Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81

Ogaxiy  xam  iste`dodli  shoir,  yirik  tarixnavis  olim  va  moxir  tarjimon  sifatida 
shuxrat  topti.  U  togasi  Munis  boshlagan  “Firdavs  ul-ikbol”  asarini  oxiriga  etkazdi. 
Undan  tashkari,  “Riyoz  ud-davla”  (“Davlatning  jannat  bogi”),  “Zubdat  ut-tavorix” 
(“Tarixlar sarasi”), “Jomi` ul-vokeoti sultoniy” (“Culton vokealarining majmuasi”) va 
“Gulshan ud-davlat” (“Davlat gulshani”) kabi tarixga oid asarlarni xam yozgan. 
Bulardan  tashkari,  Ogaxiy  zabardast  tarjimon  sifatida  19  asarni  o`zbek  tiliga 
tarjima  kilgan  bo`lib,  ularning  ichida  Muxammad  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”, 
Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”,  Nizomuddin  Axmad  Xiraviyning 
“Tabakoti Akbariy” kabi ulkan tarixiy asarlar xam bor. 
Munis  va  Ogaxiyning  tarix  soxasidagi  eng  katta  ilmiy  ishi  “Firdavs  ul-ikbol” 
asarining  yaratilishi  edi.  Kitobda  Xorazmning  kadim  zamonlardan  to  Ko`ngirot 
sulolasidan  chikkan  Alloxkulixon  (1825-1842  yy.)  zamonigacha  bo`lgan  tarixdan 
baxs yuritadi. 
“Firdavs  ul-ikbol”  asari  mukaddima  va  besh  bobdan  iborat.  1806  yili 
boshlangan va 1840 yili yozib tamomlangan. 
Mukaddimada  Eltuzarxon  nomiga  xamdu  sano  o`kiladi,  Munisning  xon 
xizmatiga kirish sabablari aytiladi va asar mundarijasi keltiriladi. 
Asarning  1-11-boblarida  islomiyatdan  avval  o`tgan  piygambarlar,  eskm  tarix 
kitoblarida  turk-mo`gul  kabilalarining  ajdodi  xisoblangan  Yofas  ibn  Nux  va 
Ko`ngirot amirlarining ilk tarixiga bagishlangan. 
Uchinchi  bobda  Burtajon  va  Chingizxon  tarixi,  Mo`gul  imperiyasining 
Chingisxon  zamonidan  to  Oltin  O`rda  xoni  Berdibek  (1357-1361  yy.)  davrigacha 
bo`lgan tarixi bayon etilgan. 
To`rtinchi  bob  Xorazmning  Shayboniylar  davri  (1511-1804  yy.)dagi  ijtimoiy-
siyosiy tarixi xakidadir. 
Beshinchi  bob  Xiva  xonligining  1804-1825  yillar  orasidagi  ijtimoiy-siyosiy 
tarixini o`z ichiga oladi. 
Munis  va  Ogaxiyning  mazkur  asarining  asosiy  axamiyati  shundaki,  unda 
Xorazmning  kariyb  300  yillik  (1511-1825  yy.)  tarixi  yaxlit,  xronologik  tartibda 
bayon  etilgan.  Asar  turli  mavzudagi  daliliy  ma`lumotlarga  nixoyatda  boy.  Kitobda, 
masalan,  Xorazm  (Xiva  xonligi)  o`ramida  istikomat  kilgan  turkman,  korakalpok  va 
kozok xalklari va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o`rni, katta 
er egaligi, mexnatkash xalk axvoli, solik va jarimalar, xiroj, zakot, peshkash, tansukot 
va  xokazo,  o`n  to`rt  urugning  tarkatib  yuborilishi,  1714,  1722-1723  va  1768  yillari 
sodir  bo`lgan  ocharchilik  va  kaxatchilik,  Xorazm  shaxarlari  Urganch,  Kot,  Vazir, 
Yangi  shaxar,  Tirsak,  Gandumkon,  Xazorasp,  Shaxobodlarning  umumiy  axvoli, 
turkmanlar  va  o`zbeklarning  etnik  tarkibi,  Xiva  xonligining  boshka  mamlakatlar, 
xususan,  Eron,  Buxoro  xonligi  va  Rossiya  bilan  bo`lgan  iktisodiy  va  siyosiy 
munosabatlari xususida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. 
“Firdavs  ul-ikbol”  asari  tarixchilar  tomonidan  kam  o`rganilgan.  Uning 
ko`lyozma  nusxalari  O`zbekiston,  Rossiya  va  boshka  mamlakatlar  kutubxonalarida 
saklanadi. 
“Ansob  us-salotin  va  tavorix  ul-xavokin”  (“Sultonlar  shajarasi  va  xokonlar 
tarixi”)  asarining  muallifi  Mirza  Olim  Toshkandiydir.  Uning  to`la  ismi  Mirza  Olim 
ibn  domla  Mirza  Raxim  Toshkandiydir.  U  o`z  davrining  keng  ma`lumotli  va 
tanparvar kishilaridan bo`lgan. Asar X1X asr oxirida yozib tamomlangan.   


“Ansob  us-salotin  va  tavorix  ul-xavokin”  Fargonaning  yoki  Ko`kon 
xonligining XU-X1X asrlar orasidagi tarixini o`z ichiga oladi. Muallif ayniksa 1842-
1875 yillar tarixini keng yoritgan. 
Kitobning  to`rtta  mo``tabar  ko`lyozmalari  O`zR  FA  Sharkshunoslik  instituti 
xazinasida mavjud. U Ko`kon xonligi tarixini o`rganishda muxim manbalardan bo`lib 
xizmat kiladi. 
“Shajarayi  Xorazmshoxiy”  va  “Xorazm  tarixi”(1910-1918  yy.)  asarlari 
muallifi serkirra iste`dod soxibi Muxammad Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858-
1923  yy.)dir.  Bayoniyning  naslu  nasabi  Xiva  xonligini  ko`p  yillar  idora  kilgan 
Ko`ngirotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804-
1806 yy.)ga nabira bo`ladi. 
Muxammad  Yusuf  Bayoniy  yoshligidan  yaxshi  tarbiya  topdi,  keng  ma`lumot 
oldi.  Arab  va  fors  tillarini  yaxshi  o`rgandi,  adabiyot,  tarix,  tibb  va  musika  ilmlarini 
egalladi. Shu bilan birga xattotlik ilmini xam yaxshi o`rgandi. U, ayniksa xatlarning 
rayxoniy, suls, kufiy va shikasta turlari bo`yicha moxir xattot, musika ilmida, ayniksa 
tanbur va gijjak chalishda maxoratli sozanda bo`lib etishdi. 
Bayoniy  mumtoz  adabiyotni,  xususan  she`r  ilmini  xam  puxta  egalladi,  o`z 
zamonining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz she`riyatning barcha turlarida ijod 
kildi. O`zidan bir she`riy to`plam, devon koldirdi. Devoni ko`lyozmasi O`zR FA ning 
Sharkshunoslik instituti fondida saklanmokda. 
Bayoniy  asosan  yirik  tarixnavis  olim,  Munis  va  Ogaxiylarning  davomchisi 
sifatida shuxrat kozondi. Bu soxada u ikki yirik asar yaratdi. 
Bayoniyning  “Shajarayi  Xorazmshoxiy”  asarida  Xorazmning  turklarning 
kadimgi  podshoxi  Yofas  o`glon,  Yofas  ibn  Nuxdan  to  Ko`ngirot  sulolasigacha 
kechgan tarixi bayon etilgan. Asarning eng kimmatli kismi Muxammad Raxim avval 
(1806-1873  yy.)  va  Asfandiyorxon  (1910-1918  yy.)  davrigacha  bo`lgan  so`nggi 
kismidir. 
Olimning  ikkinchi  tarixiy  asari  “Xorazm  tarixi”  kitobida  Xorazmning  1910-
1918 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritilgan. 
Muxammad  Yusuf  Bayoniy  moxir  tarjimon  sifatida  xam  nom  koldirgan.  U 
ko`pgina  muxim  tarixiy  asarlarni  arab  va  fors  tillaridan o`zbek  tiliga  tarjima  kilgan. 
Abu  Ja`far  Muxammad  ibn  Jarir  at-Tabariyning  “Kitob  ar-rasul  va-l  muluk  va-l-
xulafo”,  Darvesh  Axmadning  “Caxoyif  ul-akbar”,  Kamoliddin  Binoiyning 
“Shayboniynoma” asarlari ana shular jumlasidandir. 
Bayoniyning  “Shajarayi  Xorazmshoxiy”  asarining  (1911-1913  yillari  yozib 
tamomlagan  kismi,  ya`ni  Muxammad  Raximxon  soniy  zamonidan  sayyid 
Asfandiyorxon  xukmronligi  davrini  o`z  ichiga  olgan  15-  va  16-  boblari  Ikboloy 
Azizova  tarafidan  so`z  boshi  va  zarur  izoxlar  bilan,  1991  yili  “Meros”  to`plamida 
nashr etilgan.  
 
Turkiy-o`zbek  tilidagi  manbalar  xususiyatlari.  X-XIV  asrlarga  oid  turkiy 
tildagi  yozma  manbalar  nisbatan  kam  saklanib  kolgan.  Mavjudlari  esa xali  munosib 
tarzda manbashunoslik nuktai-nazaridan o`rganilib, ilmiy muomalaga kiritilgani yo`k. 
Ya`ni u manbalar tarix ilmida o`z o`rnini egallagani yo`k. 
X-XIV  asrlarga  oid  turkiy  tildagi  yozma  manbalar to`grisida shuni  kayd  etish 
zarurki,  ularda  xam  arab  va  fors  tillaridagi  manbalarga  xos  umumiy  xususiyatlar 
o`xshash desak bo`ladi. Yozuv xususida turkiy va fors tili xarflari aynan bir xil, ya`ni 
32 xarfdan iborat. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə