Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81

 
Forsiy tilda bitilgan tarixiy  manbalarga xos xususiyatlardan biri  matn orasida, 
vokealar  bayoni  davomida  she`riy  lavxalarning  keltirilishidir.  Bu  she`riy  lavxalar 
tarixchining  o`z  asari  bo`lishi  mumkin  va  u  boshkalarning  she`riy  asarlaridan  xam 
bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-she`riy  lavxalarda konkret tarixiy shaxslar 
nomlari obraz, timsol sifatida juda ko`p ishlatilishidir. 
 
Fors  tilida  bitilgan  ayrim  tarixiy  asarlarda  o`xshatish,  mubolagalar  ko`p 
ishlatilib,  bayon  uslubi  o`ta  jimjimador  bo`lishi  mumkin.  Mana  shunday  asarlar 
to`grisida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda 
yozilgan, tashbix va mubolagalar bilan oro berilgan kitoblarda ko`zlangan maksadlar 
o`rtada yo`kolib ketadi, agar so`z koida-konunidan nasibador bo`lganlardan birontasi 
ma`nini  faxmlab  kolsa  kolar,  ammo  kolgan  o`ntasi,  balki  yuztasi  uning  mazmunini 
bilishdan,  maksadga  etishdan  ojiz.  Shu  sababli,  uning  foydasi  barchaga  barobar 
bo`lmaydi.” 
 
Yurtimiz  xududida  fors  tilida  yaratilgan  tarixiy  manbalarda  xam  arabiy,  xam 
turkiy, ayrim xollarda  mo`gul tili elementlari, so`zlar, iboralar, atamalar va xujjatlar 
uchrashi  va  mavjud  bo`lishi  biz  uchun  bir  tabiiy  xoldir.  Chunki  o`tmishda  xalkimiz 
ziyolilari va namoyondalari uchun bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy xol 
edi. 
 
Ushbu ko`llanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni to`la kamrab olishni 
maksad kilib ko`ymay, ularning ichidan eng muximlarni namuna sifatida tanlab olib, 
ular  to`grisida  ixcham,  kiska  ma`lumotlar  keltirdik,  xalos.  Chunki  bu  bilimlarni 
talabalar  o`zlari  mustakil  kengaytiradilar  degan  umiddamiz.  Bizning  maksadimiz, 
keltirilgan ushbu ma`lumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida 
umumiy tasavurni shakllantirish va uni mustakil fikrlashga o`rgatishdir. 
 
 
 
 
 
 
9-Mavzu: Turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy manbalar 
 
Reja: 
1. Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-o`zbek tilining tutgan o`rni. 
2. Turkiy-o`zbek tildagi tarixiy manbalar. 
3. Turkiy-o`zbek tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati. 
 
Asosiy  tushunchalar:    turkiy-o`zbek  tilidagi  tarixiy  manbalarga  oid  asosiy 
tushunchalar  arab  va  fors  tilidagi  tushunchalardan  deyarli  fark  kilmaydi.  Shuning 
bilan  birga  turkiy  tilda  xarbiy  termin  va  davlat  tizimi,  boshkaruvi  va  jo`grofiy 
atamalar o`rni salmoklidir. 
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008.  
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., «O`kituvchi». 2001.  
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
«O`kituvchi» 1993.  


4.  Sobranie  vostochnix  rukopisey  Akademii  Nauk  Respubliki  Uzbekistan.  Istoriya. 
Sostaviteli D.Yu.Yusupova, R.P.Djalilova.-T., «Fan». 1998.  
5.  B.A.Axmedov.  Istoriko-geograficheskaya  literatura.  Sredney  Azii  XVI-XVIII  v.-
T., «Fan». 1985.  
6. T.K.Beysenbiev «Tarixi Shaxrixi» kak istoricheskiy istochnik. Alma-Ata. 1987.  
 
Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-o`zbek tilining tutgan o`rni 
Boy  yozma  merosimiz,  tarixiy  manbalarimiz  shakllanishi  va  yaratilishida 
turkiy-o`zbek  tilining  aloxida  o`rni  bor.  Lekin  yurtimizda  siyosiy  xokimiyat  avval 
arablarda, so`ng forsiy zabonli sulonlarda  bo`lgan zamonlarda arab va fors tili davlat 
tili  sifatida  iste`foda  etilib,  bu  tillarda  rasmiy  xujjatlar,  tarixiy  manbalar  yaratildi. 
O`sha  davolarda  xam  Maxmud  Koshgariyning  “Devoni  lugotit  turk”,  Yusuf  Xos 
Xojibning  “Kutadgu  bilik”  kabi  yirik  yozma  manbalarning  yaratilishi  turkiy  tilning 
kudrati, saloxiyati va kuchi etarli ekanini namoyish etdi. 
Bundan  tashkari,  uzok  muddat  davomida  xalkimiz  etakchi  ziyolilari  va 
jonkuyarlari “Kur`oni karim” tafsirlari, “Xadisi sharif” va “Kisas ul-anbiyo”larni o`z 
turkiy  tilimizga  o`girishga  va  moslashtirishga  xarakat  kilganlar.  Bizning  boy  diniy 
merosimiz bilan boglik kitoblar o`z tadkikotchilarini kutmokda. Keyingi mustamlaka 
davri  siyosatida  xalkimizga  arab  va  fors  tili,  go`yoki  chet  tili,  yot  til  sifatida 
ko`rsatilib, bu tillardagi boy merosimiz bizga begona, eskirgan, kolok o`tmish merosi 
sifatida tushuntirilib kelindiki, natijada bizning ma`naviy dunyomiz ma`lum darajada 
kambagallashdi, xalos. 
Afsuski,  arab  yozuvidagi  boy  merosimizni  tushunmaydigan,  undan 
yotsiraydigan, eng fojialisi, tushunishni xam xoxlamaydigan ziyolilar guruxi vujudga 
keldi. Ular tomonidan arab alifbosi asosidagi yozuvimiz eski o`zbek yozuvi deb atala 
boshlandi. 
Vaxolanki, biz Alisher Navoiyni o`zbek adabiy tili asoschisi deb tan olganmiz. 
Uning “Muxokamut ul-lugatayn”  
nomli  asarida  kayd  kilinishicha,  xokimiyat  arablarda  bo`lganida  ular  o`z  tilidagi 
madaniyatni  ravnak  toptirishga  xomiylik  kildilar  va  ragbatlantirdilar.  Undan  so`ng 
fors tilidagi madaniyatga e`tibor berildi. Va nixoyat Temuriylar saltanati o`rnatilgach, 
turkiy-o`zbek  tilining    va  turkiy  madaniyatning  tarakkiy  etishi  uchun  katta 
imkoniyatlar yaratildi. 
 
Bizning tilimizdagi yozma manbalar fakat xozirgi Respublikamiz xududi bilan 
chegaralanib  kolmay,  balki  Alisher  Navoiy  iborasi  bilan  aytilsa,  Xitodin  to 
Xurosngacha,  xatto  Idil  (Volga)  daryosi  bo`ylarigacha  bo`lgan  joylarda  turkiy  til 
tushunilgan, yozma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan. 
 
Birgina  xarakterli  misol.  Buyuk  boburiylar  oltinchisi  Avrangzeb  Olamgir 
(1657-1706  yy.)  o`zining  Rks  podshoxiga  jo`natgan  rasmiy  maktubini  turkiy  tilda 
bitgan va bu muxim xujjat rus solnomalarida saklanib kolgan. 
 
XIII  asrda  Kul  Ali  tomonidan  turkiy  tilda  “Yusuf  va  Zulayxo”  dostoni  Oltin 
O`rdada  bitilgan.  Birinchi  turkiy  tildagi  aruz  risolasi  XV  asr  o`rtalarida  Misrda 
yaratilgan. 
 
Mo`gul  xokimlar  xuzurida  baxshi  –  kotiblarning  bo`lganligi  va  nixoyati  XIV 
asr  oxiriga  borib  “Temur  tuzuklari”ning  yuzaga  kelishi  turkiy-o`zbek  tilining 
tarakkiyoti  uchun  katta  xizmat  kildi.  Nosiriddin  Rabguziyning  “Kisas  ul-anbiyo” 
asarining  yaratilishi,  “Tarixi  Tabariy”,  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”, 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə