Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81

Muxammad  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”  kabi  yirik  asarlarning  turkiy  tiliga 
o`girilishi,  Durbek,  Sayid  Kosimiy,  Lutfiy,  Alisher  Navoiy,  Xofiz  Xorazmiy  kabi 
shoirlar  ijodi  turkiy-o`zbek  tilining  jaxondagi  tarakkiy  etgan  adabiy  va  ilmiy  til 
ekanligini ko`rsatdi. 
 
Alisher  Navoiy  yirik  badiiy  asarlari,  “Xamsa”  va  “Lison  ut-tayr”  dostonlari, 
“Xazoyin ul-maoniy” nomli to`rt devonlari katorida yaratilgan nasriy tarixiy asarlari, 
xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va xukamo”, ”Tarixi muluki Ajam”, “Xamsat ul-
mutaxayyirin”,  ”Xoloti  Sayyid  Xasan  Ardasher”,  ”Xoloti  Paxlavon  Muxammad”, 
”Vakfiya”,  “Maxbub  ul-kulub”,  ”Majolis  un-nafois”,  ”Nasoyim  ul-muxabbat”, 
“Munshaot” asarlari juda katta tarixiy axamiyatga molik manbalarning yaratilganligi 
keyingi davrlarda turkiy-o`zbek tilining rivojiga ulkan xissa bo`lib ko`shildi. 
 
Zaxiriddin  Muxammad  Boburning  “Vakoyi`”  (“Boburnoma”,  1530  y.) 
asarining yaratilishi jaxonshumul axamiyatga molik manba sifatida ijod etilganligini 
ko`rsatadi. Chunki bu obida to`rt marta fors tiliga, uch marta ingliz tiliga to`la tarjima 
kilinib, birgana forsiy ko`lyozmalarning juda ko`p tarkalganligi, o`n uch ko`lyozmaga 
ko`plab  mo``jaz  rasmlar  bilan  ziynatlanganligi,    asl  matnning  sakkiz  marta  chop 
etilishi, o`ndan ziyod inglizcha kiska nashrlar yukoridagi fikr isboti uchun kifoyadir. 
 
Alisher  Navoiyning  “Majolis  un-nafois”  tazkirasi  xam  XVI  asrda  uch  marta 
fors  tiliga  tarjima  kilingan.  Yana  Muxammad  Solix,  Abuloziy  Baxodirxon,  Munis, 
Ogaxiy,  Bayoniy,  Xakimxon  To`ra  va  boshkalarning  tarixiy  asarlari  juda  muxim  va 
kimmatli manbalardir. 
 
Ayniksa, XIX asrda Xorazmda va Sharkiy Turkistonda turkiy tilga katta e`tibor 
tufayli ko`plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy tillaridan tarjima kilindi, 
yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.  
Umuman,  XX  asr  birinchi  choragigacha  turkiy  -  o`zbek  tillarida  kator  tarixiy 
manbalar  yaratilgan  edi.  Bu  davrgacha  bitilgan  bizning  tilimizdagi  obidalar  arab 
alifyuosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi. 
1929 yili alotin alifbosiga o`tildi 
1940 yili rus-kirill alifbosi kiritildi. 
Mustakilligimiz bizga yana lotin alifbosini kayta tikladi. Albatta, lotin alifbosi 
rus-kirill  alifbosiga  nisbatan  ko`plab  turkiy  xalklar  uchun  kabul  kilinganligi  bilan 
kator  afzallikka  ega.  Lekin  deyarli  XIII  yoki  XII  asr  davomida  yaratilgan  manbalar 
takdiri  nima  bo`ladi?  Degan  savol  kishini  o`ylantiradi.  Bo`lgusi  tarixchilarga  fors, 
arab  tili  asoslarini  o`rgatilishi,  arab  yozuvidagi  manbalardan  foydalanish  malakasini 
xosil kilish kay darajada? 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  tarixga  e`tibori  va 
xilkimiz  boy  madaniyatini  o`rganishga,  kadolashga  intilishi  kishida  umid  va 
kelajakka ishonch uygotadi. Darxakikat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k”. 
Ushbu darslikda turkiy-o`zbek tilida bitilgan xamma manbalarni kamrab olish 
mumkin  emas,  shuning  uchun  eng  muxim  va  yirik  yozma  manbalarning  xarakterli 
xususiyatlarni  bayon  etamiz,  xalos.  Umid  kilamizki,  bu  erda  olgan  bilimlarini 
talabalar  o`zlari  mustakil  ravishda  kengaytirib,  yanada  chukurlashtiradilar.  Chunki, 
manbalar barcha bilim asosidir. 
 
Turkiy o`zbek tilidagi tarixiy manbalar 
”Kutadgu  bilik”  Yusuf  Xos  Xojib  Bolasoguniyning  ”Kutadgu  bilik” 
(“Saodatga  yo`llovchi  bilim”)  nomli  asari  1069-1079  yillari  yozilgan  doston 


xarakteridagi  badiiy asar bo`lsa xam, unda davlatni boshkarishga oid kimmatli fikrlar 
bayon  kilingan  va  Koraxoniylar  davri  madaniyatini  o`rganishda  muxim  manbadir. 
Undagi “Idora odobi”, “Kudratli davlat konunlari”, “Podshoxlarga maslaxatlar” kabi 
boblar katta tarixiy axamiyatga ega. 
“Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” yoki “Vokeoti 
Temuriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning etti yoshligidan boshlab xayot 
yo`li xakida xikoya kiladi. 
“Temur tuzuklari”- muxim tarixiy manba bo`lib, unda Amir Temur davlatining 
tuzilishi  va  boshkarish  xususiyatlari  bayon  etilgan.  Asar  dastlab  turkiy-o`zbek  tilida 
bitilgan.  Uning  bir  ko`lyozmasi  Yaman  mamlakati  oliy  xukmdori  Ja`far  podshox 
kutubxonasida saklangan. 
“Temur  tuzuklari”ning    fors  tiliga  tarjimoni  Mir  Abu  Tolib  Xusayniy  at-
Turbatiy  tarjima  mukaddimasida,  Arabistonning  mukaddas  joylarini  xaj  kilib 
kaytishda,  Yamanda  bo`lgan  chogida  Ja`far  podshox  kutubxonasida  turkiy  tildagi 
mazkur  asarni  topgani  va  u  Amir  Temurning  xayot  yo`li  xakidagi  o`zi  yozgan 
ekanligini  ta`kidlaydi.  Mir  Abu  Tolib  Arabistondan  kaytib  kelgandan  keyin,  asarni 
fors  tiliga  tarjima  kilgan.  Lekin  Arabistondan  olib  kelingan  asliyatdan  yoki 
Xindistonda bo`lgan biron ko`lyozma nusxadan o`girilgani aytilmagan. 
Mir  Abu  Tolib  1637  yilda  “Temur  tuzuklari”  asari  forscha  tarjimasini  buyuk 
boburiylardan  Shoxijaxonga  tortik  kiladi.  Keyin  bu  tarjima  Muxammad  Afzal 
Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy taxrir kilingan. 
“Temur tuzuklari” ikki makoladan iborat: 
Birinchi  makola  Amir  Temurning  davlatni  barpo  etish  va  mustaxkamlash, 
ko`shinni tashkil etish yuzasidan  tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan. 
Ikkinchi makolada 13 kengash va uning kismlarida Amir Temurning xokimiyat 
tepasiga kelishi va xarbiy yurishlari tafsilotlari beriladi. 
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafakat xukmdorlar va ma`lumotli kishilar 
orasida,  balki  jaxon  ilm  axli  o`rtasida  shuxrat  topti.  Asarning  ko`lyozma  shaklida 
xam,  toshbosma  shaklida  xam,  shuningdek  jaxonning  ko`p  tillariga  kilingan  tarjima 
shaklida  xam  (inglizcha,  frantsuzcha,  urdu,  rus  va  o`zbek  tillarida)  nashr  etilishi 
so`zimizga isbot –dalildir. 
Ikki  fozil  shaxslar  Mir  Abu  Tolib  va  Muxammad  Afzal  Buxoriy  xizmatlari 
tufayli  “Temur  tuzuklari”  fors  tilida bizgacha etib  kelgan.  Bu  tarjimaning  mo``tabar 
ko`lyozmalari Rossiya, Xindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Frantsiya va boshka 
mamlakatlar xazinalarida mavjud.  
“Temur  tuzuklari”ning  forsiy  matni  1783,  1785,  1890  va  1963  yillari  ovrupo 
va shark tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan. 
“Temur  tuzuklari”ni  to`lik  1857  yili  Xivada  Muxammad  Yusuf  Rojiy 
tomonidan va 1858 yili Paxlavon Niyoz devon tarafidan turkiy-o`zbek tiliga tarjima 
kilingan.  Ularning  birinchisi  “Tuzuki  Temuriy”,  ikkinchisi  “Malfuzot”  nomi  bilan 
ma`lum.  Yana  bir  tarjima  Xo`jand  kozisi  Nabijon  maxdum  tarafidan,  Ko`kon  xoni 
Muxammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirigiga binoan amalga oshirilgan. 
 “Temur  tuzuklari”  asarini  Alixon  To`ra  Soguniy  1967  yili  Mir  Abu  Tolib 
tarjimasini o`zbekchaga tarjima kilgan edi. 1990 yili Alixon To`ra tarjimasini “Temur 
tuzuklari”ni  Bombay  nashri  matni  asosida  Xabibullo  Karamatov  yana  bir  tarjimani 
amalga oshirib, nashr ettirdi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə