Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81

tarkoklik  va  parokandalikka  olib  keldi.  X1U  asrning  50-yillariga  kelib,  Chigatoy 
ulusi ikkiga  ajralib  ketdi –  ettisuv va  Koshgarda  kolgan  mo`gullar  mustakillik  e`lon 
kilib,  o`z  davlatlarini  tuzib  oldilar.  Bu  davlat  tarixda  Mo`guliston  yoki  Jete  nomi 
bilan mashxurdir. 
Mo`gullar xukmronligi yillarida Movarounnaxr xalki ikki tomonlama – mo`gul 
xukmdorlari dorugalar, boskoklar xamda maxalliy er egalari zulmi ostida koldi. Ular 
asosiy  daromad  soligi  xirojdan  tashkari  talaygina  boshka  solik  va  jarimalar  –
dorugagi,  sar  shumor,  ulufa,  tamga,  kupchur  yasogi,  tagor,  bigor  va  boshkalarni 
to`lashga majbur etilgan edilar. 
Ogir  chorakorlik  mexnati,  mo`gul  xukmdorlarining  beboshligi  mexnatkash 
xalkning sabr kosasini to`ldirdi. Buxoro viloyatining xalki kosib Maxmud Tarobiy va 
iloxiyot  olimi  Shamsuddin  Maxbubiylarning  atrofiga  uyushib,  1238  yili  ko`zgolon 
ko`tardi,  lekin  ko`zgolon  boshka  shaxar  va  viloyatlarga  yoyilmadi.  Natijada 
Buxorodagi  ko`zgolon  ettisuv  va  Xo`janddan  Ildiz  no`yon  xamda  Chukan  kurchi 
boshchiligida yuborilgan mo`gul ko`shini tomonidan bostirildi. 
XIV  asr  ikkinchi  yarmiga  kelib  Chigatoy  ulusining  janubiy-garbiy  kismini 
tashkil  etgan  Movarounnaxrda  siyosiy  tarkoklik    yanada  kuchaydi.  Bu  ayniksa  amir 
ul-umaro Kazagon vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda kismlarga 
bo`linib  ketdi.  Masalan,  Shaxrisabzda  Xoji  barlos  mustakillik  bayrogini  ko`tardi. 
Xo`jandda Boyazid jaloir mustakillik e`lon kildi. Balxda Amir Xusayn xon ko`tarildi, 
Shibirgonni  Muxammad  Apardi egalladi.  Xuttalonda  Kayxusrav o`zini podshox  deb 
e`lon kildi. Badaxshon maxalliy xukmdorlar – Badaxshon shoxlari ko`liga o`tdi.  
Feodal  tarkoklikdan  barlos  amirzodalaridan  Amir  Temur  ustalik  bilan 
foydalandi  va  1370  yili  oliy  xokimiyatni  ko`lga  oddi.  1370-1378  yillari  u 
mamlakatdagi  tarkoklikni  tugatib,  Movarounnaxr  va  Xorazmni  o`ziga  bo`ysundirdi. 
1381-1402 yillari Amir Temur ko`shni mamlakatlar ustiga xarbiy yurish kilib, Eron, 
Kavkaz orti, Irok, Kichik Osiyo va Shimoliy Xindistonni istilo kildi, Oltin O`rda xoni 
To`xtamishga  (1376-1395-  yy.)  kakshatich  zarba  berib,  uni  poytaxti  Saroy  Berkani 
egalladi. 
Amir  Temur  va  Temuriylar  davlati  mayda  uluslarga  bo`lingan  xolda  idora 
kilindi.  Masalan,  Amir  Temur  saltanati to`rt  kismga  bo`lingan edi:  Xuroson, Jurjon, 
Mozandaron va Seiston (markazi Xirot shaxri) Shoxruxga; Garbiy Eron, Ozarbayjon, 
Irok  va  Armaniston  (markazi  Tabriz),  Mironshoxga;  Fors,  ya`ni  Eronning  janubiy 
kismi  (markazi  Sheroz),  Mironshoxga;  Fors,  ya`ni  Eronning  janubiy  kismi  (markazi 
Sheroz),  Umarshayxga;  Afgoniston  va  Shimoliy  Xindiston  (markazi  Gazni, 
keyinchalik  Balx),  Pirmuxammadga  suyurgol  (shaxzoda  amirlarga toju  taxt oldidagi 
katta xizmatlari uchun shartli tarzda in`om kilingan er-suv va uni idora kilish xukuki 
berilgan edi. 
Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha o`zaro kurash 
davom  etdi.  Shoxrux  Mirzo  (1409-1447-  yy.),  Mirzo  Ulugbek  (1409-1449-  yy.), 
Sulton  Abu  Said  Mirzo  (1451-1469  yy.),  Sulton  Xusayn  Mirzo  (1459-1506-  yy.) 
davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalkaro obro`ga xam ega edi.  
XV  asrning  80-  yillaridan  boshlab,  o`zaro  xamjixatlik  juda  susaydi. 
Movaronnaxrning bir o`zida deyarli uchta mustakil davlat bo`lib, ularda Sulton Abu 
Said  Mirzoning  o`gillari  Sulton  Axmad  Mirzo  Samarkandda,  Umarshayx  Mirzo 
Fargonada  va  Sulton  Maxmud  Mirzo  Xisor,  Xuttalon  xamda  Badaxshonda  xokimi 
mutlak xisoblanar edilar.   


Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  xam  er-suv  xamda  xuearmandchilik 
korxonalarining  katta  kismi  podshox  xonadoni  va  badavlat  kishilar  ko`lida  bo`lib, 
mexnatkash  xalk  ularning  erini  ijaraga  olib  kun  kechirar  edi.  Ular  xiroj,  dorugagi, 
mirobona,  jon  soligi,  avorizot,  boj,  tamga,  zakot,  peshkash,  sovari  kabi  solik  va 
jarima to`lashga, xukumat va katta er egalarining turli-tuman yumushlarini bajarishar 
edilar. 
Amir  Temur  davrida  davlat  tepasida  rasman  Chingiz  avlodidan  bo`lgan 
Suyurgatmish (1370-1380- yy.) va Sulton Maxmudxon (1380-1402- yy.) turdi, lekin 
amalda  butun  xokimiyat  Amir  Temur  ko`lida  edi.  Keyincha  xon  ko`tarish  tartibi 
bekor  kilindi  va  oliy  xukmdor  o`zini  podshox  deb  e`lon  kildilar.  Viloyat  va 
tumanlarda  xokimiyat  markaziy    xukumat  tarafidan  tayinlangan  dorugalar  ko`lida 
bo`ldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – markaziy ijroiya 
organi,  devoni  mol  –  moliya  ishlari  maxkamasi  va  devoni  tavochi  -  xarbiy  ishlar 
maxkamasi  va  boshkalar  ko`lida  bo`lgan.  Din,  shariat  bilan  boglik  ishlar  kozi  va 
shayxulislom ko`lida edi. 
Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  Movarounnaxrdagi  Samarkand, 
Shaxrisabz,  Buxoro  kabi  shaxarlar  iktisodiy  va  madaniy  jixatdan  o`sdi, 
xunarmandchilik  va  savdo  sotik  rivoj  topti.  Movarounnaxrining  Xitoy,  Xindiston, 
Arabiston  mamlakatlari,  Mo`guliston,  Oltin  O`rda  va  evropa  mamlakatlari  bilan 
iktisodiy va madaniy alokalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. 
Bu  davrda  Nizomiddin  Shomiy  va  Xofizi  Abru,  Sharafuddin    Ali  Yazdiy  va 
Abdurazzok  Samarkandiy,  Muxammad  Mirxond  va  Giyosiddin  Xondamir  kabi 
muarrix  olimlarni,  Alisher  Navoiy  va  Abduraxmon  Jomiy,  Bisotiy  Samarkandiy  va 
Xoja  Ismatulla  Buxoriy,  Shayx  Axmad  Suxayliy  va  Kamoluddin  Binoiy  kabi  juda 
ko`p iste`dodli shoir va olimlarni etishtirdi.  
 
Xukukiy xujjatlar va yozishmalar 
 
Xoja Axrorga tegishli vasika va vakfnomalar. Bu turdagi xujjatlar ko`p va ular 
arxiv  va  muzeylarning  fondlaridan,  shuningdek  ko`lyozma  kitoblar  saklanayotgan 
kutubxonalardan  topish  mumkin.  Yirik  sharkshunos  olima  O.D.Chexovich  (1912-
1982-  yy.)  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  Sharkshunoslik 
instituti  va  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxivi  fondlarida  saklanayotgan  vasika 
va vakfnomalar fondini ko`p yillar davomida kunt bilan o`rgandi va ular ichida Xoja 
Ubaydulla  Axrorga  tegishlilarini  ajratib  olib,  matni  va  ruscha  tarjimasi,  va  maxsus 
tadkikot  bilan  birga  ko`shib  1974  yili  “Samarkandskie  dokumenti  XV-XVI  vekov” 
nomi bilan nashr etdi. 
Xoja  Ubaydulla  Axror  o`z  davrining  badavlat,  boobro`  kishisi  bo`lib, 
mamlakatning iztimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega bo`lgan. Uni shu darajaga 
etkazgan  omillardan  biri  uning  ko`lida  to`plangan  katta  er-suv  va  mol-mulk  bo`ldi. 
Tarixiy  manbalarning  guvoxlik  berishicha,  uning  300  jufti  nov  (bir  juft  xo`kiz 
yordamida  xaydab  ekiladigan  er)  eri,  shaxarlarda      timlari  (usti  yopik  bozor), 
do`konlari, xammomlari, karvonsaroylari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo`lgan.   
Xoja  Ubaydulla  Axror  ma`rifatli  va  raiyatparvar  kishi  edi.  Daromadning  bir 
kismini xayrli ishlarga sarflagan, xalk manfaatini ximoya kilgan. Masalan, 1463 yili 
Temuriyzoda  Umarshayx  Mirzo  Toshkent  xalkidan  katta  mikdorda  xiroj  talab 
kilganda, Xoja Ubaydulla Axror uni o`z xisobidan to`lab yuborgan; xunarmandlar va 
bozor  axlidan  olinadigan  tamga  soligiga karshi  chikkan, uning o`zi va  mulki barcha 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə