Davlat budjeti xarajatlari ijrosi: zarurligi, mohiyati va omillari



Yüklə 388 Kb.
səhifə10/12
tarix15.06.2022
ölçüsü388 Kb.
#89569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
KURS ISHI52 SALOHIDDIN

2018-2019 yillarda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan o’tkazilgan taftish va tekshirishlar natijalari10



Koʻrsatkichlar

2018 yil

2019 y. 1- chorak

1-yarim yillik

3-chorak

4-chorak

1.

Oʻtkazilgan jami taftish va tekshirishlar soni

2 837

1334

1969

1993

2.

Xato va kamchiliklar aniqlangan tekshirishlar soni

2 334

1111

1717

645

3.

Aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar summasi, mlrd. soʻm

279,2

16,6

29,0

70,2




shundan













3.1.

Kamomad va o‘zlashtirishlar mlrd. soʻm

35,9

4,5

6,0

23,4

3.2.

Noqonuniy xarajatlar mlrd. soʻm

122,6

12,1

23,0

46,8

4.

Tiklangan summalar miqdori mlrd. soʻm

56,8

11,2

18,5

19,0

5.

Huquq tartibot organlariga berilgan tekshirish materiallari soni

1 547

710

871

92

Yuqorida keltirilgan 2-jadvalda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-2019 yillarda o’tkazilgan taftish va tekshirishlar natijasini tahlil qilamiz.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hudugany boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-yarim yilida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan jami 2 837 ta nazorat tadbirlaridan 2 334 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 279,2 mlrd. so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 35,9 mlrd. so‘mni, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd.so‘mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar 120,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 56,8 mlrd. so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlangan hamda 1 547 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan. Jumladan:
I. Byudjet va byudjet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2 275 ta nazorat tadbirlaridan 1 887 tasida 21,7 mlrd.so‘m mablag‘ noto‘g‘ri sarflanganligi aniqlangan, shundan 1 126 ta sub’ekt bo‘yicha (18,7 mlrd. so‘m) nazorat tadbiri materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
Shuningdek, byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 62 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 34,1 mln.so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
II. Davlat maqsadli va moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan 382 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 329 tasida 127,3 mlrd.so‘mlik noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Aniqlangan noo‘rin va maqsadsiz xarajatlardan 27,9 mlrd. so‘mi belgilangan tartibda tiklangan, 96,8 mlrd. so‘m miqdorida moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan 276 ta tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
III. Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qaror va farmoyishlariga asosan 95 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilib, shundan 85 tasida 103,6 mlrd. so‘m miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlangan hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
Ushbu sub’ektlarda aniqlangan 11,5 mlrd. so‘m miqdoridagi noqonuniy xarajatlarni tiklanishi ta’minlangan.
IV. “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi paxta tozalash korxonalarida 2017 yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosini qabul qilish, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini sotish va paxta etishtiruvchi xo‘jaliklar bilan topshirilgan paxta xomashyosi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarning haqqoniyligi yuzasidan o‘tkazilgan 31 ta nazorat tadbirlarining 21 tasida 25,2 mlrd. so‘mlik noqonuniy holatlar aniqlangan hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
V. Boshqa yo‘nalishlar (Hukumat tomonidan kafolatlangan kregant, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqalar) bo‘yicha 32 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 28 tasida 1,3 mlrd. so‘m miqdorida kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 0,7 mlrd. so‘mi belgilangan tartibda byudjetga tiklanishi ta’minlangan.
Shuningdek, moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan 1,3 mlrd. so‘m miqdoridagi 30 ta tekshirish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
VI. Hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hudugany boshqarmalariga jismoniy shaxslardan jami 406 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 65 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 45 tasi bir xil mavzudagi takroriy va 28 tasi dublikat murojaatlarni tashkil qilagan, 12 tasi anonim deb topilgan.
Jismoniy shaxslarning 223 ta murojaatlari o‘rganib chiqilgan, shundan ularda qayd qilingan holatlar 30 tasida to‘liq, 72 tasida qisman tasganqlangan va 121 tasida o‘z isbotini topmagan, 23 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 402 mln. so‘m miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan 31 ta o‘rganish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hudugany boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 3-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida byudjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 16,6 mlrd.so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 4,5 mlrd. so‘mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd. so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlangan hamda 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln. so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
2019 yil 1 - choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hudugany boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 1 993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd.so‘m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlangan. Shuni ta’kidlash joizki, 2019 yilning 1-choragida nazorat tadbirlari samaradorligi 2018 yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2 martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd.so‘m bo‘lgan).
Nazorat tadbirlarining asosiy qismi (68,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida aniqlangan 23,4 mlrd. so‘m byudjet intizomini buzish, pul va tovar modgany boyliklar kamomagan, maqsadsiz va asossiz xarajatlardan 19 mlrd.so‘mi (81,2%)ni (2018 yilda 67,4%ni tashkil etgan) byudjetga tiklanishi ta’minlangan.
Quyida keltirilayotagan 3-jadvalda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilning 1-choragida eng ko‘p miqdorda qonunbuzilish holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar tarkibini tahlil qilamiz.

Yüklə 388 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə