Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81

va  fondlar  ichidan,  ko`lyozma  kitob  va  chop  etilgan  asarlardan  kidirib  topish 
mumkin.  
Xukukiy  xujjatlar  –  podshox  va  xonlarning  farmonlari,  yorliklari, 
inoyatnomalar,  raxnomalar,  vasikalar,  vakfnomalar  va  boshkalar  O`zbekistondagi 
tarix  va  o`lkashunoslik  muzeylarida,  maxsus  ilmiy-tekshirish  institutlari  va 
universitetlarning  kutubxonalarida,  shuningdek  Davlat  tarix  arxivdarida  xamda 
shaxsiy  majmuadarda  sakdanadi.  Ammo  IX-XII  asrga  oid  xujjatlar  xali  aloxida 
to`planib o`rganilganicha yo`k. 
Bu davrda maxsus kotib yoki dabirlikka kancha katta e`tibor berilgani Nizimiy 
Aruziy  Samarkandiyning  “To`rt  makola”  asarida  bayon  etilib,  ayrim  maktublar 
namunalari  keltirilgan.  Musulmonchilik  xujjatlari  Burxoniddin  Marginoniyning 
“Xidoya” asarida keyincha o`zining rasmiy tavsifini topdi. 
 
Arab tilida yozilgan manbalar. 
O`zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo`lgan tarixi ko`prok 
va  deyarli  arab  tilidagi  yozma  manbalarda  yoritilgan  va  bu  an`ana  keyincha  xam 
Temuriylar  davrigacha  davom  etgan.  Bu  davrda  yurtimiz  avval  arab  xadifaligi 
tarkibida, 
so`ngra 
Somoniylar, 
Koraxoniylar, 
Gaznaviylar, 
Xorazmshoxlar 
davlatlarini  boshdan  kechirdi.  Arab  tilida  vatanimiz  tarixiga  oid  yozma  manbalarni 
mualliflarning kelib chikishiga karab, ikki guruxga ajratish mumkin. 
Birinchi gurux - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chikkan tarixchi va olimlar. 
Bular  Muxammad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Maxmud  Koshgariy, 
Maxmud  Zamaxshariy,  Abu  Said  Sam`oniy,  Shaxobuddin  Muxammad  Nisoviy  va 
boshkalardir.  Ushbu  muarrixlar  asarlarida  ona  vatanga  muxabbat  aloxida  namoyon 
bo`ladi,  bu  ayniksa  Abu  Rayxon  Beruniyning  “Osor  ul-bokiya”  asarida  xalkimiz 
kadimgi madaniyati to`grisidagi ma`lumotlarida aloxida ko`zga tashlanadi. 
Ikkinchi  gurux  -  xorijlik    olimlardan  iborat  bo`lib,  ular  yaratgan  arab  tilidagi 
asarlarida  yurtimiz  tarixi  madaniyati,  siyosiy-ijtimoiy  xayoti  yoritilgan.  Ushbu 
mualliflarning  eng  yiriklari  Abulxasan  Madoiniy  (vaf.  840  y.),  Abulabbos  al-
Ya`kubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, Ibn Xurdodbex (820-taxm.913), Abu Ja`far 
Tabariy (839-923 y.), Isxok al-Istaxriy (850-934 y.) va boshkalardir. 
Mazkur  muarrixlar  yurtimiz  xududini  umummusulmon    olami,  arab  xalifaligi 
bir kismi sifatida yoritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki kismga, ya`ni arab va 
a`jam  -  gayri  arabga  ajratib  o`rganar  edilar.  Arablar  tomonidan  yurtimizga  berilgan 
nom  Movarounnaxr  –  daryoning  u  yogidagi  mamlakat  mazmunini  bildiruvchi 
jugrofiy nom bizgacha etib kelgan bo`lib, asosan arab mualliflari asarlarida iste`foda 
etiladi. 
Kuyida arab tilida bitilgan eng muxim manbalar va ularning mualliflari xakida 
ixcham  ma`lumot  keltiriladi.  (Ushbu  ma`lumotlardan  ma`ruzachi  o`z  xoxishiga 
binoan tanlab ana o`shalardan foydalanishi mumkin.) 
“Kitob  at-tarix”.  Ushbu  arab  tilida  bitilgan  kimmatli  asar  muallifi  buyuk 
matematik Muxammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. 
Biz  uni  birinchi  O`rta  Osiyolik  tarixchi  olim  deb  atashimiz  mumkin.  Chunki  al-
Xorazmiy  birinchilardan  bo`lib  o`zining  “Kitob  at-tarix”  (“Tarix  kitobi”)  asarini 
yozgan.  Ammo  ushbu  asar  bizgacha  mukammal  xolida  etib  kelgan  bo`lmasada, 
undan  olingan  parchalarni  so`nggi  davr  tarixchilari  Ibn  an-Nadim,  al-Mas`udiy,  at-
Tabariy,  Xamza  al-Isfaxoniylar  o`z  asarlarida  keltiradilar.  Bu  kitobni  Abu  Rayxon 


Beruniy  o`zining  “Osor  ul-bokiya”  asarida  xam  eslatadi.  Mazkur  asar  xalifalik 
tarixiga oid ma`lumotlardan iborat bo`lgan. 
“Kitob al-surat al-arz”. Mazkur asar xam al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan 
bo`lib,  yunon  olimi  Ptolomiyning  jugrofiyaga  oid  kitobini  arab  tiliga  tarjima  kilgan 
va  uni  o`zining  yangi  ma`lumotlari  bilan  boyitgan.  “Kitobi  surat  al-arz”  (“er  tasviri 
kitobi”)  asarida  Kaspiy  dengizi  yoki  Xorazm  dengizi  xakida  kimmatli  ma`lumotlar 
bor.  Ushbu  tarixiy  jugrofiyaga  oid  asardagi  O`rta  Osiyoga  oid  ma`lumotlar  katta 
ilmiy axamiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, xijriy 428 yili ko`chirilgan mo``tabar 
ko`lyozmasi  yuizgacha  etib  kelgan  bo`lib,  unga  turli  xaritalar  chizib  ilova  kilingan. 
Ushbu  mo``tabar  ko`lyozma  matni  1926  yili  sharkshunos  X.M.Mjik  tomonidan 
Leyptsigda  nashr  kilingan.  Kitobni  o`zbek  tiliga  A.Axmedov  tarjima  kilib,  ilmiy 
sharxlar bilan 1983 yili chop etgan. 
“Kitob al-magoziy”. Kitob muallifi Madoiniy Abulxasan Ali ibn Muxammad 
(vaf.  840  y.)  Arabiston,  Xuroson  va  Movarounnaxrning  VII-VIII  asr  boshlaridagi 
ijtimoiy-siyosiy  tarixiga  oid  ikki  yuzdan  ziyod  asar  yozgan  yirik  arab  tarixchi 
olimidir.  “Axbor  al-xulafo”(“Xalifalar  xakida  xabarlar”),  “Kitob  al-magoziy” 
(“Urushlar xakida kitob”), “Kitob futux ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi xakida 
kitob”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir. 
“Kitob  al-magoziy”  Eron,  Afgoniston  va  O`zbekistonning  arablar  istilosi  va 
VIII  asrning  birinchi  yarmidagi  siyosiy  tarixi  bo`yicha  muxim  manbalardan 
xisoblanadi.  Muarrifning  tarixiy  asarlari  bizgacha  etib  kelmagan,  lekin  ayrim 
parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida sakdanib kolgan. 
”Kitob  al-buldon”.  Asar  ijodkori  al-Ya`kubiy  IX  asrda  o`tgan  yirik  geograf 
tarixchi  olimdir.  Ismi  Abulabbos  Axmad  ibn  Abu  Ya`kub  ibn  Ja`far  ibn  Vaxb  ibn 
Vadix  al-Kotib  al-Abbosiy  bo`lib,  u  yirik  mansabdor  xonadoniga  mansubdur.  Al-
Ya`kubiy  Bagdodda  tugildi,  lekin  umrining  ko`p  kismini  Armaniston,  Xuroson, 
Falastin, Misr va Magribda o`tkazdi. 
Al-Ya`kubiyning  ikki  yirik  va  muxim  asari  bizning  zamonamizgacha  etib 
kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar xakida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” 
nomi bilan mashxurdir. 
”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda yozilgan) to`rt kismdan iborat. Asarda 
arablar  ko`l  ostidagi  mamlakatlarning  geografik  xolati,  yirik  shaxarlar  va  kal`alari, 
axolisi  va  uning  asosiy  mashguloti,  urf-odatlari,  o`sha  mamlakatdan  olinadigan 
xirojning umumiy mikdori xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi. 
Ushbu 
asarning 
ikki 
mo``tabar 
ko`lyozmasi 
Garbiy 
Germaniya 
kutubxonalarida  saklanmokda.  Kitobning  arabcha  matni  gollandiyalik  mashxur 
sharkshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. 
 Al-Ya`kubiyning  ikkinchi  asari  “Tarix”  umumiy  tarix  tipida  yozilgan  bo`lib, 
Shark  mamlakatlari,  shuningdek  O`rta  Osiyoning  VII-IX  asrlardagi  tarixi  bo`yiyaa 
muxim manbalardan biri xisoblanadi. Asar ikki kismdan iborat bo`lib, Odam Atodan  
islomgacha  bo`lgan  va  musulmon  mamlakatlari  tarixlari,  ya`ni  o`sha  mamlakatlarda 
873 yilgacha sodir bo`lgan vokealar bayon etilgan.     
“Tarix”ning  arabcha  matni  1883  yili  gollandiyalik  olim  M.T.Xautsma  (1851-
1943 y.) tomonidan chop etilgan. 
 
 
Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə