Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81

Umuman,  kadimiy  turk  runik  yozuvlari  xalkimiz  tarixini  yoritishda  juda 
kimmatli manbadir. 
Xitoy manbalari xakida so`z boshlashdan oldin shuni aloxida kayd etib o`tish 
kerakki,  ular xam  xitoy  xukmdorlarining maksad  va  manfaatlarini  ko`zlab  yozilgan, 
boshka  xalklarning  tarixi  ko`p  xollarda  bir  taraflama  yoritilgan.  Lekin  xitoy 
manbalarida  bo`lib  o`tgan  vokealarning  vakti  va  o`rni  anik  ko`rsatiladi,  bir-biriga 
karshi turgan ko`shinlarning umumiy soni anik ko`rsatiladi. 
Kadimiy 
O`zbekistonning  uzok  o`tmishdagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini 
o`rganishda kuyidagi xitoy manbalari muxim rol` o`ynaydi. 
“Shi 
Tszi” 
(“Tarixiy 
esdaliklar”) 
xitoy 
tarixshunoslarining 
otasi 
xisoblanadigan Sima Tsyan`ning 130 bobdan iborat asaridir. 
Sima  Tsyan`  –(taxminan  miloddan  avvalgi  145  yoki  135-86-yillar)  Lunmin` 
(xozirgi  Shen`si    viloyati)  shaxrida  saroy  tarixchisi  Sima  Txan  oilasida  tugilgan, 
mamlakat  bo`ylab  ko`p  sayoxat  kilgan,  otasi  vafot  etgandan  (miloddan  avvalgi  108 
yili) keyin uning o`rniga saroy tarixchisi sifatida kabul kilingan. Miloddan avvalgi 98 
yili imperatorga karshi chikib, sarkarda Li Linni ximoya kilgani uchun kattik jazoga 
tortilib  (bichilgan)  saroydan  kuvib  yuborilgan.  Lekin  u  ruxiy  tushkinlikka  tushib 
kolmadi  va  bo`lajak  tarixiy  kitobi  ustidagi  ishni  davom  ettirdi.  Ko`p  vakt  o`tmay 
Sima  Tsyan`  yana  saroyga  taklif  etildi  va  imperator  Bosh  maxkamasi  boshligi  etib 
tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi. 
 
Uning  “Shi  Tszi”  nomli  asarida  Xitoyning  kadimiy  zamonlardan  to  miloddan 
avvalgi 1 asr boshlariga kadar o`tgan tarix bayon etilgan. Asarda O`zbekiston, uning 
123  bobida  xususan  Fargona  va  uning  kadimiy  xalki,  xayoti  xakidagi  kimmatli 
ma`lumotlar mavjud. 
 
“Shi  Tszi”ning  to`la  matni  olti  jild  kilib  1959  yili  Pekinda  e`lon  etilgan,  rus 
tiliga  tarjima  etilib  (I.Ya.Bichurin,  L.S.Vasil`ev,  L.S.Perelomov,  Yu.L.Krol`  va 
boshkalar)  1972,  1975,  1984,  1986  yillari  chop  etilgan.  E.Shavann  (1865-1905) 
tomonidan  frantsuz  tiliga  tarjima  kilinib,  1895-1918  yillari  5  jildda  bosmadan 
chikkan. 
“Tsyan`  Xan`  shu”  (“Avvalgi  Xan`  sulolasining  tarixi”)  yirik  tarixchi  olim 
Byan`  Gu  (39-92)  asaridir.  Tarixchi  An`lin  (Shensi  viloyati)  shaxrida  Garbiy  Xan` 
sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor 
va tarizshunos oilasida tugilgan, 47-55 yillari Loyanda oliy ta`lim olgan, 58-82 yillari 
o`z asarini yozgan. 
“Tsyan`  Xan`  shu”ning  95  bobida  O`zbekiston  (ayniksa,  kangli,  yuechji  va 
usunlar  xakida)  va  Sharkiy  Turkistonning  kadimiy  tarixi,  xalki  va  uning  xayoti 
xakida ko`p muxim ma`lumotlarni uchratamiz. 
“Tsyan`  Xan`  shu”  1962  yili  Pekinda  12  jildda  nashr  kilingan.  Inglizcha 
tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) xam bor. 
“Xou Xan` shu” (“Keyingi Xan` sulolasi tarixi”) tarixchi Fan` Xua (398-445 
yy.)  asari.  Olim  avvalgi  Xan`  sulolasi  (25-220-yy.)ga  xizmat  kilgan.  Kichik  davlat 
lavozimida  turgan  va  424  yili  viloyat  xokimligiga  ko`tarilgan.  Davlatga  karshi 
isyonda katnashganlikda ayblanib katl etilgan. 
“Xou  Xan`  shu”  Xitoyning  avvalgi  Xan`  sulolasi  davridagi  tarixni  o`z  ichiga 
olgan  katta  asar  (130  bobdan  iborat.  Unda  O`zbekiston,  Sharkiy  Turkiston  va 
Jungoriyaning  25-221-  yillarorasidagi  tarixi  xakida  dikkatga  sazovor  ma`lumotlar 
bor.  


“Bey  shu”  (“Shimoliy  sulolalar  tarixi”)  100  bobli  asar  bo`lib,  Tan`  sulolasi 
(618-907  yy.)  davrida  yashagan  yirik  tarixchi  Li  Yan`-shou  (taxm.595-678-yy.) 
kalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda xukmronlik Vey (386-535-yy.), Tsi (550-
577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi xukmronligi, ya`ni 386-581 yillar tarixi bayon 
etilgan.  Asarda  O`zbekiston,  xususan  Xorazm  xamda  Sharkiy  Turkiston  xakida 
kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. “Bey shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop 
etilgan. 
“Suy  shu”  (“Cuy  xonadonining  tarixi”)  Xitoy  tarixchilari  jamoasi  tarafidan 
yozilgan asar.  Uni  yozishda  Vey  Chjen  (580-643  yy.)  –Tan` sulolasi davrida o`tgan 
tarixchi,  imperator  Chjen-Guan`  (626-650)  davrida  uning  o`gli  va  toju  taxt  vorisiga 
tarbiyachi  bo`lgan,  Yan`  Shi-Gu  xamda  Kxun  In-da  bilan  birgalikda  ishtirok  etib, 
asarda  Xitoyning  Suy  sulolasi  davrida,  U-U1  asrlardagi    ijtimoiy-siyosiy  tarixi  85 
bobda  bayon  etilgan.  Kitobning  55  bobi  637  yili  yozib  tamomlangan.  Kolgan  30 
bobiga esa 20 yil vakt ketgan.   
 
Asarda  imperatorning  iktisodiy  siyosati,  ko`shinning  tuzilishi,  mamlakatning 
axvoli,  xalkning  urf-odatlari  xakida  ma`lumotlar  keltirilgan.  Uning  83-bobida 
O`zbekiston  va  Sharkiy  Turkiston  xakida  xam  dikkatga  sazovor  ma`lumotlarni 
uchratamiz. Ko`p jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 yili Shanxayda 
bosilgan. 
 
“Tszyu  Tan`  shu”  (“Tan`  sulolasining  eski  tarixi”)  imperator  Jen`-Tszun 
(1023-1063-yy.)ning topshirigi bilan 940-945 yillari yozilgan. 
 
Ouyan  Syu  (1007-1072-yy.)  va  Sun`  Tsi  (998-1061  yy.)  960-1279  yillari 
xukmronlik kilgan Sun` (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari1043-1060-
yillari shu sulolaning yangi tarixi “Cin` Tan` shu” (“Tan` sulolasining yangi tarixi”) 
yozganlar. Xar ikkala asar xam o`ziga xos afzalliklariga ega bo`lib, ma`lum darajada 
bir-birini to`ldiradi. 
 
XVIII asrda tarixchi Shen` Bin-chjen` xar ikkala tarixni bir-biriga boglab, unga 
“Sin`  tszyu  Tan`  shu  xechao”  (“Tan`  sulolasining  bir-biri  bilan  ko`shilgan  yangi 
xamda eski tarixi”) deb nom ko`ydi. Asarda 618-907- yillar vlkealari bayon etilgan.  
 
“Cin`  Tan`  shu”da  O`zbekiston  janubi,  Afgoniston,  Eron  xamda  Sharkiy 
Turkiston xakida ma`lumotlar uchraydi. 
 
1958  yili  ko`p  jildli  “Sulolalar  tarixi”ning  12  jildi  sifatida  Shayxayda  chop 
etilgan. 
So`gd  tilidagi  manbalar  asosan  IV-X  asrlarga  oid  bo`lib,  turli  mazmundagi 
xukukiy  xujjatlar  –  axdnomalar,  nikox  xakidagi  shartnomalar,  oldi-sotti  xujjatlari, 
tilxatlar,  So`gd,  Shosh,  Turk  va  Fargona  xukmdorlari  o`rtasidagi  yozishmalar, 
xo`jalikning  kundalik    faoliyatiga  oid  xuddatlar,  masalan,  xarajatlar  yozilgan  xujjat 
xamda farmonlardan iborat. 
Bu  xujjatlar  So`gdiyonaning  o`zidan,  Mug  kal`adan,  Samarkandda 
Afrosiyobdan, Kirgiziston va Sharkiy Turkistonda topilgan. 
Bular  orasida  Mug  kal`a  xarobalaridan  1932  yili  topilgan  xujjatlar  aloxida 
axamiyatga ega. Xujjatlar baxorda Tojikistonning Varziminor (xozirgi Zaxmatobod) 
tumaniga  karashli  Xayrobod  kishlogida  shu  tumanning  sobik  birinchi  raxbari 
A.Po`lotiy tomonidan ochilgan. Xuddatlar jami 79 ta bo`lib, bulardan 74 tasi kadimgi 
so`gd,  1  dona  arab,  3  tasi  xitoy  va  yana  biri turk tilidadir.  Ular  xar  xil  materialga – 
charmga,  taxtaga  va  kogozga  yozilgan.  Xujjatlar  so`gd  dexkoni,  katta  er  egasi, 
podshoxi 
Devashtich 
(708-722-yy.) 
va 
yirik 
mansabdorlar-framandarning, 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə