Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81

“Temur  tuzuklari”ning  manba  sifatidagi  tarixiy  axamiyati  buyuk  ekanligi 
mutaxassislarning  unga  bo`lgan  katta  e`tiboridan  bilish  mumkin.  Asarning  sakkizta 
mo``tabar ko`lyozmasi Toshkentda, Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud. 
“Tavorixi  guzida,  Nusratnoma”  (“Saylanma  solnomalar,  Galabalar  kitobi”)  
nomli  tarixiy  asar  XU1  asrda  yaratilgan  yozma  obidadir.  Ushbu  asar  muallifining 
nomi  ishonarli  va  kat`iy  aniklanmagan.  Tadkikotchilar  orasida  bu  xususda  turlicha 
fikrlar  mavjud.  Sharkshunoslardan  A.A.Semenov,  R.G.Mukminova  va  V.P.Yudin 
ushbu  kitobni  Shayboniyxon  tomonidan  yoki  uning  faol  ishtirokida  yozilgan,  deb 
xisoblaydilar.  Ushbu  asarni  chukur  va  atroflicha  o`rgangan  A.M.Ikromovning 
fikricha,  “Tavorixi  guzida,  Nusratnoma”  ijodkori  mashxur  “Shayboniynoma” 
dostonining    muallifi  Muxammad  Solixdir.  “Tavorixi  guzida,  Nusratnoma”  asari 
mukaddimasida muallif o`zini “Ojiz”, “Garib”, “Xokisor” deb ataydi. U Munke koon 
nomiga  yozilgan  “Tavorixi  jaxonkushoy”,  Gozonxonning  kizi  nomiga  bitilgan 
“Tavorixi  guzida”  va  Mirzo  Ulugbek  nomidan  yozilgan  “Muntaxab  ut-tavorixi 
shoxiy”  nomli  kitoblardan  saylab  tartib  kilish  xakida  buyruk  olganligi  va  unda 
Shayboniyxon  tarixini  xam  ko`shib  bir  asar  yaratganligi  va  unga    “Tavorixi  guzida, 
Nusratnoma”  deb  ot  ko`yganligini  ochik  aytadi.  Bundan  ma`lum  bo`lishicha,    asar 
Shayboniyxonning  topshirigi  bilan  saroyga  yakin  turgan  tarixchilarning  biri 
tomonidan yaratilgan. 
Ushbu  asar  1502-1505  yillar  orasida  yozilgan  bo`lib,  ikki  mustakil  kismdan  - 
“Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi kismda O`gizxon va kadimgi 
turklar,  Chingizxon  xamda  uning  Mo`guliston,  Dashti  kipchok,  Movarounnaxr  va 
Eronda  xukmronlik  kilgan  avlodi  tarixi,  ikkinchi  kismda  esa  Shayboniyxon 
tavalludidan  (1451  y.)  to  uning  Movarounnaxrni  istilo  kilishigacha  (1500-1505  yy.) 
Dashti kipchok xamda Movarounnaxrning ijtimoiy-siyosiy axvoli bayon kilingan. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma”ning ikkinchi kismi zo`r ilmiy axamiyatga ega. 
Unda  Shayboniylar  ko`shinining  tuzilishi,  uning  etnik  tarkibi,  shuningdek, 
ko`chmanchilarning  Korako`l,  Xisor,  Chagoniyon,  O`ratepa  xamda  Xo`jand 
viloyatlarida  kilgan  talon-tarojlari  xakida  muxim  va  kimmatli  ma`lumotlar  bor. 
Asarning yana bir kimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo`lgan vokealarning vakti 
anik  ko`rsatilgan.  Bundan  tashkari,  Shayboniyxon  ko`shinlari  tarafidan  Fargona 
viloyatining  bosib  olinishi  fakat  “Tavorixi  guzida,  Nusratnoma”  asarida  to`gri  va 
to`lik yoritilgan. 
“Tavorixi  guzida,  Nusratnoma”  asarining  fakat  ikkita  ko`lyozma  nusxasi 
bizgacha  etib  kelgan.  Ulardan  biri  Sankt-Peterburgda,  ikkinchisi  esa  Angliyaning 
Britaniya  muzkyida  saklanmokda.  Kitobning  matni  faksimilesi  (fotonusxa)  zarur 
ilmiy  izoxlar  va  tadkikotlar  bilan  1967  yili  Toshuketda  A.M.Ikromov  tomonidan 
e`lon  kilingan.  Undan  ayrim  parchalar  rus  tilida  1969  yili  Olma-Otada  V.P.Yudin 
tomonidan e`lon kilingan.      
“Zubdat  ul-asar”  (“Colnomalar  sari”)  nomli  turkiy-o`zbek  tilidagi  tarixiy 
asarning  muallifi  Abdulla  Nasrulloxiy  yoki  Abdulla  ibn  Muxammad  ibn  Ali 
Nasrullox  bo`lib,  u  XU  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XU1  asrning  birinchi  yarmida 
o`tgan balxlik tarixnavis olimdir. 
Tarixchi  XU  asrning  80-90-yillarida  Balx  xokimi  Temuriyzoda  Badiuzzamon 
Mirzoning  xizmatida  bo`lgan.  Xirot  Shayboniyxon  tomonidan  1507  yili  ishgol 
etilganjan  keyin  uning  xizmatiga  kirgan.  1510  yili  Muxammad  Gayboniyxon  xalok 


bo`lganidan  keyin,  uning  o`gli  Muxammad  Temur  Sulton  xuzuriga,  Samarkandga 
kelgan.  
Bobur  Mirzo  1511  yili    Samarkandga  kelganida  Abdulla  Nasrulloxiy 
Shayboniy  Sultonlar  bilan  Toshkentga  kelgan  va  Suyunchxojaxonning  xizmatiga 
kirgan.  Oradan  ko`p  o`tmay  tarixchi  Suyunchxojaxonning  o`gli,  Shoxruxiya  xokimi 
Keldi  Muxammad  nomi  bilan  xam  mashxur,  Sulton  Muxammadning  xizmatiga 
yollangan va 1525 yili uning topshirigi bilan o`zining “Zubdat ul-asar” nomli kitobini 
yozgan.  
“Zubdat ul-asar” umumiy tarix yo`nalishida yozilgan va kadim zamonlardan to 
1525  yilgacha  musulmon  mamlakatlarida  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  vokealarni 
kiskacha  bayon  kiladi.  Asar  11  kism,  fasldan  iborat  bo`lib,  uning  oxirgi  11  kismi 
yangi  xisoblanadi.  Unda  XU1  asrning  birinchi  choragida  Xuroson  va 
Movarounnaxrda  sodir  bo`lgan  vokealar  birmuncha  keng  yoritilgan.  Ayniksa, 
Shayboniy 
sultonlar 
Suyunchxojaxon, 
Ko`chkinchixon, 
Jonibek 
Sulton, 
Ubaydullaxon,  Muxammad  Temur  Sulton  bilan  Bobur  Mirzo  va  uning  siyosiy 
ittifokchilari  Safaviylar  o`rtasida  Movarounnaxr  uchun  davom  etgan  kurolli  kurash, 
Suyunchxojaxon  bilan  Sulton  Saidxon  o`rtaisdagi  1512-1514  yillardagi  toju  taxt 
uchun  bo`lgan  kurash  va  Fargonaning  Shayboniylar  tomonidan  kaytadan 
bo`ysundirilishi,  Shayboniylarning  1514,  1520,  1524  yillari  Xuroson  ustiga  kilgan 
xarbiy  yurishlari  va  Balxning  1526  yili  bo`ysundirilishi,  Shayboniylarning  kozok 
sudtonlari, xususan Kosimxon (1511-1523 yy.) o`rtasida Sirdaryo bo`yida joylashgan 
Yassi,  Savron,  Suzok,  Sayram  va  boshka  shaxarlar  uchun  olib  borilgan  kurashlar 
tarixi  birmuncha  keng  bayon  etilgan.  Ushbu  kimmatli  asarning  fakat  ikkita 
ko`lyozmasi  sakdanib  kolgan  bo`lib,  biri  Toshkentda,  Sharkshunoslik  institutida 
(Inv.№ 608) va ikkinchisi Sankt-Peterburgdagi RF FA Sharkshunoslik instituti shaxar 
bo`limida (D.104) rakami ostida saklanmokda.    
“Vakoyi`”-vokealar Zaxiriddin Muxammad Boburning jaxonga “Boburnoma” 
nomi bilan mashxur bo`lgan shox asarining asl nomidir. Muallif asarda o`zining o`n 
ikki yoshida Fargona viloyati podshoxi, deb ko`tarilgan vaktidan boshlab, xayotining 
oxiriga  kadar  bo`lib  o`tgan  vokealarni  yilma-yil  bayon  kilgan.  Dunyoda  mavjud 
asarning  barcha  ko`lyozmalarida  bir  necha  yil,  xususan  1509-1518,  1521-1524  yil 
vokealari bayoni tushib kolgan. 
Bobur  Fargona  viloyati  xokimi  Temuriy  Umar  Shayx  Mirzoning  (1461-1494 
yy.)  to`ngich  o`gli,  1483  yilning  14  fevralida  Andijon  shaxrida  tugilgan.  U  1494 
yilning 5 iyunida, xijriy isobda o`n ikki yoshida xalok bo`lgan otasi o`rniga Fargona 
taxtiga  o`tkaziladi.  Lekin  oradan  ko`p  vakt  o`tmay,  mamlakatda  avj  olgan  o`zaro 
kurash  natijasida  maglubiyatga  uchrab,  Fargonani  tashlab  chikishga  majbur  bo`ladi 
Uning  1497-1500  yillari  Samarkand  taxti  uchun  olib  borgan  kurashi  xam 
muvaffakiyatsizlikka uchraydi. Bobur 1504 yilga kadar Fargona va Samarkand uchun 
kurashdi,  ammo  Temuniylar  o`zaro  birlasha  olmadilar.  Natijada,  u  tajribali 
Shayboniyxon  bilan  bo`lgan  janglarda  magluyuiyatga  uchrab,  o`z  yurtini  tark  etib, 
omad  va  baxt  izlab  Kobulga  yo`l  oldi.  Kobulni  egallagan  Bobur  o`z  mavkeini  asta-
sekin mustaxkamlab bordi. 
1511  yilning  kuzida  Bobur  Ozarbayjon  va  Eron  podshoxi  Shox  Ismoil 
Safaviyning  (1502-1524  yy.)  xarbiy  yordamiga  tayanib,  Samarkandni  uchinchi  bor 
egallashga muvaffak bo`ldi. Ammo uning o`z xalki e`tikodi – sunniy mazxabni inkor 
etib, kishilarga shialar kiyimida ko`rinishi, axolini undan ixlosini kaytardi. Bu safargi 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə