D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

Barmoq teatri. 
Yoz oyida bolalarning o'z qo'llari bilan yasagan o'yinchoqlaridan o'yinchoq 
teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda 
bolalar nafaqat oddiy tomoshabin bo'lib qolmasdan, ular mehnat qiluvchi, 
ijodkorga aylanib, o'zlaridan kichik ukalariga teatr ko'rsatish bilan ularni 
xursand qiladilar. 
Barmoq teatri qahramonlarini qog'ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va 
silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan. 


76 
Qog'ozdan odam, hayvonlarning kichik shaklida barmoqqa tasvirini tayyorlab, uni 
barmoqqa qog'ozdan uzuk shaklida yasalgan qog'oz halqaga yelimlanadi va 
barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash 
mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, 
qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq 
sig'adigan kichik teshikcha qilib qo'yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, 
dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. 
Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng 
tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uni teskari 
tomonidan tikib, so'ngra o'ngiga ag'dariladi, 
qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan tikishni, ko'z, qosh, burun, 
og'iz kabilarni tikish yoki yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin.
Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to'rdan bezaklarni o'zlari tikadilar. Porolondan ham 
barmoq teatri qahramonlarini yasash mumkin. Porolondan turli qahramonlarning bosh qismini 
tayyorlab, barmoqqa kiygazish joyini qilib, qahramonlarni bezatishda matolardan ham 
foydalanish mumkin. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida barmoqqa kiyish uchun 
qahramonni barmoqqa mos qilib bichib, usti tomonidan «halqa» choki bilan, ba'zan esa to'g'ri 
chok bilan ichki tomonidan tikib,o'ngi tomoniga o'giriladi. Detallarni bolalar o'zlari tugmacha, 
jun iplar yordamida jihozlaydilar. 
Barmoq teatrini qog'oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog'ozdan silindr yasab, 
barmoqqa mos qilib qog'oz quyqani silindrga kirgiziladi, so'ng xohlagan shaklni yasash mumkin. 
Qurigandan keyin bosh qismlar bo'yaladi. Ularga ba'zi detallarni qog'ozdan qirqib, yelimlab 
qo'ysa ham bo'ladi. Masalan: quloqlarni, ko'zlarni tugmachadan, matolardan, turli iplardan 
sochlarni qilish mumkin. Bunday o'yinchoqlarni katta maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil 
bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha qushcha, hayvonlar boshining orqa 
tomoniga kichik karton kog'oz qoldig'idan barmoq sig'gulik qilib yopishtirib qo'yish mumkin. 
Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki, har bir ertak 
qahramonlarini bolalarning barmoqlariga mos kichik, yoki ertak ko'rsatuvchining barmog'iga 
to'g'ri keladigan qilib tayyorlanadi. 


77 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə