Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81

Ikkinchi  bobda  Muxammad  paygambar  va  uning  avlodi,  xalifayi  Roshidin, 
Umaviya  va  Abbosiya  xalifalari,  Arabiston  xamda  Misrda  podshoxlik  kilgan  Ali  va 
Fotima  avlodi,  shuningdek,  Abbosiylar  bilan  zamondosh  bo`lgan  Eron  va 
Movarounnaxr xukmdorlari tarixi talkin etilgan. 
Asarning  noyob  va  kimmatli  kismi  uning  uchinchi  bobi  xisoblanadi.  U  turk-
mo`gul  kabilalari  va  ularning  kelib  chikishi,  Chingizxon  va  uning  avlodi,  Shimoliy 
Xitoyda  ukmronlik  kilgan  mo`gul  xonlari,  Chigatoy  ulusi  xukmdorlari,  Elxoniylar, 
Jaloiriylar,  Cho`poniylar,  Muzaffariylar,  Ok  O`rda  xonlari,  1346-1370  yillar  orasida 
Movarounnaxrda xukmronlik kilgan amirlartarixini o`z ichiga oladi. 
Asarning  uchinchi  kismini  yozishda  muallif  Tabariy,  Juvayniy,  Rashiduddin 
xamda turkiy tilda yozilgan ”Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan.     
“Muntaxab  ut-tavorixi  Mu`iniy”  asarining  matni  1957  yili  Eronda  Jak  Oben 
tarafidan  chop  etilgan.  Uning  ko`lyozma  nusxalari  Sankt-Peterburg,  Angliya, 
Frantsiya  va  Eron  kutubxonalarida  mavjud.  Bu  asar  to`grisida  va  undagi  ayrim 
lavxalar  G.Karimov  tomonidan  “Amir  Temur  va  Ulugbek  zamondoshlari 
xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari”(T.: 1997) nomli 
to`plamlarda chop etgan.  
“Majmu at-tavorix” yoki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Xofizi Abru 
nomi  bilan  mashxur  bo`lgan  yirik  geograf  va  tarixchi  olimdir.  Uning  xakikiy  ismi 
Shaxobuddin  Abdullox  ibn  Lutfullox  ibn  Abdurashid  al-Xavofiydir.  Abdurazzok 
Samarkandiyning  so`zlariga  karaganda  Xofizi  Abru  Xirot  xududidagi  Xavofda 
tugilgan,  Xamadonda  taxsil  ko`rgan  va  1430  yilda  Zanjonda  vafot  etgan.  Boshka 
tarixiy  manbalarning  ma`lumotlariga  va  uning  so`zlariga  karaganda,  Xofizi  Abru 
Amir  Temur  va  Shoxrux  saroyida  istikomat  kilgan  va  xar  ikkala  xukmdor  bilan 
yakindan munosabatda bo`lgan.  
Agar u Amir Temur bilan fakat saroydagina yakin suxbatdosh bo`lgan bo`lsa, 
Shoxrux bilan uning yurishlarida birga bo`lgan. 
Xofizi  Abru  Shoxruxning  topshirigi  bilan  ikkita  yirik  asar  yozgan.  Bulardan  biri 
tarixiy-geografik  mazmunda  bo`lib,  1414-1420  yillar  orasida  yozilgan.  U  X  asrda 
arab  tilida  bitilgan  nomaxlum  bir  kitob  asosida  yozilgan.  Yu.e.Borshevskiyning 
so`zlariga  karaganda,  bu  “Kitob  al-masolik  va-l-mamolik”  deb  atalib,  Xasan  ibn 
Axmad  Muxallabiyning  kalamiga  mansub  bo`lgan.  Shoxrux  Mirzo  1414  yili  Xofizi 
Abruga  mazkur  asarni  fors  tiliga  tarjima  kilish  va  boshka  manbalar  asosida  kayta 
ishlashni  topshirgan.  Demak,  bu  asar  shunchaki  kompilyatsiya  va  tarjima  bo`lib 
kolmay,  balki  yangi  dalillar  bilan  boyitilgan,  dikkatga  sazovor  asardir.  Shuni  aytish 
kifoyaki,  unda  xar  bir  viloyatning  geografik  xolatini  tavsiflashdan  tashkari,  uning 
kiskacha siyosiy tarixi xam bayon kilingan. Biz uchun asarda Amudaryoning Kaspiy 
dengiziga  kuyilishi  xakidagi,  shuningdek,  Movarounnaxr  va  uning  yirik  shaxarlari 
Buxoro,  Samarkand,  Nasaf,  Kesh,  Termiz,  Xo`jand  va  boshkalar  xakida  keltirilgan 
ma`lumotlar muxim axamiyat kasb etadi. 
Asarning  yaxshi  ko`lyozma  nusxalari  Angliya  va  Rossiyada,  Sankt-Peterburg 
shaxrida saklanmokda. 
Xofizi  Abru  Shoxruxning  ko`rsatmasi  bilan  o`zidan  avval  o`tgan  mazkur 
tarixchilar 
Tabariy, 
Rashiduddin 
xamda 
Nizomuddin 
Shomiy 
asarlariga 
ko`shimchalar  (zayl)  xam  yozgan.  1412-1418  yillar  orasida  yozilgan  bu 
ko`shimchalar “Majmua-yi Xofizi Abru” deb ataladi. 


Tabariy  asarining  Bal`amiy  taxririga  kilingan  ko`shimcha  xalifa  Muktadir 
(908-932 yy.) zamonidan to Mo``tasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka kirgan 
mamlakatlarda bo`lib o`tgan vokealarni o`z ichiga oladi. 
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga kilingan ko`shimchaga Kurtlar (Kartlar) 
sulolasidan  chikkan  podshoxlar,  Tuga  Temur,  Amir  Vali  ibn  Shayx  Ali  Xindu, 
sarbadorlar  xamda  Amir  Argunshox  tarizi,  ya`ni  Eronda  1306-1393  yillar  orsida 
bo`lib o`tgan vokealar kiritilgan. 
Nizomuddin  Shomiyning  “Zafarnoma”siga  kilingan  ilovada  esa  Amir  Temur 
xukmronligining so`nggi davri va Shoxrux tarixi 1416 yilga kadar bayon etiladi. 
“Majmua”ning  ayrim  kismlari  matni  va  tarjimasini  Xonbobo  Bayoniy  1938 
yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar. 
Xofizi  Abruning  asosiy  katta  tarixiy  asari    “Majmu  at-tavorix”  bo`lib,  uni 
muarrix  Shoxruxning  o`gli  Boysungur  Mirzo  (1433  yili  vafot  etgan)ning  topshirigi 
bilan 1423-1425 yillari yozilgan. Mazkur asar to`rt kismga bo`lingan: 1) islomiyatdan 
avval  o`tgan  paygambarlar  va  Eron  podshoxlari;  2)  Muxammad  paygambar  va  arab 
xalifalari  (al-Muxtasimgacha);  3)  Eronning  Saljukiylar  xamda  mo`gullar  davridagi 
(Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-tavorixi Boysunkuriy”. 
Asarning so`nggi, to`rtinchi kismi asli va mustakil axamiyatga ega bo`lib, unda 
Amir Temur tarixi, kayta ishlangan va birmuncha to`latilgan xamda Xuroson, kisman 
Movarounnaxrning 1427 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvoli bayon etilgan. 
“Majmu  at-tavorix”  asarining  ko`lyozmalari  Toshkent  xamda  xorijiy 
mamlakatlar  Turkiya,  Olmoniya,  Angliya,  Frantsiya,  Eron  va  boshka  mamlakatlari 
kutubxonalarida saklanmokda.      
“Tarixnoma”  yoki  “Zayli  Zafarnoma”  (“Zafarnoma”ga  ko`shimcha”)  deb 
ataladigan  muxim  tarixiy  asar  muallifi  Xoja  Tojuddin  as-Salmoniydir.  U  etuk  xattot 
bo`lib  Muzaffariylar  saroyida,  devoni  inshoda  xizmat  kilgan.  Amir  Temur  Sherozni 
egallab,  Muzaffariylar  sulolasi  barxam  topgandan  keyin  1393  yili  boshka  ilm  axli 
bilan  Samarkandga  olib  kelingan  va  saroy  xizmatiga  tayinlangan.  1409  yili  mart 
oyida amirlar isyoni bartaraf etilgach, oliy xokimiyat Shoxrux Mirzo Xoja Tojuddin 
as-Salmoniy  uning  amri  bilan  Xirotga  olib  ketiladi  va  oliy  xukmdorning  topshirigi 
bilan  o`zining  mazkur  asarini  yozishga  kirishadi.  Lekin  uni  tamomlay  olmaydi. 
Lradan  ko`p  vakt  o`tmay  saroyda  vazir  Faxruddinga  karshi  uyushtirilgan  fitnada 
katnashganlikda ayblanib kamalib koladi va jazoga tortiladi. 
 Xoja Tojuddin as-Salmoniy mazkur asarida Amir Temurning so`nggi yillari va 
Shoxrux  Mirzoning  tarixini  yozishni  niyat  kilgan  edi.  Lekin,  takdir  takazosibilan 
maksadiga  erisha olmaydi.  Fakat  1404-1409  yillar  tarixini  yozib bitirishga  ulguradi, 
xalos.  Asarda  1404  yilda  Xitoyga  yurish  oldidan  Konigilda  o`tgan  katta  tantanalar, 
shaxzodalar  Ulugbek,  Ibroxim  Sulton,  Ijil  Mirzo,  Sidi  Axmad,  Pirmuxammad  va 
Mirzo  Boykarolarning  nikox  to`ylari,  Xitoyga  yurishning  boshlanishi,  xazrat 
soxibkironning  18  fevral  1405  yilgi  vafotidan  keyingi  ogir  axvol,  Xalil  Sultonning 
nokonuniy  yo`l  oliy  xokimiyatni  egallab  olish  vokealari  batafsil  bayon  etiladi. 
Vokealar  tafsiloti  1408  yil  mart  oyida  Xalil  Sultonning  amir  Xuloydod  boshlik  bir 
gurux fitnachi amirlar tarafidan asir olinishi xakidagi xikoya bilan tugaydi. 
Xoja  Tojuddin  as-Salmoniyning  “Tarixnoma”  asari  bizning  zamonimizgacha 
uch nusxada etib kelgan. Ulardan biri sukutli va shu kunlarda Angliyaning muzeyida 
(Inv.№  159)  saklanmokda.  Yana  ikkitasi  Turkiyada,  Istanbuldagi  Sulaymon  Fotix 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə