Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81

Boburning  bobo  meros  poytaxt  Samarkanddagi  xukmronligi  bir  yilga  xam  etmadi. 
1512  yilning  baxorida  Ko`li  Malik  (Xayrobod  bilan  Korako`l  orasida  joylashgan 
mavze`)  degan  joyda  bo`lib  o`tgan  jangda  Shayboniylardan  Ubaydullaxon, 
Muxammad  Temur  Sulton,  Jonibek  Sulton  va  boshkalarning  birlashgan  kuchlari 
uning  ko`shinlarini  tor-mor  keltirdi.  Bobur  Xisori  shodmon  tomonga  chekindi  va 
kariyb  ikki  yil  mobaynida  o`sha  viloyatda  kun  kechirdi  va  1514  yili  yana  Kobulga 
kaytdi.  U  1514-1525  yillar  orasida  Shimoliy  Xindistonga,  uni  bo`ysundirish 
maksadida besh marta ko`shin tortadi, lekin fakat so`nggi yurishi (1525 y.) natijasida 
boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur tarixda yangi saltanatga asos soldi. Uning 
davlati  garbda  yanglish  Buyuk  mo`gullar  nomi  bilan  mashxur  bo`lib  ketgan,  aslida 
esa  bu  Xindistondagi  Temuriylar  yoki  Boburiylar  davlatidir.  Bobur  1530  yilning  26 
dekabrida  Xindistondagi  poytaxti  Agra  shaxrida  vafot  etdi.  Ammo  uning  vasiyatiga 
ko`ra,  keyincha  uning  xoki  Kobul  shaxridagi  o`zi  asos  solib  obod  kilgan  bogga 
ko`mildi. Uning kabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muxammad Jaxongir (1605-
1627 yy.) tomonidan o`rnatilgan. 
Bobur  iste`dodli  kalam  soxibi  sifatida  ikki  devon-she`rlar  majmuasi,  aruz 
ilmiga  oid  risola,  islom  konunshunosligi  masalalariga  bagishlangan  “Mubayyin” 
nomli  masnaviysi,  Ubaydulla  Xoja  Axrorning  “Volidiya”  risolasining  turkiy 
tarjimasi,  musika  va  xarbiy  ishga  oid  risolalari  muallifi,  maxsus  yangi  alifbo  “Xatti 
Boburiy” ixtirochisi xamda “Vakoyi`” asarining ijodkoridir.  
“Vakoyi`”  memuar  –  xotira  tipidagi  asar  bo`lib,  o`zining  bayon  uslubi  bilan 
“Temur  tuzuklari”ni  eslatadi.  Kitobda  Fargona,  Toshkent,  Samarkand,  Xisori 
shodmon,  Chagoniyon,  Kobul,  Xuroson  poytaxti  Xirot  xamda  Shimoliy 
Xindistonning XU asr ikkinchi yarmi va XU1 asr birinchi o`ttiz yilligidagi ijtimoiy-
siyosiy  axvoli  batafsil  yoritilgan.  Asar  mazmunini  shartli  uch  kismga  bo`lish 
mumkin: 
1. Fargona va Movarounnaxr vokealari davri (1494-1504 yy.); 
2. Kobul va Xuroson vokealari davri (1504-1525 yy.); 
3. Xindiston vokealari davri (1525-1530 yy.). 
Siyosiy  vokealar  bayonidan  tashkari,  asar  geografik  xamda  etnografik 
ma`lumotlarga  boy.  Undan  Fargonaning  turk-mo`gul  kabilalari,  ko`chmanchi 
o`zbeklar  ko`shini  tuzilishi,  Movarounnaxr,  Xuroson  va  Xindiston  xalklarining  urf-
odatlari, xayvonoti, nabototi, parrandalari va boshkalar to`grisida tafsilotlar xam o`rin 
olgan. 
“Vakoyi`”  asari  asl  matni  uch  marta,  birinchi  marta  1857  yili  Kozonda 
N.I.Il`minskiy  tomonidan  Buxoro  ko`lyozmasi  va  ikki  marta  1905  va  1970  yillari 
Angliyaning  poytaxti  London  shaxrida  A.Beverij  xonim  tomonidan  Xaydarobod 
ko`lyozmasi asosida chop kilingan edi. 
1995-1996 yillari yapon olimi Eyji Manu “Vakoyi`” asari matnini to`rtta turkiy 
va uchta forsiy ko`lyozmalari asosida tuzib, unga mukammal ko`rsatkichlarni aloxida 
jild  sifatida  ilova  kildi.  Bu  tadkikotchi  keyincha  yapon  tilida  tarjima  va 
ko`rsatkichlarni ikki jildda chop etdi. 
Kirill-rus  alifbosida  1948-1949  yillari  ikki  jildda  S.Mirzaev  va  P.Shamsiev 
tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop kilingan edi. 
2002 yili S.Xasanov tomonidan P.Shamsiev, S.Mirzaev va Eyji Manu nashrlari 
asosida  “Vakoyi`”  asar  matnini  chop  etdi.  Ammo  bular  va  boshka  nashrlar  ushbu 
jaxonga mashxur asarning asl nusxasining ilmiy akademik nashri emas.   


Garchi  “Vakoyi`”  asl  nusxa  matni  ilmiy  asosda  tiklanmagan  bo`lsa-da,  uni 
tarjima kilish, o`rganish xali asar to`la tugamasdan oldin boshlangan edi. 
Ilk  marti  “Vakoyi`”  asarini  fors  tiliga  tarjima  kila  boshlagan  va  bir  kismini 
tarjima  kilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri  Shayx  Zayn  Xavrfiy  (vaf.1534  y.) 
edi. 
Asar  butunlay  tugamasdan  turib,  undan  bir  nusxani  Bobur  ko`chirtirib 
Movarounnaxrga jo`natgan edi. 
“Vakoyi`”  bilan  tasodifan  tanishgan  Boburning  chevarasi  Sulton  Salim, 
bo`lgusi  Jaxongir  otaligi,  ma`naviy  ustozi  Kutbiddin  Muxammad  Beklarbegi  o`gli 
Bexruzxon  Navrangxondir.  U  Mirzo  Poyanda  Xasan  Gaznaviydan  asarni  fors  tiliga 
tarjima  kildira  boshlaydi.  Ammo  tarjimon  vafot  etgach,  Muxammad  Kuli  Xisoriyni 
bu ishga jalb etib, 1586 yili tarjima nixoyasiga etadi. 
Uchinchi marta “Vakoyi`”ni fors tiliga tarjima kilish tashabbuskori Boburning 
nabirasi Jaloliddin Muxammad Akbar (1556-1605 yy.) edi. U asarni Bayramxon o`gli 
Abduraximxonga  tarjima  kildirib,  uning  ko`plab  nusxalarini  nafis  mo``jaz  rasmlar 
bilan  bezattirgan.  Forsiy  tildagi  ushbu  uchchala  tarjima  asl  matnni  tiklashda  katta 
ilmiy axamiyatga ega. 
“Vakoyi`”  asari  garb  olimlari  ichida  mashxur  va  juda  katta  obro`-e`tiborga 
molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari to`la tarjima kilingan 
bo`lsa,  uning  ixcham  va  kiskartirilgan  nashrlari  o`n  beshdan  ziyoddir.  Aytish 
mumkinki,  so`nggi  ikki  yuz  yil  davomida  ingliz  sharkshunoslari  “Vakoyi`”  asarini 
juda  jiddiy  o`rganmokdalar  va  maxsus  Boburshunoslik  ilmiy  yo`nalishiga  asos 
solganlar. 
Asarning forsiy toshbosma matni xam mavjud. Kitob yana ikki marta frantsuz 
tiliga, nemis, turk, yapon, xind, urdu, turk, kozok tillariga tarjima kilingan. 
Umuman,  shark  tarixiga  oid  asarlar  ichida  “Vakoyi`”  bksak  mavkega  ega. 
Shunday  tarixiy  obida  to`grisida  uch  marta  akademik  S.Azimjonova  tomonidan  rus 
tilida  kitoblar  chop  etilgan  bo`lsa-da,  o`zbek  tilidagi  tadkikotlar  asosan  filologik 
yo`ealishda amalga oshirilgan. 
“Vakoyi`” birinchi galda tarixiy manba va u boshka soxa mutaxassislari uchun 
xam bebaxo obida va ibratli namunadir. 
“Shayboniynoma”  tarixiy  dostonining  muallifi  Muxammad  Solix  (taxm. 
1455-1535  yy.)  bo`lib,  turkiyzabon  bilkut  kabilasidan  chikkan.  Shoxrux  va  Mirzo 
Ulugbek davrida zo`r nufuzsha esha bo`lgan amir Shoxmalikning nabirasi. Otasi amir 
Nur Saidbek xam yirik amirlardan bo`lib, avval Mirzo Ulugbek, so`ngra Sulton Abu 
Sa`id Mirzo xizmatida bo`lgan, 1464-1467 yillari Xorazmda xokim bo`lgan va 1467 
yili  Sulton  Abu  Saidning  farmoni  bilan  katl  etilgan.  Muxammad  Solixning  yoshligi 
Xirotda  kechgan  va  o`sha  erda  o`kib  nash`u  namo  topgan,  so`ngra  Sulton  Xusayn, 
1494  yildan  Samarkandda  katta  nufuzgu  ega  bo`lgan  Temuriy  amirlardan  Darvish 
Muxammad  tarxon  va  xoja  Ubaydulla  Axrorning  o`gli  Muxammad  Yaxyo,  1500-
1504  ymllari  Buxoro  va  Chorjo`ydagi noib  bo`lib, shundan keyin  to vafotiga kadar, 
Shayboniylardan  Muxammad  Sulton  (vaf.  1505  y.)  va  Ubaydullaxonning  kotibi 
bo`lib xizmat kilgan.  
Muxammad 
Solixning 
yaratgan 
tarixiy 
dostoni 
“Shayboniynoma”da 
Muxammad  Shayboniyxonning  xayoti  va  olib  borgan  urushlari  xakida  she`riy 
uslubda xikoya  kilinadi.  Asar  kaxramonning  tugilganidan  boshlab,  to 1505  yilgacha 
Dashti  kipchok,  Movarounnaxr  xamda  Xorazmning  ijtimoiy-siyosiy  tarixidan  baxs 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə