D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

HARAKATLI O'YINCHOQ TAYYORLASH.
 
Ishni boshlashdan oldin tayyorlanadigan predmetning qoralamasi tanlanadi va 
uning detallari qanday geometrik shakllarda bo'lishi yoki bitta o'lcham bilan 
ifodalash mumkirligi aniqlanadi. So'ngra instruksion karta tuziladi. Agarda ishni 
bolalar bajarsalar reja ham tuziladi. 
Bu: 
1.
Buyum namunasi yoki uning rasmini tahlil qilish. 
2.
Predmet qanday qismlarga ega? Umumiy o'lchamini chizish mumkinmi? 
3.
Butun predmet va uning qismlari shakli (kublar, piramidalar, silindrlar), 
o'lchamlarining o'zaro nisbatini aniqlash. 
4.
Detallarni yaratish usullarini ko'rib chiqish. 
5.
Asl ko'rinishini chizish. 
6.
Detallarni biriktirish. 
7.
Buyumni bezash. 
O`yinchoq kartondan tayyorlanadi. Oyoq, qo’llari alohida qirqiladi. Ba’zan 
oyoq va qo`llar ko`proq harakatlanishi uchun ikki qismdan iborat bo`ladi, tanani 
bosh bilan birga qirqib olinadi. Unga oyoq , qo`l o`rnatiladi, figura orqasidan 
ingichka biroq pishiq sim bilan bog`lanadi. Qo`l va oyoqlar juftlab, o`zaro 
yondosh tarzda tik ip bilan birlashtiriladi, uni pastga tortilganda qo`l va oyoqlar 
harakatlanadi. 
Harakatli o`yinchoqlar uchun kerakli jihozlar: 
rangli yoki oq pishiq karton
yelim, qaychi, qalam, akvarel bo`yog`i, yumshoq sim, pishiq ip, rangli 
qog`ozlar, bigiz. 


52 


53 
QO`G`IRCHOQ TEATRI TURLARI VA BAMAZA (PAXMOQ) 
TEATRI . 
Paxraoq teatrining tuzilishi va jihozlari. 
Ma'lumki, bolalarning dunyoqarashining har 
tomonlama rivojlanishda turli o'yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda 
stol ustida o'ynaladigan qo'g'irchoq o'yinchoqlar teatridan keng foydaniladi. 
Paxmoq teatrining o'ziga hos tomoni shundaki, kichkintoylar, asosan, ertak qahramonlarining 
aynan o'zini ko'radilar. Personajlar paxmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun 
balandligi 40, uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga paxmoq gazlamasi yaxshilab 
yopishtiriladi. Bolalar uchun mo'ljallangan paxmoq teatri ertak ishtirokchilari, personajlar
dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo'ladi. 
Paxmoq teatri uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi — personajlar karton qog'ozdan 
qirqib olinadi va rangli bo'yoqda, guashda bo'yaladi. Tayyor bo'lgan personajlar ertak matni bilan 
birga papkaga solib qo'yiladi. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə