Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81

8-59-boblarida  sharkdan    garbga  karab  joylashgan  mamlakatlar,  ularni  xalki, 
o`sha  mamlakatlarda  ishlab  chikariladigan  asosiy  matolar,  ayrim  o`rinlarda  esa 
savdo-sotikning umumiy axvoli xususida so`z boradi. 
“Xudud  ul-olam”  asarida  O`zbekistonning  shaxarlari,  axolisi  va  ularning 
mashguloti xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. 
Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoxlar bilan birga, 
1930  yili  V.V.Bartold  tarafidan,  inglizcha  tarjimasi  esa  (tadkikot  va  izoxlar  bilan 
birga)  1937  yili  V.F.Minorskiy  tarafidan  nashr  etilgan.  Uning  forscha  matni  ikki 
marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Texroniy tarafidan) Eronda chop etilgan. 1983 
yili  asarning  tojikcha  nashri  amalga  oshirilgan.  Ushbu  kitob  fors  tilidagi  ilk  tarixiy-
jugrofiy manba sifatida juda kimmatli asar xisoblanadi. 
  “Siyosatnoma”  Bu  mashxur  asar  muallifi  Nizomulmulk  lakabini  olgan 
Saljukiylar  davlatida  vazir  sifatida  xizmat  kilgan  yirik  davlat  arbobi  va  tarixchi 
olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Xasan ibn Ali ibn Isxok at-Tusiy (1018-1092 yy.) 
bo`lib, Saljukiy xukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) xamda Sulton Malikshox 
I  larning  bosh  vaziri  bo`lgan  va  bu  davlatning  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  katta  rol 
o`ynagan.  U  saltanatdagi  tarkoklikka  barxam  berish,  markaziy  davlat  tuzumini 
mustaxkamlash,  davlatning  moliyaviy  ishlarini  tartibga  solish  uchun  xarakat  kilgan. 
Shuning  uchun  unga  mamlakatni  tartibga  soluvchi,  ya`ni  Nizomulmulk  nomi 
berilgan.  Nizomulmulk  Bagdodda  “Nizomiya”  atalmish  musulmon  xukuk-akoid 
maktabiga asos solgan. 
  “Siyosatnoma”  asarining  boshka  nomi  ”Ciyar  al-muluk”  (“Podshoxlarning 
turmushi”)dir.  Kitob  1092  yili  yozib  tugallangan.  U  51  bobdan  iborat  bo`lib,  unda 
davlat  tizimi,  moliyaviy  xisob-kitob  ishlari,  ko`shin  tuzulishi,  mansablar  va  ularga 
amaldorlarni  tayinlash  tartibi,  amaldorlar  faoliyati  muammolari  xususida  fikr 
yuritiladi. 
  Asarda  O`zbekiston  tarixiga  oid  muxim  va  kimmatli  ma`lumotlar  bor. 
Somoniylar zamonida turk gulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan 
o`rni, Turkiston xonlari Koraxoniylar saroyida xizmat kiluvchi xodimlarning maishiy 
axvoli,  Somoniylar  xizmatida  bo`lgan  amirlar  unvonlari,  Xorazmshox  Oltintosh 
(1017-1032)  bilan  Sulton  Maxmud  Gaznaviyning    vaziri  Axmad  ibn  Xasan 
o`rtasidagi yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashkari, karmatlar, 
botiniylar  xarakati,  Mukanna  ko`zgoloni  xakida  xam  ayrim  dikkatga  sazovor 
ma`lumotlar mavjud.  
  “Siyosatnoma”ning  forschasi  1931,  1956  yillari,  frantsuzchasi  1893  yili, 
inglizchasi  1960  yili  xamda  ruschasi  1949  yili  B.  D.  Zaxoder  tomonidan  chop 
kilingan. Kitob o`zbek tiliga xam tarjima kilingan. 
Shomiyning  “Zafarnoma”  asari.  Mavlono  Nizomuddin  Shomiy  yoki 
mavlono  Nizomuddin  Shanbiy,  Shanbi  Gozoniy  asli  Tabrizning  shimoli-garbiy 
tarafida,  undan  ikki  mil  masofada  joylashgan  joyda  tugilgan  tarixchi  “Zafarnoma” 
asari bilan mashxur bo`lgan. U 1393 yili Amir Temur xizmatiga kabul kilingan, 1404 
yilgacha  u  bilan  bo`lib,  soxibkironning  xarbiy  yurishlarida  vokeanavis  va  voiz 
mansabida ishtirok kilgan. 
1402 yili Amir Temur unga o`zining tarixini anik va sodda tilda yozib berishni 
buyurgan.  Nizomuddin  Shomiy  bu  asarni  1402-1404  yillar  orasida  yozib 
tamomlagan.  Asar  jaxongirning  xokimiyat  tepasiga  kelishi  (1370  yil.)dan  to  1404 
yilgacha bo`lgan vokealarni o`z ichiga oladi. “Zafarnoma” asari xakikatan xam sodda 


tilda,  ravon  uslubda  yozilgan,  daliliy  ma`lumotlarga  boy.  Lekin  Amir  Temur  xayoti 
mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. 
Asar  O`zbekiston,  Kozogiston,  Yakin  va  O`rta  Shark  mamlakatlarining  XIV 
asr II- yarmi va XV  asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda  muxim va 
ishonchli manbalardan biri xisoblanadi. 
Nizomuddin  Shomiy  o`z  asarini  yozishda  Giyosidin  Ali  Yazdiyning 
“Ro`znomayi  gazavoti  Xinduston”,  Amir  Temurning  uygur  kotiblari  tomonidan 
yaratilgan “Tarixi xoniy” va boshka saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan. 
“Zafarnoma”yi  Nizomuddin  Shomiyning  ikkita  tarxriri  mavjud:  1)  1404  yili 
Amir  Temur  Ozarbayjon  yurishidan  kaytganda  unga  takdim  etilgan  nusxa.  2) 
Mironshoxning  o`gli  Mirzo  Umarga  (1404  yid  26  martda  Amir  Temur  “Xalokuxon 
taxti”ni  ,  ya`ni  Garbiy  Eron  xamda  Ozarbayjonni  in`om  kilgan)  paytida  takdim 
kilingan. U yukorida kayd etib o`tilgan birinchi nusxadan deyarli fark kilmaydi. Asar 
“Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha xamda 
Mirzo  Umarga  bagishlangan  kichik  bir  ilova  (zayl)  ko`shilgan.  Shunga  karaganda, 
Nizomuddin  Shomiy  umrining  so`nggi  yillarini  Mirzo  Umar  xizmatida  bo`lgan  va 
ona yurti Tabrizda istikomat kilgan.  
“Zafarnoma”ning ko`lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Frantsiya, Irok va 
Turkiya  kutubxlnalarida  saklanmokda.  Asarning  tankidiy  matni  F.Tauer  tomonidan 
1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi. 
1996  yili  Nizomuddin  Shomiy  “Zafarnoma”  asarini  Yu.  Xakimjonov 
tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.O`rinboev tomonidan taxrir kilinib 
nashr etildi.  
“Muntaxab  ut-tavorixi  Muiniy”  nomli  Temuriylar  davriga  oid  asar  muallifi 
Mu`niddin  Natanziydir.  U  Isfaxon  shaxriga  karashli,  undan  kariyb  yigirma  farsax 
masofada  joylashgan  Natanz  shaxrida  tugilgan.  Ch.A.Storining  ma`lumotiga 
karaganda asli seistonlik bo`lgan. Fors viloyatining xokimi Temuriy Iskandar Mirzo 
(Amir  Temurning  nabirasi,  Umarshayxning  o`gli,  1415  yili  inisi  Boykaro  Mirzo 
tomonidan  o`ldirilgan)  saroyida  xizmat  kilgan.  Davlatshox  Samarkandiyning 
so`zlariga  karaganda,  “Mu`iniddin  Natanziy  Sulton  Iskandar  davrida  Iroki  Ajam  va 
Forsda  shuxrat  topgan  olimlar  va  shoirlar  jumlasidagn  bo`lib...,  ilmda  o`z 
zamonasining etakchisi edi va Mirzo Iskandarning makoma va xolati xamda tarixini 
yozgan”. 
Mu`niddin  Natanziy  kalamiga  mansub  bo`lgan  va  bizning  zamonamizgacha 
etib  kelgan  bu  asarning  anik  nomi  ma`lum  emas.  U  ilmiy  jamoatchilik  orasida 
“Anonim Iskandera” nomi bilan mashxur. Asar 1413 yili yozib tamomlangan. Uning 
ikkinchi  taxriri  xam  bo`lib,  “Muntaxab  ut-tavorixi  Mu`iniy”  (“Mu`niniyning 
saylangan tarixi”) deb ataladi va Temurning o`gli Shoxrux Mirzoga bagishlanadi. 
 “Muntaxab  ut-tavorix”  umumiy  tarix  tipida  yozilgan  asar  bo`lib,  olamning 
yaratilishidan  to  Amir  Temur  vafotigacha,  1405  yil  18  fevralgacha  musulmon 
mamlakatlarida  yuz  bergan  vokealar  xakida  baxs  yuritadi.  asar  mukaddima  va  uch 
bobdan iborat. 
Mukaddima  diniy  mazmunda bo`lib, unda  olamning  yaratilishi,  Odam  Ato  va 
uning farzandlari, Nux paygambar va uning avlodi xakida umumiy gap boradi. 
Birinchi  bobda  kadimiy  Eron  va  Yunoniston  podshoxlari,  Rim  va  Vizantiya 
imperatorlari, Rim papalari, kadimiy arab xamda Efiopiya podshoxlarining kiskacha 
tarixi bayon etilgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə