasliklari uchun o`qituvchi yordam berishi kerak. 
Avvalo yong`oqlarni maktab atrofi, dam olish maskanlaridan sayohat chog`ida 
terish maqsadga muvofiqdir. Ularni qanday saqlash kerakligi haqida o`qituvchi 
tushuncha beradi. Yong`oqlarni yilning har faslida yig`ish mumkin. 


79 
Ulardan juda qiziqarli o`yinchoqlar tayyorlanadi, buni bolalar qiziqish bilan 
bajaradilar. Chunki bu yong`oqlarni ular o`zlari yig`ib, tayyorlaganlar. 
Yong`oqlardan yuza shaklda yoki hajmli o`yinchoqlar yasash mumkin. Bizga 
yelim (selikon, moment), akvarel yoki guash, munchoqlar, turli lentalar, o`simlik 
shohlari kerak bo`ladi. Bunday ishlarni bajarishda o`qituvchiga ota-onalar ham 
yordam beradilar. 
O`quvchilar o`zlari tayyorlagan o`yinchoqlarni o`z yaqinlariga sovg`a qiladilar. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə