D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


QOG'OZ VA BOSHQA MATERIALLARDAN ESDALIK



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

QOG'OZ VA BOSHQA MATERIALLARDAN ESDALIK 
SOVG'ALARINI 
TAYYORLASH. 
Bolalar qo'li bilan yasaladigan har qanday o'yinchoq esdalik sovg'asiga aylanishi 
mumkin. Buning uchun kerakli materiallar tayyorlasa bo'ladi. Masalan: qog'ozdan 
tabriknoma, taklifnoma, gilamcha kabi narsalarni, gazlamadan kashta tikish, savatcha 
tayyoriash, igna tutgich tikish, charmdan xaltachalar yasash, ko'zoynak uchun g'ilof tikish, 
bo'sh qutilardan chiroyli sandiqchalar yasash mumkin. Bunda qo`l ostimizda barcha ish 
qurollari bo'lishi lozim. Yasalgan o'yinchoq sovg'alarni chiroyli qilib bezatish talab 
etiladi. 
Zar qog'ozdan to'qilgan 
savatchani yasash. Savatchani yasash uchun kerakli ish 
qurollari: zar qog'ozlar, konfet qog'ozlari, chizg'ich, qaychi, flomaster, karton qog'oz, 
igna, yupqa ipga o'xshash sim. 
Bajarish usuli. 
1-bosqichda 1 metr yaltiroq qog'oz olib, uni enidan bo'yiga qarab 
10 sm oralig'ida qirqib olinadi, so'ngra undan eni 3 sm li bo'laklar qirqib olinadi. 
2-
bosqich. Qirqib olingan eni 3 sm li zar qog'ozning ikki cheti buklab olinadi
orasiga uzunligi 10 sm, eni 1 sm karton qog'oz qo'yib zar qog'oz bilan o'rab olinadi. 
3-
bosqich. Buklab olingan karton va zar qog'ozning ikki tomoni 
4 marotaba o'rtaga qarab teng miqdorda buklanishi lozim. 


47 
Shunday tasmacha hosil bo'ladi: 
4-
bosqich. Shunday tasmachalardan 50—100 ta, hattoki yasaladigan 
buyumingizga qarab 500 tagacha yasab olinadi. 
5-
bosqich. 1-bo'lak tasmacha gorizontal holatda 2-si unga vertikal holatda 
kiydiriladi u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: 
Shu tariqa 4—5 qator to'qib olingach, savatcha hosil qilish uchun yumshoq qizil 
simni ninaga o'tkazib, tasmachalarni bir-biriga ulab chiqiladi va cheti ham bir-biriga 
kirgizib ulanadi. 
6-
bosqich. Tayyor namunani taqdim etsak bo'ladi. 
7-
bosqich. Savatchaning tag qismini karton qog'oz bilan dumaloq yoki 
to'rtburchak shaklda kesib, ich tomoniga zar qog'oz yopishtiriladi, chetlari bigiz 
yordamida teshib olinadi va yumshoq sim orqali tikib chiqib ulanadi. 
8-
bosqich. Savatchaning bandi, yani 
to`qilgan tasmacha o`rnatiladi. 


48 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə