D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA QO`G`IRCHOQ



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA QO`G`IRCHOQ 
TEATRI VA JIHOZLARINI YASASH. 
Ma'lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko'rsatib 
kelmoqda. Teatr bu yunoncha “
tiyation” 
so'zidan olingan bo'lib, “tomoshaxona” 
degan ma'noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri, bu qo'g'irchoq 
teatridir. Bu teatr orqali bolalar o'zlariga yaqin va tanish bo'lgan o'yinchoqlarni, 
ayiqcha, quyoncha, kuchukcha va boshqa qahramonlarni jonli ravishda ko'radilar. 
Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ham egadir. 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida katta spektakllarni qo'yish mumkin emas. 
Kichik sahnali, kichik ertak asosida o'zlarining o'yinchoqlari yordamida qo'yishlari 
mumkin. Bu kichik ko'rinishlarning har biri ham bolalarda katta taassurot uyg'otadi 
va bayram ertaklariga ko'tarinki ruh baxsh etadi. Har qanday badiiy asar 
qo'g'irchoq teatri orqali ko'rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo'ladi. 
Qo'g'irchoq qo'lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki 
bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi. 
Qo'g'irchoq teatri uchun eng kerakli bo'lgan shirmani tayyorlab olish kerak. 
Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi. 
Reykaga mix qoqilib, orqa tomoniga ikki tomoni ochiladigan qilib, parda tikiladi va 
o'rnatiladi. Qo'g'irchoqlarni papye-mashye usulida tayyorlash mumkin. Ertak 
qahramonlari tayyor bo'lgach, matnni yozib, sahnalashtirishga tayyorgarlik 
ko'riladi. Bular ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi 
bobo yoki momolar bo'ladi. 
QO'G'IRCHOQ TEATRI 
TURLARI: 
O'zbekistonda qo'g'irchoq teatri 
o'zining uzoq tarixiga ega. Bizda 
«qo'g'irchoq o'yin» deb yuritiluvchi bu 
san'atning, 
xususan, 
qo'lga 
kiyib 
o'ynatiladigan va soyasi tushiriladigan 
turlari o'tmishda keng tarqalgan. Chodiri, sahnasining tuzilishi, qo'g'irchoqlarining 
yasalishi va o'ynatilishi spektakllarning mavzusi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlariga 


64 
ko'ra ushbu teatr turlari bir-biridan xiyla farq qilsada, uch jihati ularni yaqinlashtirib 
turgan. 
Har bir tur tomoshalarda musiqa muhim ro`l o'ynagan. Bu bir. Ikkinchidan, 
ularda 
korfarmon
nomidagi usta va tajribali qo'g'irchoqboz, ya'ni guruh boshlig'i 
tomoshabinlarga ko'ringan holda qo'g'irchoq qahramonlar bilan savol-javob qilib, 
gapini izohlab, shu yo'l bilan tomoshani boshqargan. Uchinchidan, osti, usti yoki 
ortidagi qo'g'irchoqboz tiliga safl degan moslama puflagich qo'yib, 
qo'g'irchoqlarga mos chiyildoq, o'tkir tovush hosil qilgan. 
«Chodir jamol» teatri. 
«Chodir jamol»da ijtimoiy va maishiy hayot bilan bog'liq bo'lgan voqealar satira 
va yumor vositalari bilan aks ettirilgan. Voqealar markazida Kachal polvon obrazi 
turgan. Kachal polvon mehnatkash xalq vakilidir. U jasur va bahodir. U hatto dev, 
shayton va ajdardan qo'rqmaydi. 
Shunisi qiziqki, Kachal polvonning tashqi qiyofasi ham, harakteri ham Osiyo 
va Yevropadagi shu tipdagi qahramonlarga o'xshab ketadi. 
«Chodir jamol» teatrida har safar bir juft qo'g'irchoq chiqib bir ko'rinishli mitti 
pyesa hosil qilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 40 ta qo'g'irchoq ishtirokida o'yinlar 
namoyish qilingan. Demak, yigirmata sahna bo'lgan, deb taxmin qilish mumkin. 
«Ajdarhoning hoji kampirni yutishi», «Oyim xola bilan uning kuchugi Qoravoy», 
«Ikki masxaraboz», «Maymun o'yini», «Toshboz», «Tergovchi» kabi sahnalar ham 
ko'rsatilgan. «Chodir jamol» tomoshalari Kachal polvon sarguzashtlari qissasini 
bayon qilgani, har epizodning tugal bir voqeadan tashkil topishi o'ziga xos 
kompozitsiyani yuzaga keltirgan bo'lib, u yangi epizodlar kiritish yoki sharoitga qarab 
bir an'anaviy epizod o'rniga boshqasini ko'rsatishga keng yo'l ochgan. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə