Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81

olim  bo`lib  etishgan.  Bu  xol  uning  Sulton  Ya`kub  Ok  kuyunlu  (1479-1490  yy.), 
Sulton  Xusayn  Mirzo  (1470-1506  yy.)  Shayboniyxon,  va,  nixoyat  Ubaydullaxon 
saroyida  zo`r  extibor  kozondi  va xizmat  kildi.  Bunda tashkari va  eng  muximi,  u  bir 
necha fan soxalarida yirik asarlar yozib koldirdi. 
  Fazlullox  ibn  Ruzbexon  “Xalli  tajarrid”  (“Abstraktsiyaning  xal  etilishi”), 
“Ta`likot bar muxolot” (“Aklga sigmadigan (narsalar)ning izoxi”), “Badi` uz-zamon 
fi  kissayi  Xayy  ibn  Yakzon”  (“Xayy  ibn  Yakzon”  kissasida  zamon  badialari”), 
“Tarixi  olamoroyi  Aminiy”  (“Aminiyning  olamga  bezak  bo`luvchi  tarixi”),  “Ibtol 
najx al-botil va axmol kashf al-o`til” (“Noto`gri yo`ldan voz kechish va bid`atni inkor 
etish”),  “Suluk  al-muluk”  (“Podshoxlarning  xulk-atvori  xakida  (risola)”)  va 
“Mexmonnomayi Buxoro” nomli asarlarni yaratgan. 
1509 yili yaratilgan  “Mexmonnomayi 
Buxoro” 
asari 
Muxammad 
Shayboniyxonning  1508-1509  yil  kish  oylarida  kozok  sultonlari  Jonish  Sulton, 
Axmad Sulton va boshkalarning ulusi ustiga uyushtirgan xarbiy yurishi tarixini bayon 
etadi. Bu yurish Fazlullox ibn Ruzbexon keltirgan ma`lumotlarga karaganda, mazkur 
sultonlarning  1508  yilning  kuzida  va  1508-1509  yilning  kish  oylarida 
Movarounnaxrning  o`trok  tumanlari  ustiga  kilgan  talonchilik  xurujlariga  javoban 
u.shtirilgan.  Fazlullox  ibn  Ruzbexon  bu  .rishda  shaxsan  ishtirok  etgan,  yuz  bergan 
vokealarning ko`pchiligini o`z ko`zi bilan ko`rgan, ba`zilarini esa xon va uning yakin 
kishilaridan eshitgan. Asar XV asrning ikkinchi yarmiga oid, shuningdek, o`zbek va 
kozok  xon  va  sultonlarining  kelib  chikishi  xamda  ularning  o`zaro  munosabatlari 
xakidagi vokealar esa Shayboniyxonning ko`lida bo`lgan “Nasabnoma” yoki “Tarixi 
Xumoyun” deb ataluvchi kitob asosida yozilgan. 
“Mexmonnomayi  Buxoro”  asarining  ko`lyozma  nusxalari  kam.  Xozirgacha 
dunyoda  uning  fakat  ikkita  nusxasi  borligi  aniklangan.  Ulardan  biri  muallif  dastxati 
bo`lib,  O`zR  FA  Sharkshunoslik  institutida  1414  tartib  rakami  ostida  saklanmokda. 
Ikkinchisi  Turkiyada,  “Nuri  Usmoniya”  kutubxonasiga  karashlidir  (Tartib  rakami 
3431). Ushbu ko`lyozma asosida asar matnini eron olimi Manuchexr Setude 1962 yili 
chop etgan. Ruscha kiskartirilgan tarjimasini R.P.Jalilova Moskvada 1976 yili nashr 
etgan. 
Asarning biz uchun kimmati shundaki, unda Dashti kipchok, Turkiston va kozok 
ulusi  geografik  xolati,  o`zbek  va  kozoklarning  kelib  chikishi,  ularning  etnik  tarkibi, 
turmushi,  urf-odati,  shuningdek,  boylarning  xo`jaligida  kul  mexnatidan  foydalanish 
xollari xakida benixoyat kimmatli ma`lumotlar uchraydi. 
Unda  Gayboniyxonning  kozoklar  ustiga  yurishini  gayridinlar  ustiga  yurish  deb 
oklashga xarakat kilingan. 
“Xabib  us-siyar  fi  azbor  afrod  ul-bashar”  va  Giyosiddin  Xondamirning 
tarixiy  asarlari  (“Inson  xabarlari  va  fardlarida  do`stning  tarjimai  xoli”)  nomli 
mashxur tarixiy asar muallifi Giyosiddin Xondamirdir (1475-1535 yy.). Uning to`lik 
ismi  Giyosiddin  Muxammad  ibn  xoja  Burxoniddindir.  Otasi  xoja  Xumomiddin 
Muxammad  Temuriylardan  Sulton  Maxmud  Mirzo  (1459-1494  yillari  Chagoniyon, 
Xuttalon,  Kunduz,  Baglon  va  Badaxshon  xokimi)ning  vaziri  bo`lgan.  Ona  tarafidan 
tarixchi Muxammad Mirxond nabirasidir. 
  Xondamir  15-16  yoshligi  chogida  Alisher  Navoiyning  e`tiborini  kozonadi  va 
uning  kutubxonasiga  xizmatga  kabul  kilinadi.  U  to  Navoiy  vafotiga  kadar,  yaeni  3 
yanvar  1501  yilgacha  xizmatda  bo`ldi  va  boy  kutubxonasiga  mutasaddilik  kildi. 
Xondamir  o`zining  keng  va  chukur  ma`lumotliligi,  ilm-fanga  chankokligi  va 


saloxiyati  bilan  ko`plarning  taxsiniga  sazovor  bo`ldi.  Uning  xakida  Alisher 
Navoiyning  “Majolis  un-nafois”  tazkirasida  mana  bularni  o`kiymiz:  “Mavlono 
Xondamir  Mirxondning  farzandidir  va  saloxiyatli  yigitdir.  Tarix  ilmida  maxorati 
bordir...” 
Alisher  Navoiy  vafot  etgandan  keyin  Xondamir  mamlakatda  kuchayib  ketgan 
o`aro kurash, ayniksa saroy afjiga mingan fmsku fujurlar okibatida Balxga ketib koldi 
va Badi`uzzamon mirzo (1496-1506 yillari Balx xokimi, 1517 yida vafot etgan)ning 
shaxsiy krtib sifatida xizmatiga kirdi. 1507 yili Xirot Shayboniyxon tomonidan ishgol 
etilgandan  keyin  u  Zaxiriddin  Muxammad  Bobur  xuzuriga  ketib  koldi.  1512  yili 
Bobur Movarounnaxrdan sikib chikarilgach, Xondamir Garjistonga bordi va to 1514 
yilgacha  Pasht  kishlogida  istikomat  kildi.  U  asosan  ilmiy  faoliyat  bilan  mashgul 
bo`ldi. 
1514-1517  yillari  Xondamir  Balx  uchun  kurash  olib  borgan  Badi`uzzamon 
mirzoning  o`gli  Muxammad  Zamon  bilan  birga  bo`lib,  uning  kotibi  sifatida  xizmat 
kildi.  Muxammad  Zamon  Safaviylardan  engilgach,  Xondamir  yana  Garjistonga 
kaytib bordi va ilmiy faoliyatini davom ettirdi. 
1521  yili  Xondamir  vazir  Xabibullo  Sovajiyning  taklifi  bilan  Xirotga  kaytib 
bordi  va  uning  topshirigi  bilan  o`zining  yirik  tarixiy  asari  “Xabib  us-siyar”ni 
yozishga kirishdi. Oradan olti yil o`tgach, 1527 yilning iyuo` oyida Xondamir Xirotni 
tark etdi va bu safar Xindistonga ketib koldi. Kishni u Kandaxorda kechirdi va 1528 
yilning 17 sentyabrida Agraga kelib tushdi va Bobur xizmatiga kabul kilindi. Bobur 
vafotidan  so`ng  uning  to`ngich  o`gli  va  taxt  vorisi  Xumoyun  (1530-1542,  ikkinchi 
marta  1555-1556  yy.)  bilan  birga  bo`ldi.  Tarixchi  Dexlida  vafot  etdi  va  vasiyatiga 
ko`ra mashxur Nizomuddin Avliyo mozorida Amir Xusrav yoniga dafn etildi. 
Xondamir sermaxsul olim edi. Movarounnaxr, Turkiston, Yakin va O`rta Shark 
xalklari  tarixi  va  madaniyatiga  oid  o`nga  yakin  asar  yozib  koldirgan.  “Xulosat  ul-
axbor”  (“Tarixlar  (xabarlar)  xulosasi”),  “Maosir  ul-muluk”  (“Podshoxlar 
asrdoshlari”), 
“Nomayi 
nomiy”(“Atokli 
maktublar”), 
“Makorim 
ul-axlok” 
(“Namunali xulk”) va “Xabib us-siyar” shular jumlasidandir. 
Xondamirning ilmiy merosida “Xabib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari aloxida 
o`rin  tutadi  va  Movarounnaxr  xamda  Xurosonning  XV  asr  oxiri  va  XVI  asrning 
birinchi  choragi  dagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini  o`rganishda  muxim  va  kimmatli 
manbalardan biri bo`lib xizmat kiladi. Asar 1521-1524 yillar orasida yozilgan. Lekin 
olim Xindistonda turgan yillari xam asari ustida muntaxam ish olib bordi, uni yangi 
dalillar bilan boyitdi, taxrir kildi. Kitob to`la ravishda 1529 yili yozib tamomlandi. 
“Xabib  us-siyar”  umumiy  tarix  yo`nalishidagi  asar  bo`lib,  mukaddima  (iftitox), 
xotima (ixtitom) va uch jild (mujallad)dan iborat. O`z navbatida xar bir jild to`rt kism 
(juz)ga bo`linadi. Asarning I-II- jildlari amda III- jildning 1-2- kism, juzlari Turkiston 
xonlari, Chingizxon va uning Mo`guliston, Dashti kipchok, Movarounnaxr va Eronda 
xukmronlik  kilgan  avlodi,  Mamlyuklar,  Kirmon  Klraxitoylari,  Kartlar  va  Xuroson 
sarbadorlari tarixini o`z ichiga oladi. III - jildning 3- va 4- kismlari, juzlari esa yangi 
bo`lib,  Xuroson  va  Movarounnaxrning  XV  asrning  90-  yillaridan  to  1524  yilgacha 
bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvolini chukur va atroflicha bayon etadi. 
“Xabib  us-siyar”  asarida  katta  er  egaligi,  iktisodiy  axvol,  tinimsiz  urushlar 
tufayli  vujudga  kelgan  sharoit  to`grisida  ayrim,  dikkatga  sazovor  dalillar  va 
ma`lumotlarni  uchratamiz.  Masalan,  asarda  o`z  aksini topgan 1498  yilgi  Samarkand 
kamali  paytidagi  shaxar  xalkining  ayanchli  axvoli,  1512  yilgi  Safaviylar  tomonidan 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə