D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


TURLI TADBIRLAR UCHUN TABRIKNOMA VA TAKLIFNOMALAR



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

TURLI TADBIRLAR UCHUN TABRIKNOMA VA TAKLIFNOMALAR 
TAYYORLASH. 
Tabriknoma, taklifnoma, maketlar. 
Bir varaq albom qog'ozini olib ikkiga 
buklaymiz. Syujetni tanlab razvyortka applikatsiya bilan bezaladi, rangli qalamlar bilan 
bo'yaladi. So'ngra qalin qog'ozdan kerakli shakllar qirqiladi. Bu rasmlarni istalgan kitob 
yoki jurnaldan kalkaga va undan qora qog'oz orqali karton yoki qalin qog'ozga tushirish 
ntumkin. Shakllarni eski otkritkalar, jurnallar va boshqa joylardan qirqib olish mumkin. 
Figura syujetida nazarda tutilgan joyga yopishtiriladi, shundan so'ng figuraning 
orqasiga ip yoki qog'oz kesmasi yelimlanadi, uning ikkinchi uchi o'lchamning orqa 
devoriga yopishtiriladi. Yopishtirilgan qog'oz yoki ipning uzunligi shunday bo'lishi 
kerakki, buklangan qog'oz ochilganda u figurani ko'tarsin. 
Bosma rasmlardan yoki ustalik bilan tanlangan alohida rasmlardan maketlar 
tayyorlash qiziqarli ishdir. Mazmunni o'ylab bir varaq olinadi, uni ikkiga buklab, so'ng 
ochiladi. Uning oxiriga yirikroq rasm yoki fon xizmatini o'tovchi rasm yopishtiriladi. 
Pastdan polosa buklanib, undan burchak qirqiladi. Endi fonni shunday yelimlash 
kerakki, burchak asos varaqlar bukiladigan joyiga to'g'ri kelsin. Taxlash oson bo'lishi 
uchun to'g'ri chiziq bo'ylab emas, bir oz burchak qilib yelimlanadi. 
Shundan so'ng manzara yoki biror harakatni ifodalovchi detallarni qatorma-qator 
yopishtirish mumkin, biroq asosning old chetiga yaqinlashgan sari yopishtiriladigan 
shakllar balandligi kamayib borishi kerakligini unutmaslik kerak. 
Taklifnomalar 
ham tabriknomalar kabi turli ko`rinishda, bezaklar bilan bezalgan 
holda tayyorlanadi. Ayniqsa kichik yoshidagi bolalar bunday ishlarni zavq bilan 
bajaradilar. Chunki ular o`zlari tayyorlagan kecha, bayram, mashg`ulotlarga, o`z 
qo`llari bilan taklifnoma yasaydilar va ota-ona, buvi-buvalarini 


49 
taklif qiladilar. Bunday ishlar jamoa bo`lib ishlanganligi sababli bolalarda mehr- 
oqibat, do`stiga yordam, o`zaro munosabat, qo`llab quvvatlash kabi fazilatlar kamol 
topadi. 


50 


51 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə