Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81

soliklardan  ozod  kilinganiga  karamay,  ayrim  yillari  xamma  katori  xiroj,  ushr  va 
boshka soliklar ma`unoti devoniya va navoibi sultoniya to`lab turgan. 
Xoja  Ubaydulla  Axror  xar  yili  Sulton  Axmad  Mirzo  (1458-1494  yy. 
Movarounnaxr xukmdori)ning devoniga 80 ming man (4,32 kg.ga teng) gallani xiroj 
o`rnida  yuborib  turgan;  yiliga  unga  xirojning  bir  kismini  –  10  ming  kumush  tanga 
berib turgan. 
Xoja  Ubaydulla  Axrorga  tegishli  vasika,  vakfnoma  va  boshka    xukukiy 
xujjatlar xali boshka erlardan xam topiladi. Lekin O.D.Chexovich nashr kilganlarning 
o`zi  xam  O`zbekistonning  XU-XU1  asr  boshidagi  ijtimoiy-iktisodiy  axvolini 
o`rganishda  birinchi  darajali  manba  bo`lib  xizmat  kiladi.  Kuyida  ikkita  xujjat 
mazmunini keltiramiz: 
VASIKA.  Allox  jumlai  jaxon  egasidir,  uning  shon  shavkati  yukori  bo`lsin! 
(Xijriy) 859 yil jumodi ul-oxir oyining 12- kuni. 
Bayramxo`ja  o`gli  Xasan,  mulkiga  mutasaddiy  bo`lishga  xak-xukuki  bo`lgan 
xolda,  dedi:  “Samarkandning  So`zangaron  ko`chasida  joylashgan  ikki  xonalik 
uyimni, taxoratxona va ayvoni bilan, Ubaydullaxoja Jaloliddin Maxmudga sotdim. 
Mazkur  xovli-joyning  garb  tarafi  oliyjanob,  xurmat-extiromga  loyik  bo`lgan 
olguvchining do`koni bilan tutash, shimoliy tarafi podshoxlik erlari va kisman Amir 
Shermuxammad  xojaning  uyi  bilan,  sharki-janub  tarafdan  esa  xalka  ko`chalar  bilan 
tutashdir. 
Ushbu  mulkni,  barcha  xak-xukuklari  bilan,  xozirda  muomalada  bo`lgan  1500 
dinori adliyaga sotdim.  
Mazkur sado-sotikning kafilligi o`zimning zimmamda. 
Savdo kuyidagi shaxslarning guvoxligida bo`ldi: 
Abu Mansur Muxammad; 
Sa`dulla Muxammad al-Ispijobiy; 
Axmad Ali al-Xorazmiy; 
Xoja Sulton Jaxongir o`gli; 
Bayramshox Junayd Ramazon o`gli. 
Xammasi bo`lib 26 guvox.” 
 
Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan o`rni 
 
Arab  xalifaligining  siyosiy,  iktisodiy  va  xarbiy  kudratining    zaiflashuvi  va 
maxalliy  xokimlarning  kuchayishi  asta-sekin  markaziy  xukumat  nomigagina 
Bagdodda  bo`lib,  uning  o`lkalardagi  noiblari  deyarli  mustakil  davlatlar  sifatida 
faoliyat ko`rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan soxasiga katta ta`sir o`tkazdi. 
 
Nomigagina xalifalikka  karam  mamlakatlarida  avval  oddiy  xalk  orasida,  asta-
sekin  ldimdar  va  davlat  ayonlari  va  raxbarlari  orasida  arab  tili  bilan  fors  va  turkiy 
tillarining  iste`mol  etilishi,  keyincha  arab  tili  din  va  diniy  bilimlar  tiliga  aylanib, 
ayniksa she`riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar ma`lum mavkega ega bo`lib, ularda 
ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat xujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora 
forsiy til davlat tili darajasiga ko`tarilib, bu tilda juda katta xududda badiiy va tarixiy 
asarlar yaratildi. 
 
Masalan,  Nizomiddin  Shomiy  va  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma” 
asarlari,  Mirzo  Ulugbek  raxnamoligi  va  ishtirokida  bitilgan  “Tarixi  ulusi  arba`” 
(“To`rt  ulus  tarixi”),  Muxammad  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”  (“Jannat  bogi”), 


Mirzo  Xaydarning  “Tarixi  Rashidiy”  va  boshkalar  forsiy  tilda  bitildi. 
Movarounnaxrda forsiy va turkiy til doimo yonma-yon iste`mol etilar edi. 
 
Bizning  tariximizga  oid  salmokli  tarixiy  manbalar  avval  arab  tilida  yaratilgan 
bo`lsa,  ayniksa  davlat  raxbarlari  yoki  xokimlar  arab  bo`lganlarida,  keyincha  forsiy 
tilda  bitildikim,  bu  til  ilmiy  doiralar,  madrasa  va  maktablarda  umumiy  tarakkiyot 
darajasini  belgilovchi  zarurat  sifatida  o`rgatilar  va  XIX  oxirigacha,  ziyoli  oilalarda 
vrvb tili din va “Kuro`ni karim” tili sifatida, she`riyat va boshka soxalar uchun forsiy 
va lna turkiy tillari iste`foda etilar edi. 
 
Fors tilidagi tarixiy manbalar 
  “Buxoro tarixi” “Tarixi Narshaxiy” va “Taxkik ul-viloyat” (“Buxoro viloyati 
taxkiki”)  nomlari  bilan  mashxur  bo`lgan  bu  asarda  Buxoro  va  kuyi  Zarafshon 
voxasida  joylashgan  shaxar  va  kishloklarning  jo`grofiy  xolati,  axolisining  VII-X 
asrlardagi ijtimoiy-siyosiy xayotini aks ettirgan kimmatli tarixiy manbadir. 
Kitob  muallifining  nomi  kiskacha  Narshaxiy  (899-959  yy.)  deb  ataladi.  Uning 
to`lik  ismi  Abu  Bakr  Muxammad  ibn  Jaxfar  ibn  Zakariyo  ibn  Xattob  ibn  Sharik 
bo`lib,  X  asrda  ijod  kilgan  buxorolik  ymrmk  tarixchi  sifatida  mashxurdir.  Tarixchi 
Sam`oniyning  ma`lumotiga  karaganda,  Narshaxiy  asli  Buxoroning  Narshax  (xozirgi 
Vobkent yonida) kishlogidan. Narshaxiy o`z asarini 944 yili yozib tugallagan. 
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saklanib kolmagan. 
Asar 1128 yili fargonalik (Kuva shaxridan) Abunasr Axmad ibn Muxammad ibn Nasr 
al-Kubaviy  tarafidan  ilk  bor  kiskartirilib  forsiy  tilga  tarjima  kilingan.  Oradan 
taxminan  50  yil  o`tgach,  1178  yili  kotib  Muxammad  ibn  Zufar  ibn  Umar“Buxoro 
tarixi” tomonidan ikkinchi marta taxrir etildi. 
Shuni  xam  ko`rsatish  lozimki,  “Buxoro  tarixi”  asarining  bizgacha  etib  kelgan 
nusxalarida  1178-1220  yilgi  vokealar  bayoni  uning  tarkibiga  kiritib  yuborilgan. 
Shunga  karaganda,  Narshaxiyning  asari  uchinchi  marta  noma`lum  muxarrir 
tomonidan to`ldirilgan ko`rinadi. 
“Buxoro tarixi” O`zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda islom 
dinining tarkatilishi xamda mamlakatning Somoniylar xukmronligi yillaridagi tarixini 
bayon etadigan noyob manbadir.  
Bu  asarning  forsiy  matni  1892,  1894,  1904  va  1939  yillarda  Parij,  Buxoro  va 
Texronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o`zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) 
tarjima kilingan. 
“Xudud  ul-olam”  fors  tilida  yozilgan  (982  y.)  birinchi  jugrofiy  xarakterdagi 
asardir.  Kitobning  to`la  nomi  “Xudud  al-olam  min  Mashrik  ila-l  Magrib”dir( 
“Sharkdan  Garbga  karab  joylashgan  mamlakatlarning  chegaralari”).  Asar  muallifi 
noma`lum. U Guznono (Afgonistonning sharki-shimoliy kismida joylashgan kadimiy 
viloyat)  xokimlaridan  (Faruginiylar)  biriga  atab  yozilgan.  Kitobning  yagona 
ko`lyozma  nusxasi  sharkshunos  A.G.Tumanskiy  (1861-1920  yy.)  tomonidan  1892 
yili Buxoroda topilgan. 
“Xudud  ul-olam”  asari  mukaddima  va  59  bobdan  iborat.  Uning  1-7  boblarida 
erning  tuzilishi,  dengizlar,  orollar,  toglar,  daryolar,  cho`lu  biyobonlar  xamda 
dunyoning  inson  yashaydigan  to`rtdan  bir  kismi  –  rub`i  maskun  va  unda  istiklmat 
kiluvchi  xalklar,  rub`i  maskunning  mamlakat  xamda  viloyatlariga  taksimlanishi 
xakida umumiy muloxaza yuritiladi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə