Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81

paygambarlar  va  o`n  bitta  donishmandlar  to`grisida  ixcham,  lekin  juda  jonli  va 
kizikarli ma`lumotlar bayon etilgan.  
Ma`lumki,  Alisher  Navoiyga  kadar  xam  anbiyolar  xakida  turli  rivoyatlar, 
kissalar  mavjud  bo`lgan.  Ayniksa,  «Kur`oni  karim»da  va  eng  kadimiy  manbalarda, 
umumiy  tarixga  oid  Abu  Ja`far  Tabariyning  (836-923)  «tarixi  ar-rusul  va  muluk», 
Abu Rayxon Beruniyning «Osor ul-bokiya», xamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni 
Abu-l-Fazl Muxammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli 
al-bob  fi  tavorix  al-akobir  va-l-ansob»  (1317)  yoki  «Tarixi  Banokatiy»  (XIV  asr) 
nomli, Xamdullox binni Abu Bakr binni Axmad binni Nasr al-Mustavfi Kazviniyning 
(vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulkosim Firdavsiyning «Shoxnoma», 
Nizomiy  Ganjaviyning  «Xamsa»  va  boshka  shu  kabi  asarlarda  tarixiy  vokealar, 
shuningdek, diniy tarixga oid ma`lumotlar ko`p.  
O`z  davrining  yirik  olimi  va  tarixchisi  sifatida  Alisher  Navoiy  xam  bunday 
manbalarni  o`rganib  chikkan,  ular  bilan  yakindan  tanishgan.  Bu  asarlar  aksariyati 
arab  va  fors  tilida  bo`lgani  uchun,  Alisher  Navoiy  turkiy-o`zbek  tilida,  ko`plab 
kissalarni  kiyosiy  o`rganish  asosida  o`z  asarini  yaratdi.  U  asar  mazmun  jixatidan 
umumiy tarixga oiddir.  
Bu  asar  ikki  kismdan  iborat.  Birinchi  kismda  Odam  Atodan  tortib,  nux,  Iso, 
Muso,  Yakub,  Sulaymon,  Dovud,  Yusuf  va  boshka  paygambarlar  xayotiga  oid  turli 
nakllarni  bayon  etadi,  xar  bir  tarix  oxirida  ruboiy  keltirilib,  ularning  xayotiga  lirik 
xotima yasaydi.  
Kitobning  ikkinchi  kismida  mashxur  donishmandlar  xayoti  lavxalari,  ularning 
xikmatlari keltiriladi. Masalan, Garbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher 
Navoiy  Bukrotus  xakim  nomidani  shunday  keltirilgan:  «Yaxshi  so`z  ko`ngulni 
yoritur va yaxshi xam ko`zning ne`mati arusidurkim, aning maxri shukrdir».  
Butun  umri  va  faoliyati davomida  olimlarni kadrlagan  Alisher Navoiy  ularning 
tarixini  anbiyo,  paygambarlar  tarixidan  keyin,  ularni  birgalikda  bitgani  aloxida 
taxsinga  sazovor  xoldir.  Bu  kitob  tarixchi,  olim  va  shoirlarga  kadimgi  davr  izoxi 
uchun  muxim  manba  vazifasini  o`tashi  mumkin.  Bu  asarni  manbashunoslik  fanida 
aloxida  o`rganish  shuning  uchun  xam  zarurki,  tarixga  oid  asarlarda  tafsilotlari 
keltirilmay,  juda  ko`p  o`rinlarda  maygambarlar  va  ularning  xayotiga  oid  vokealarga 
murjaat  kilish  uchraydi.  Manna  shu  jixatidan  Alisher  Navoiy  asari  xam  tarixchi 
olimlar, xam tarixni o`rganuvchi talabalar uchun katta axamiyat kasb etadi. Shuning 
bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashxur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga 
munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari mukaddimasini zikr klar 
ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», ya`ni «davlat va millat sharafi» 
deb ta`riflaydi.  
 
«Tarixi muluki Ajam» asari 
Alisher  Navoiyning  ikkinchi  tarixiy  asari  «Tarixi  muluki  Ajam»dir.  890/1485 
yildan  so`ng  yaratilgan  bu  asarda  Eronda  xukmronlik  kilgan  to`rt  sulola: 
Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar to`grisida ma`lumot keltirilgan. 
Asar  oxirida  Sulton  Xusayn  Mirzo  madxi  o`rin  olgan.  Agar  biz  avvalrok  yaratilgan 
«Saddi  Iskandariy»  dostonida  xam  to`rt  sulola  xakidagi  ma`lumot  borligini  nazarda 
tutsak,  doston  yaratish  jarayonida  Alisher  Navoiy  to`plagan  ma`lumotlarni  maxsus 
tarixga  oid  asar  sifatida  ijod  kilgan  ko`rinadi.  Bunda  Alisher  Navoiy  yukorida 
nomlari  zikr  etilgan  asarlar  katorida  yana  Abu-l-Xayr  Nasiriddin  Abdullox  binni 


Umar ul-Kozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) «Nizom ut-tavorix» (yozilgan 674/1275), 
Abu  Xomid  Gazzoliyning  (1058-1111)  «Nasixat  ul-muluk»  va  boshka  asarlarni, 
xususan  o`z  zamondoshi  Mir  Muxammad  Mirxondning  «Ravzat  us-safo»  asaridan 
boxabar  xolda,  Eron  tarixiga  oid  arab  va  fors  tillarida  tarixiy  asarlardan  farkli,  bu 
kitobni turkiy tilda yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar to`grisidagi ma`lumotlar Alisher 
Navoiy o`zining dostonlarida xam mavjudligini eslatib o`tgan. Bu asar ilmiy tankidiy 
matnini sharkshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan edi. 
Afsus xamon uning tankidiy matni chop etilmagan.  
«Tarixi  muluki  Ajam»  asarini  ma`lum  darajada,  «Xamsa»,  xususan  «Saddi 
Iskandariy»  dostoniga  tarixiy  ilmiy  ilova  sifatida  xam  kabul  kilish  mumkin.  Uning 
ichidagi  ma`lumotlarning  she`riy  ifodasi  «Saddi  Iskandariy»da  keltirilgan  bo`lib, 
ularni boshka tarixiy asarlar bilan kiyosiy o`rganish Alisher Navoiyning tarixchi olim 
sifatidagi ijod kirralarini ochishga rdam berishi mumkin.  
 
 
«Xamsat ul-mutaxxirin» risolasi 
Alisher  Navoiyning  uchinchi  memuar  biografik  asari  «Xamsat  ul-
mutaxxirin»dir. U Abduraxmon Jomiy vafotidan so`ng, ya`ni 898/1492 yildan keyin 
yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi va do`sti Abduraxmon Jomiyga 
bagishlangan  bo`lib,  ikki  buyuk  ijodkor  o`rtasidagi  garoyib  vokealar  bayoni, 
Jomiyning  shajarasi,  asarlari  nomlari  va  ularga  berilgan  baxolardan  iborat.  Uni 
memuar-yodnoma asar deb atash mumkin. Ushbu risola mazmunini ikki buyuk shaxs 
asarlaridagi  lavxalar,  xususan  «Nasoyim  ul-muxabbat»,  «Majolis  un-nafois»  xamda 
ularning  o`zaro  xatti  kitobati,  ayniksa,  «Murakka`i  Mir  Alisher»  to`plamidagi 
Jomiyning dastxat maktublari boyitishga xizmat kiladi.  
 
«Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi 
Alisher Navoiyning to`rtinchi tarixiy asari, memuar biografik xarakterdagi risola 
bo`lib, u «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» deb nomlanadi. O`ziga «otaday» mexribon 
bo`lgan  Sayyid  Xasan  Ardasher  to`grisidagi  asar  to`gridan  to`gri  «Xolot»  ya`ni 
biografiya  deb  ataladi.  Asar  tasnif  odobiga  ko`ra,  «Bismilloxir-raxmonir  -  raxiym» 
so`zidan  so`ng  keladigan  «Xamd»  Allox  madxi  o`rniga  nasimga  murojaat  bilan 
boshlanadi,  asar  mazmuni  shunday  xarakterlanadi:  «Soliki  foniy  va  gavxari  koniy, 
orifi maoniy Sayyid Xasani Ardasher (raxmatulloxi) siyar va xolotida». Ya`ni bu asar 
«o`tkinchi  foniy  dunyodagi  solik,  gavxarlar  koni  va  ma`nolar  orifi  Sayyid  Xasan 
Ardasher biografiyasi» deb ataladi.  
Asar  boshida  muallif  Sayyid  Xasani  Ardasherning  otasi  to`grisida  kiska 
ma`lumotlarni keltiradi, undan so`ng, Alisher Navoiy uning o`zi xam yoshligida otasi 
kabi  Boysungur  Mirzo  xizmatida  bo`lgani,  turli  soxalar  bo`yicha  bilim  olganini 
yozadi.  Temuriylar  saroyida  xizmat  kilib,  doim  xurmat  va  e`tiborda  bo`lgani,  xatto 
Sulton Xusayn Mirzo unga katta davlat lavozimini taklif kilganida, dunyo ishlaridan 
yuz  o`girib,  darveshlikni  ixtiyor  etganini  zikr  etadi.  Risolada  Sayyid  Xasan 
Ardasherning  tarixi,  uning  badiiy  didi,  turkiy  va  forsiy  tildagi  adabiyotni  yaxshi 
bilishi,  imom  Gazzoliyning  «Kimiyo-i  saodat»,  Fariduddin  Attorning  «Mantik  ut-
tayr»  asarlarini  xush  ko`rishi,  xayotida  bo`lib  o`tgan  vokealar  tafsilotilarining  eng 
muximlari  zikr  etiladi.  Natijada,  kitobxon  ko`z  o`ngida  Temuriylar  zamoni 
ziyolilarining  yorkin  vakili  siymosi  tarixi  namoyon  bo`ladi.  O`sha  davr  ijtimoiy 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə