Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81

yuritadi.  Dostonda  ko`shinlarning  yovuzliklari,  mexnatkash  xalkning  ogir  axvoli, 
Korako`l, Karshi va Xuzorda Shayboniylarga karshi ko`tarilgan ko`zgolonlar xakida 
xam  kimmatli  ma`lumotlar  uchraydi.  Asar  geografik  va  etnografik  ma`lumotlarga 
xam boydir. 
“Shayboniynoma”  asari  1505  yildan  keyin  yozilgan.  Uning  ikkita  nodir 
ko`lyozmalari saklanib kolgan bo`lib, biri Avstriyaning Vena shaxrida, ikkinchisi esa 
Sankt-Peterburg universiteti kutubxonasida saklanadi. Kitob 1885 va 1908 yillari asd 
matni va 1961 va 198. Yillari krill alifbosidagi tabdili chop etilgan. 
Shajarayi  tarokima”  va  “Shajarayi  turk  va  mo`gul”  asarlarini  yaratgan 
Abulgozi  Baxodirxon,  xam  Xeva  xoni  (1643-1663  yy.)  va  tarixchi  olim  sifatida 
mashxurdir.  U  1603  yil  23  avgustda  Urganchda  tugilgan  va  1619  yilgacha  ana  shu 
shaxarda  istikomat  kilgan.  So`ngra  inilari  Xabash  va  Ilbors  bilan  toju  taxt  uchun 
bo`lgan  kurashda  maglubiyatga  uchrab,  Buxoroga  kochib  bordi  va  Imomkulixon 
(1611-1642 yy.) saroyida panox topdi. Akasi Isfandiyor 1623 yili xon bo`lgach, yana 
Xorazmga  kaytib  bordi  va  Urganchga  xokim  etib  tayinlandi.  Lekin  1627  yili 
Isfandiyorxonning  o`zi  bilan  bo`lgan  kurashda  maglubiyatga  uchradi.  Bu  safar 
Abulgozixon  Turkistonga  kochib  bordi  va  kozok  xonlaridan  Ishimxon  (1598-1628 
yy.)  xuzurida  panox  topdi.  Oradan  bir  yil  chamasi  vakt  o`tgach,  1628  yili,  yana  bir 
kozok xoni – Tursunxon uni Toshkentga olib keldi va Abulgozixon Toshkentda 1630 
yil oxirigacha istikomat kildi. 
Oradan ko`p vakt o`tmay, Abulgozixon Xiva turkmanlarining taklifi bilan yana 
Xorazmga kaytib bordi, lekin oradan olti oy o`tar o`tmas, Isfandiyorxon uni Niso va 
Darunga  boskinchilik  yurishi  uyushtirganlikda  ayblab  xibsga  oldi  va  Eronga,  shox 
Safi`  1  (1629-1642  yy.)  xuzuriga  omonat  tarikasida  berib  yubordi.  Abulgozixon 
o`shanda Isfaxondagi Taborak kal`asiga kamab ko`yildi va shu tarzda Eronda 10 yil 
atrofida  kun  kechirdi.  1639  yili  Abulgozi  kamokdan  kochdi  va  ko`p  mashakkatlar 
chekib, 1642 yili ona yurtiga kaytib keldi. 1643 yili, Isfandiyorxon vafotidan bir yil 
o`tgach,  Orol  o`zbeklari  uni  xon  kilib  ko`tardilar.  O`sha  yili  Abulgozixon  Xivadagi 
rakiblari ustidan xam galaba kozondi va Xiva taxtiga o`tirdi. 
Abulgozixon keng ma`lumotli bo`lishi bilan bir katorda, feodal xukmdor xam 
edi. U o`z faoliyati bilan ana shu doiralar manfaatlarini ximoya kildi. 
Abulgozixon  1663  yili  toju  taxtni  o`gli  Anusha  (1663-1687  yy.)ga  koldirib, 
umrining oxirini butunlay ilmiy ishga bagishlaydi. U 1664 yili vafot etgan. 
“Shajarayi  tarokima”  turkman  xalki  va  Turkmanistonning  o`rta  asrlardagi 
tarixini o`rganishda bosh manba bo`lib xizmat kiladi. 
 “Shajarayi  turk  va  mo`gul”  1664  yili  yozilgan,  lekin  Abulozixonning  ogir 
dardga chalanib kolishi va tez orada vafot etishi sababli tamomlanmay kolgan. Asar 
IX  bobining  davomi,  ya`ni  1644-1663  yillar  vokealari  Anushaxonning  topshirigi 
bilan  Maxmud  ibn  mulla  Muxammad  Urganjiy  degan  olim  tomonidan  yozilgan. 
Asarning  I-IV  boblari  xam  o`sha  Maxmud  ibn  Muxammad  Urganjiyning  kalamiga 
mansubdir. 
“Shajarayi  turk  va  mo`gul”  asari  kiskacha  mukaddima  va  9  bobdan  iborat. 
Mukaddimada  asosan  asarning  yozilishi sabablari  xakida gap boradi.  I  bobda  Odam 
Atodan  to  Mo`gulxongacha,  II  bobla  Mo`gulxondan  Chingizxongacha,  III  bobda 
Chingizxlnning  tugulishidan  to  vafotigacha,  IV  bobda  O`gaday  koon  va  uning 
Mo`gulistonda  xukmronlik  kilgan  avlodi,  V  bobda  Chigatoyxon  va  uning 
Movarounnaxrda  podshoxlik  kilgan  vorislari,  VI  bobda  Elxoniylar,  ya`ni  Eronda 


xukmronlik  kilgan  Chingiz  avlodi,  VII  bobda  Jo`jixon  va  uning  Dashti  kipchokda 
podshoxlik  kilgan  avlodi,  VIII  bobda  Shayboniyxon  va  uning  Movarounnaxr, 
Kozogiston,  Sibir`  va  Krimda  xukmronlik  kilgan  farzandlari  va,  nixoyat,  IX  bobda 
Shayboniyxonning  1511  yildan  Xorazmda  podshoxlik  kilgan  avlodi  bilan  boglik 
vokealar bayon etilgan. 
Asarning 
I-VIII 
boblari 
umumlashtiruvchi 
xarakterga 
ega 
bo`lib, 
Rashiduddinning  “Jome  ut-tavorix”,  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  va 
shuningdek  yana o`n  sakkiz  tarixiy  asarlar  asosida  yaratilgandir.  Kitobning 1X bobi 
yangi  xisoblanadi  va  unda  Xorazmning  1512-1663  yillar  orasidagi  ijtimoiy-siyosiy 
tarixi  keng  va  atroflicha  bayon  etiladi.  Bundan  tashkari,  asarda  Abulgoziy 
Baxodirxon  zamonida  obod  bo`lgan  Xorazmdagi  Urganch,  Vazir,  Tirsak,  Yangi 
shaxar,  Buldumsoz,  Bagdod,  Kot,  Durun,  Kumkent,  Mizdaxkan,  Dorugan  ota, 
Bokirgon, Xos minora, Ism Maxmud Ota, Chilik kabi shaxarlar, Amudaryo va daryo 
o`zanining  o`zgarishi,  xivalik  turkmanlarning  ogir  axvoli,  XVI-XVII  asrlarda  Xiva 
xonligi  bilan  Buxoro  o`rtasidagi  siyosiy  munosabatlar  xakida  xam  kimmatli 
ma`lumotlar uchraydi.   
Abulgoziy  Baxodirxon  va  uning  “Shajarayi  turk  va  mo`gul”  asari  tez  orada 
ilmiy jamoatchilikning dakkat-e`tiborini kozondi. U XVIII asrdayok bir necha, nemis 
va frantsuz (1726 y.), rus (1770 y.) va ingliz (1780 y.) tillariga tarjima kilindi. O`tgan 
asrda  bu  asar  nemis  (G.Ya.Ker),  rus  (Ya.O.Yartsev  va  G.S.Sablukov),  frantsuz 
(P.I.Demezon),  turk  (Axmad  Vefik  posha)  tillariga  tarjima  kilindi.  Asar  1897-1913 
yillari  yana  turk  (tarjimon  Rizo  Nur)  va  1935  yili  fors  tillariga  tarjima  kilindi. 
Asarning G.S.Sablukov (1906 y.) va P.I.Demezon (1871-1874 yy.) amalga oshirgan 
nashrlari mukammal va zo`r ilmiy kimmatga egadir.  
Abulgoziy  Baxodirxon  asarining  xorijiy  tillariga  tarjima  kilinishi  va  dunyo 
bo`ylab  tarkalishi  bo`yicha  “Temur  tuzuklari”  va  Boburning  “Vakoyi”  asari  bilan 
kiyoslash  mumkin.  Ular  turkiy  tildagi  tarixiy  asarlarning  juda  katta  ilmiy  kiymatga 
ega ekanligini ko`rsatadi. 
“Firdavs  ul-ikbol”  (“Jannat  bogi”)  nomli  Xorazm  tarixi  bo`yicha  yaratilgan 
shox asarning ijodkorlari XU111 asr so`nggi choragi va X1X asrda o`tgan yirik shoir, 
tarjimon va tarixnavis Shurmuxammad ibn Avazbiy Munis (1778-1829 yy.) va uning 
jiyani Muxammad Rizo Erniyozbek o`gli Ogaxiydir (1809-1847 yy.). 
Munis  Xorazmning  kadimda  yirik  shaxar  bo`lgan  Kot  kishlogida  dunyoga 
kelgan, Xiva madrasalarida taxsil ko`rgan, 1800 yildan boshlab xon saroyida sarkotib 
bo`lib xizmat kilgan. U 1829 yili 51 yoshida vafot etgan. 
Munis  atroflicha  ma`lumot  olgan,  turli  fanlar,  xususan  adabiyot  va  tarixdan 
keng xabardor bo`lgan etuk olim va iste`dodli shoir sifatida tarixda koldi. U 1806 yili 
Eltuzarxon  (1804-1806  yy.)ning  topshirigi  bilan  “Firdavs  ul-ikbol”  asarini  yoza 
boshlaydi. Lekin asar ayrim sabablarga ko`ra, tugallanmay kolgan. 
Munis  ajoyib  xattot  sifatida  “Savodi  ta`lim”  nomli  maxsus  risola  yozgan.  U 
zo`r  tarjimon  bo`lib,  Muxammad  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”  asari  tarjimasini 
xam boshlab bergan va uning birinchi jildini tarjima kilib tugatgan edi.  
Ogaxiy  xam  asli  Kot  kishlogidan.  Munisning  jiyani  va  uning  ko`lida  tarbiya 
topgan.  Yaxshi  o`kib,  turli  fanlarni,  xususan  tarix  va  adabiyotni  chukur  egallagan. 
Munisning vafotidan (1829 y.) keyin saroyni tark etib, ota kasbi- miroblik bilan kun 
kechirgan. U 1847 yili vafot etgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə