Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81

(Inv.№ 4305) va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida (Inv.№ 304) saklanadi. Birinchi 
nusxa sukutli, ikkinchisi to`la. 
Asar  G.R.Ryomer  tarafidan  nemis  tiliga  1956  yili,  Ismoil  aka  tarafidan  1988 
yili turk tiliga va Z.M.Buniyatov tomonidan 1991 yili rus tiliga erkin tarjima kilingan.   
“Zafarnomayi  Temuriy”,  “Fatxnomayi  soxibkironiy”,  “Tarixi  jaxonkushoyi 
Temuriy”  yoki  “Zafarnoma”  nomi  bilan  mashxur  bo`lgan  asarni  o`z  davrining  yirik 
tarixchisi  Sharafuddin  Ali  Yazdiydir.  U  asli  Eronning  Yazd  viloyatidagi  Taft 
kishlogidan  bo`lib,  turli  fan  soxalarini  egallangan  edi.  Shuning  uchun  xam  Alisher 
Navoiy uni “Sharaf davla va din”, ya`ni din va davlat sharafi deb ta`riflagan. 
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Fors  viloyatining  xokimi  Temuriy  Ibroxim    Sulton 
(1415-1435  yy.)  saroyida  xizmat  kilgan.  U  ilm-fan  xomiysi  bo`lmish  mazkur 
shaxzodaniina emas, balki Shoxruxning xam zo`r xurmat-e`tiborini kozongan edi. 
Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shoxruxning nabirasi va Sultoniya, Kazvin, 
Ray xamda Kum xokimi Sulton Muxammad (1442-1446 yy.)ning taklifi bilan Kumga 
keldi  va  shaxzodaning  xizmatiga  kirdi.  Sulton  Muxammad  1446  yili  Shoxruxning 
ogir  kasalligidan  foydalanib,  isyon  ko`tardi,  Xamadon  xamda  Isfaxonni  bosib  oldi, 
Sherozni  kamal  kildi.  Shoxrux  unga  karshi  ko`shin  tortti.  Culton  Muxammad 
Shoxrux  bilan  ochik  jang  kilishdan  ko`rkib  tokka  kochdi.  Shoxrux  Sulton 
Muxammad  bilan  yakin  bo`lgan  kishilarni,  shuningdek,  maxalliy  sayyidlardan 
birmunchasini  isyonda  ishtirok  etishda  ayblab  xibsga  oldi  va  ko`plarini  o`limga 
maxkum kildi. O`shanda xibsga olinganlar orasida Sharafuddin Ali Yazdiy xam bor 
edi.  Fakat  Mirzo  Abdullatifning  (Ulugbekning  to`ngich  o`gli)  aralashuvi  bilan 
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  jazodan  kutulib  koldi.  Shaxzoda  uni  Samarkandga,  otasi 
xuzuriga  jo`eatib  yubordi.  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Samarkandda  bir  yil  chamasi 
istikomat  kildi  va  fikrimizcha,  Ulugbekning  ilmiy  izlanishlarida  ishtirok  etgan 
bo`lishi kerak. Shoxrux vafotidan (1447 y.) keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy 
Xurosonga  kaytdi  va  Sulton  Muxammadning  ruxsati  bilan  yana  o`z  vatani  Taftga 
kaytib  bordi  va  umrining  oxirgi  kismini  uzlatda  kechirdi.  Sharafuddin  Ali  Yazdiy 
1454 yili vafot etdi. 
“Zafarnoma”  asosan  Nizomuddin  Shomiyning  shunday  nomli  asari  asosida 
zo`r  badiiy  maxorat  bilan  yozilgan.  Lekin  Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Nizomuddin 
Shomiy asarida bayon etilgan vokealarning ba`zilariga yangi tarixiy manbalar asosida 
anikliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning shaxsiyati 
va  uning  faoliyatidagi  karama-karshiliklar,  ya`ni  bir  tomondan  kattikko`l  ekanligi, 
ikkinchi  tomonlan  esa  Movarounnaxrdagi  tarkoklikka  barxam  berib,  markazlashgan 
davlatga asos solganligi birmuncha to`gri va xakkoniy yoritilgan.   
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  asarining  zo`r  kimmati  shundaki,  unda  Mo`gul 
imperiyasining  tarkibida  tashkil  topgan  Oltin  O`rda,  Elxoniylar  davlati,  Chigatoy 
ulusi,  shuningdek  Movarounnaxrning  Chingizxon  zamonidan  to  Temur  davlatining 
paydo  bo`lishigacha  bo`lgan  ijtimoiy-siyosiy  tarixi  kiska  tarzda  yoritib  yuerilgan. 
Asarning  bu  kismi  “Tarixi  jaxongir”,  yoki  “Mukaddimayi  Zafarnoma”  nomi  bilan 
ataladi va 1419 yili yozib tamomlangan.  
“Zafarnoma”  asarining  asosiy  kismi,  muallifning  dastlabki  redalariga  ko`ra, 
uch kism – makoladan iborat bo`lmogi, birinchi kismda Amir Temur tarixi, ikkinchi 
kismda  Shoxrux  Mirzo  va  nixoyat,  uchinchi  kismda  ushbu  asar  yozishning 
tashabbuskori  Ibroxim  Sultonning  davrida  o`tgan  vokealar  bayon  etilishi 
mo`ljallangan  edi.  Lekin,  biz  xozir  asarning  birinchi  kismigagina  egamix,  xalos. 


Uning  ikkinchi  va  uchinchi  kismlari  saklanmagan.  Extimol,  ikkinchi  va  uchinchi 
kismlari yozilmay kolgan bo`lsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy kismi 1425 yili 
yozib tamomlangan. 
Asarning  ko`lyozma  nusxalari  ko`p,  xorijiy  mamlakat  kutubxonalari,  xususan 
Toshkentda  O`zR  FA  Sharkshunoslik  institutida  uning  yigirma  to`rt  nusxasi  bo`lib, 
ularning ikkitasiga (Inv. № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. 
“Zafarnoma”  asari  matni  Xindiston  (1885-1888  yy.),  Eron  (1957  y.)  va  1972  yili 
A.O`.O`rinboev  tomonidan Toshkentda  chop kilingan. Asar ikki marta o`zbek tiliga, 
ingliz, frantsuz va turk tillariga tarjima kilingan. Undan ayrim parchalar ingliz xamda 
rus tillarida bosilgan. 
“Zafarnoma” asarining mukaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnaxr 
vokealari bayoni O.Bo`riev tomonidan tarjima kilinib, 1996 yili nashr kilindi. Kitob 
O`zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o`rganishdagi ilmiy axamiyati 
juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning ta`siri yakkol seziladi. 
 
Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati 
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar an`anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda 
xam islomiy  manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yakkol ko`zga tashlanar 
edi.  Xatto  yozuv  yoki  xat  turi  arab  alifbosida  bo`lib,  keyincha  forsiy  va  turkiy  til 
xususiyatlarini xisobga olgan xolda yigirma sakkiz arab xarfiga to`rt xarf ko`shildi va 
natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi. 
 
XIV  asrgacha  asosan  arab  yozuvi  mumtoz  turlari kufiy,  nasx  va  suls  iste`mol 
etilgan bo`lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta`lik Temuriylar davrida Mir Ali 
Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste`molga kiritildi bu yozuv badiiy va 
tarixiy asarlarda etakchi o`rin egalladi. 
 
Ammo  tarixiy  asar  matni  ichida  kelgan  “Kur`oni  karim”  oyatlari,  “Xadisi 
sharif”lar  an`anaga  binoan  arab  tilida,  kufiy,  nasx  va  suls  yozuvlarida  barcha 
xarakatlari ko`rsatilgan xolda ajratilib bitilar va so`ngra ularga forsiy yoki turkiy tilda 
izox, tafsir keltirilar edi. 
 
Fors  tilining  tarixiy  manbalar  tiliga  aylanish  davri  va  tarakkiy  etishi  kitobat 
san`atining Movarounnaxr va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to`gri 
keldi. 
 
Aksariyat  fors  tilidagi  tarixiy  asarlar  bksak  sifatli  kogozga  bitilar,  kitob  turli 
ajoyib nakshlar va mo``jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va ayonlar 
uchun  yaratilgan  mo``tabar  ko`lyozmalar  oltin  va  kumush  suvlari,  turli  bo`yoklar 
bilan  bezatilib,  kitobat  san`atining  shox  asarlari  darajasida  yaratilib,  yuksak  san`at 
namunalariga aylantirilar edi.  
 
An`anaviy  tarixiy  asarlar,  ya`ni  ulkan  umumiy  tarixga  oid,  barcha  xalklar 
tarixini o`z ichiga kamrab oluvchi maxobatli  kitoblar o`rnini asta-sekin aloxida davr 
va  biron  bir  sulolalar  tarixiga  bagishlangan  asarlar  paydo    bo`lib,  ularning  o`rnini 
egallay boshladi. 
 
Eng  kadimgi  fors  tilida  bitilgan  manbalardan  biri  Narshaxiyning  “Buxoro 
tarixi” asari bo`lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, 
Xofizu Abru, Abdurazzok Samarkandiy, Muxammad Mirxond, Giyosiddin Xondamir 
kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So`nggi fors tilida yaratilgan tarixiy 
manbalardan  biri  sifatida  Axmad  Donishning  tarixiy  asarlarini  namuna  sifatila 
ko`rsatish mumkin. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə