Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81

Birinchi  bob  Abulxayrxonning  o`gli  va  taxt  vorisi  Shox  Bulog  Sulton,  uning 
o`gillari  Muxammad  Shoxbaxt,  Shayboniyxon  va  Maxmud  Sulton  xamda  udarning 
avlodi tarixini o`z ichiga oladi. 
Ikkinchi  bobda  Ko`chkunchixon  (Ko`chumxon)  va  uning  Samarkandda 
xukmronlik kilgan avlodi tarixi bayon etilgan. 
Uchinchi  bobda  Suyunchxojaxon  va  uning  Toshkent  xamda  Turkistonda 
xukmronlik kilgan avlodi tarixi keltirilgan. 
To`rtinchi  bobda  xoja  Muxammadxon  va  uning  Movarounnaxrda  podshoxlik 
kilgan avlodi tarixi keltirilgan. 
Beshinchi  bob  Abdulmo`minxonning  taxtga  o`tirishi  (1598  y.)  va  kiska 
xukmronligi xakida. 
Oltinchi  bobda  Buxoroning  dikkatga  sazovor  joylari,  muallif  bilan  zamondosh 
bo`lgan  va  Buxoroda  istikomat  kilgan  shayxlar,  olimlar  va  shoirlar  xakida  kiskacha 
ma`lumot beriladi. 
“Musaxxir  ul-bilod”  kam  o`rganilgan,  ko`lyozma  nusxalari  xam  kam.  Xozir 
uning  fakat  ko`lyozma  nusxasi  ma`lum:  biri  O`zR  FA  Sharkshunoslik  institutida 
(Inv.№  1505),  ikkinchisi  Rossiya  FA  Sharkshunoslik  institutining  Sankt-Peterburg 
bo`limida  (Inv.№  S.  465)  saklanmokda.  Afsuski,  ikkala  nusxa  xam  to`la  emas. 
Birinchi  nusxada  mukaddima  va  birinchi  bobning  katta  kismi  etishmaydi,  ikkinchi 
nusxaning esa eng kerakli V-VI boblari yo`k. 
Asarning  I-IV  boblarida  XVI  asr  tarixiga  oid  manbalarni,  xususan 
“Sharafnomayi  shoxiy”dek  yirik  asarlarni  xam  ma`lum  darajada  to`latuvchi,  ularda 
bayon  etilgan  vokealarga  aniklik  kirituvchi  kimmatli  ma`lumotlar  ko`p. 
Shayboniyxon  tomonidan  1507  yili  o`tkazilgan  pul  isloxoti;  Shayboniylar  o`rtasida 
kelishmovchiliklar  va  o`zaro  nizolar,  uning  sabablari;  Shayboniylar  bilan  kozok 
xonlari  o`rtasidagi  siyosiy  munosabatlar;  o`sha  zamonlarda  Sirdaryo  bo`yida 
istikomat  kilgan  korakalpoklar  va  ularning  XVI  asrning  oxiri  va  XVII  asr 
boshlaridagi  axvoli;  Toshkent,  Turkiston,  Sayram,  Andijon  va  Axsiket  kabi 
shaxarlarning  XVI  asrning  so`nggi  choragidagi  ijtimoiy-siyosiy  axvoli  xakidagi 
ma`lumotlar shular jumlasidandir. 
“Xaft iklim” (“etti iklim”) nomli geografik-biografik asarining ijodkori mashxur 
adabiyotshunos olim Amir Axmad Roziydir. U asli Eronning Ray sharidan, badavlat 
va o`kimishli xonadondan chikkan. 
Amir  Axmad  Roziy  o`z  asarini  1594  yili  tugatgan  bo`lib,  unda  VII  asrdan  to 
XVI  asr  oxirigacha  etti  iklim  mamlakatlari  va  shaxarlarida  istikomat  kilgan  1560 
nafar  yirik  shayx,  olim,  yozkvchi,shoir  va  davlat  arboblari  xakida  kiska,  lekin 
kimmatli  ma`lumotlar  beradi.  Muallif  o`zigacha  bo`lgan  davrga  tegishli  masalarni 
yoritishda  “Suvar  al-akolim”  (“Iklimning  ko`rinishi”),  “Masolik  ul-mamolik” 
(“Mamlakatlar  orasidagi  masofalar”),  “Tarixi  Banokatiy”  kabi  asarlarga  tayangan, 
lekin  ulardan  tankidiy  foydalangan,  ularni  yangi  dalillar  va  ma`lumotlar  bilan 
boyitgan. 
Shaxarlar  va  mamlakatlarni  tavsif  kilganda  ularning  geografik  o`rni,  dikktga 
sazovor  joylari,  osori  atikalari,  xalki  va  uning  xayoti,  mashguloti  va  urf  odatlari, 
ba`zida  axolisining  umumiy  soni,  xo`jaligiga  oid  kimmatli  ma`lumotlar  keltiradi. 
Masadan,  Chingizxon  xurujidan  avval  Balxda  50  mingdan  ortik  odam  istikomat 
kilgan,  XU-XU1  asrlarda  Toshkent  atrofidagi  toglarda  temir,  firuza,  oxak  konlari, 
Xo`jandda firuza, Badaxshonda la`l konlari ishlab turgan. 


“Xaft iklim”da Zaxiriddin Muxammad Bobur va uning avlodi davrida Xindiston 
va  O`zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy  axvoli,  Sharkiy  Turkston,  Koshgarning  XVIasr 
ikkinchi yarmidagi umumiy axvoli xakidagi zarur ma`lumotlarni uchratish mumkin. 
Asarda VII-XVI asrlarda O`zbekiston va Xurosonda o`tgan yirik olim va shoirlar 
xakidagi ma`lumotlar o`ta muximdir. Bular orasida “shoirlar podshoxi” Rashiduddin 
Votvot (1088-1182 yy.), “Olimlar faxri” Abulkosim Maxmud ibn Umar Zamaxshariy 
(1074-1144  yy.),  buxorolik  buyuk  xadis  olimi  Abu  Abdkllox  Muxammadibn  Ismoil 
al-Buxoriy (810-870 yy.)lar bor. 
“Xaft  iklim”  asarining  ko`lyozma  nusxalari  mumlakatimizda  va  xorijiy 
mamlakatlarning  kutubxonalarida  ko`p,  lekin  xali  to`lik  nashr  kilinmagan.  Undan 
tarixchilar yordamchi manba sifatida foydalanishi mumkin. 
“Tarixi  olamoroyi  Abbosiy”  (“(Shox)  Abbosning  olamni  bezovchi  tarixi”) 
nomli  asar  garchi  XVI  asrda  o`tgan  yirik  Eron  tarixchisi  Iskandarbek  Munshiy 
tomonidan  yaratilgan  bo`lsa-da,  unda  O`zbekistonning  tarixi  va  uning  boshka 
mamlakatlar bilan munosabatini o`rganishda muxim axamiyat kasb etadi. 
Iskandarbek  Munshiy  o`z  asarida  keltirgan  ayrim  dalil  va  ma`lumotlariga 
karaganda, 1561 yoki 1562 yili tugilgan. U saroy yumushiga kabul kilingunga kadar 
kichik moliya xizmatchisi bo`lib ishlagan, keyinchalik devoni inshoga kabul kilingan. 
Bo`lgusi tarixchi 1587 yili xarbiy xizmatga jalb etilgan va shox Abbos avval Safaviy 
(1587-1629  yy.)ning  xarbiy  yurishlarida  vokeanavis  bo`lib  ishtirok  etgan,  1593  yili 
esa  saroy  munshiysi  lovozimiga  tayinlangan  va  umrining  oxirigacha  shu  lavozimda 
turgan. Iskandarbek Munshiy 1634 yili vafot etgan. 
Iskandarbek  Munshiyning  “Tarixi  olamoroyi  Abbosiy”  nomli  asarida  Eronning 
1588-1634 yillar orasidagi tarixi xronologik, yilma-yil tartibida yuayon kilingan. Bu 
asar  xam  “Akbarnoma”  singari  saroyda  .ritilgan  kundalik  daftar,  rasmiy  xujjatlar, 
bayon etilgan vokealar ishtirokchilarining ogzaki axboroti xamda muallifning shaxsiy 
kuzatuvlari bilan to`poangan ma`lumotlar asosida yozilgan. 
“Tarixi  olamoroyi  Abbosiy”  asari  tarkibi  mukaddima,  uch  jild  va  xotimadan 
iborat. Asarning I-II jildlari 1616, uchinchi jildi esa 1628 yili yozib tamomlangan. 
Kitobning birinchi jildi kompilyatsiya, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo`lib, 
Xondamirning  “Xabib  us-siyar”,  Mir  Yaxyo  Kazviniyning  “Lubb  at-tavorix” 
(“Tarixlar magzi”) va muallif“Tarixi olamoroyi Abbosiy” noma`lum ikki asar “Tarixi 
shox Ismoil Safaviy” va “Tazkirayi shox Taxmosib” xamda boshka asarlarga tayanib 
yozilgan.  Unda  asosan  shox  Abbosning  ota-boblari,  shuningdek,  shox  Ismoil  avval 
(1502-1524  yy.),  shox  Taxmosib  avval  (1524-1576  yy.),  Ismoil  soniy  (1576-1578 
yy.) va Sulton Muxammad Xulobanda (1578-1587 yy.) xukmronligi yillaridagi tarixi 
umumiy tarzda bayon etilgan. 
“Tarixi  olamoroyi  Abbosiy”  asarining  II-III  jildlari  mazmuni  yangi  bo`lib, 
mustakil  axamiyatga  ega.  Ularda  Eronning  1588-1628  yillar  orasidagi  ijtimoiy-
siyosiy  tarixi  keng  yoritib  berilgan.  Uchinchi  jild  oxirida  shox  Abbos  avval  bilan 
zamondosh  bo`lgan  shayxlar,  olimlar,  shoirlar  va  xattotlar  xakida  kimmatli 
ma`lumotlar keltirilgan.  
Asar  O`zbekiston  tarixini  o`rganishda  xam  katta  axamiyat  kasb  etadi.  Unda 
O`zbekistonning  XVI  asr  oxiri  va  XVII  asrning  birinchi  choragidagi  siyosiy  axvoli 
xakida noyob ma`lumotlarni uchratamiz. Bundan tashkari, asar XVI asrning oxiri va 
XVII  asrning  birinchi  choragida  Eron  bilan  Buxoro  xonligi  o`rtasidagi  siyosiy 
munosabatlarni o`rganishda muxim manbalardan biri xisoblanadi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə