Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81

Muxim  siyosiy  vokealar.  V-VI  asrlarda  O`zbekiston  tarixi  eftaliylar  va 
Eftaliylar  davlati  tarixi  bilan  boglikdir.  Tarixiy  manbalar,  shuningdek,  arxeologik 
kazishlar  bergan  ma`lumotlarga  karaganda,  Eftaliylar  saklar  va  masagetlarning 
avlodlaridir.  
Eftaliylar  juda  katta  xududda  o`z  xukmronliklarini  o`rnatdilar.  Ularning 
davlatiga  Sharkiy  Turkistondan  Kaspiy  bo`ylarigacha  bo`lgan  erlar  karar  edi. 
Eftaliylar  milodning  457-yilida  Chaganiyon,  Toxariston  va  Badaxshonni 
bo`ysundirishga  muvaffak  bo`ldilar.  Eron  shoxi  sosoniy  Piruz  (459-484  yy.) 
Eftaliylarga  karshi  uch  bor  ko`shin  tortti,  lekin  uning  barcha  yurishlari  maglubiyat 
bilan  yakunlandi.  Buning  ustiga  Eron  Eftaliylarga  o`lpon  to`lab  turishga  majbur 
bo`ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko`p vakt o`tmay, Sharkiy 
Turkistonni xam bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar. 
Eftaliylar Turon, Eronning sharkiy tumanlari, Afgoniston, Shimoliy Xindiston 
xamda Sharkiy Turkiston ustidan xukm yurgizdilar. 
563-567-  yillari  turk  xokoni  Istemi  (Dizovul)  Eron  xukmdorlari  bilan  ittifok 
tuzib,  Eftaliylar  davlatiga  zarba  berdi  va  ularga  karashli  erlarni  bo`ysundirishga 
muvaffak  bo`ldi.  Natijada  Turk  xokonligi  Amudaryo  va  Orol  dengizigacha 
cho`zilgan  o`lkalar  ustidan  o`z  xukmronligini  o`rnatdi.  U1  asrning  uchinchi 
choragida  turklar  Shimoliy  Xitoyda  joylashgan  Chjau  va  Tsi  davlatlarini  xam 
bo`ysundirdilar,  576  yili  Bosporni  (Kerch`)  egaladilar,  581  yili  esa  Xersonni  kamal 
kildilar. 
VI  asr  o`rtalariga  borib  Turk  xokonligi  zaminida  ilk  katta  er  egaligi 
munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir katorda o`zaro urushlar kuchaydi 
va  bundan  Suy  imperiyasi  (581-618  yy.)  xukmdorlari  ustalik  bilan  foydalandilar. 
Okibatda  Turk  xokonligi  ikki  kimga  –  Sharkiy  va  Garbiy  turk  xokonligiga  bo`linib 
ketdi. 
Sharkiy turk xokonligi Markaziy Osiyoda xokon Shibi davrida (609-619- yy.) 
Suy  imperiyasi  bilan  ko`p  urushdi  va  o`z  mustakilligini  saklab  koldi.  Xokon  Xelu 
(620-630-  yy.)  davrida  xam  bu  kurash  davom  etdi.  O`sha  yillari  turklar  Xitoyga  67 
marta  bostirib  kirdilar.  Bu  davrda  soliklar  ko`paydi,  mexnatkash  xalkning  axvoli 
ogirlashdi.  Xitoy  imperatorlari  bundan  ustalik  bilan  foydalandilar  va  Sharkiy  Turk 
xokonligi  ustidan  o`z  xukmronligini  o`rnatilshga  muvaffak  bo`ldilar.  Lekin  ko`p 
o`tmay, turklar Xitoy istibdodiga karshi ko`zgolon ko`tardilar. Bunga dastlab Eltarish 
koon  (Kutlug  koon),  keyinchalik  esa  uning  maslaxatchisi  To`nyukuk  boshchilik 
kildilar.  Natijada  681  yili  Garbiy  turklar  yana  mustakillikni ko`lga kiritdilar.  Xokon 
Bilga  vafotidan  (734  y.)  keyin  kuchayib  ketgan  feodal  kurashlar  natijasida  Garbiy 
turk  xokonligi  mayda  kismlarga  bo`linib  ketdi  va  keyinchalik  uning  o`rniga  Uygur 
xokonligi tashkil topdi. 
Garbiy  turk  xokonligi  xarbiy  siyosiy  jixatdan  birmuncha  kudratli  edi.  U11 
asrning  o`rtalarida  unga  Sharkiy  Turkistondan  to  Kaspiy  dengizigacha  bo`lgan  erlar 
karardi.  Uning  ijtimoiy-siyosiy  tomondan  yuksalishida  Marv,  Chorjo`y,  Buxoro, 
Samarkand,  Choch,  Ispijob  kabi  shaxarlarning    o`sishi  va  Xitoy,  Eron  xamda 
Vizantiya  bilan  olib  borilgan  savdo-sotik  xam  sabab  bo`ldi.  Manbalarda  keltirilgan 
ma`lumotlarga  karaganda,  Garbiy  turk  xokonligi  poytaxti  Suyabda  xar  yili  katta 
yarmarkalar tashkil etilib, unda ko`pgina xorijiy  mamlakatlardan kelgan savdogarlar 
xam katnashgan. 


Garbiy turk xokonligining xalki xokon Shabolo Xilishi xukmronligi yillari 10 
toifaga bo`lingan. Masalan, Chu daryosining o`ng tarafida istikomat kiluvchi xalklar 
Nushibi (5 toifa), daryoning so`l soxilida istikomat kiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb 
atalgan.  Ko`p  o`tmay  bu  toifalar  o`zlarining  mustakil  davlatini  tuzib  oldilar.  Bu 
o`zaro  feodal  kurashning  kuchayishiga  olib  keldi.  Xitoy  ko`shinlari  bundan 
foydalanib,  658  yili  Garbiy  turk  xokonligi  erlariga  bostirib  kirdilar,  lekin  uni 
tamoman  bo`ysundira  olmadilar.  Xokon  Ashina  Xudaydao  uni  yana  tiklashga 
muvaffak  bo`ldi.  Birok  katta  er  egaligi,  o`zaro  kurashlar  va  shimoldagi  ko`shni 
xalklar,  xususan  korliklarning  xurujlari  natijasida xokonlik  inkirozga  yuz  tutdi.  VIII 
asrning  ikkinchi  yarmida  xokimiyat  tamoman  korliklar  ko`liga  o`tdi.  Ular  766  yili 
Suyabni bosib oldilar va uni o`z poytaxtlariga aylantirdilar. 
Garbiy  turk  xokonligi  markazlashmagan  davlat  bo`lib,  15ga  yakin  mustakil 
xokimliklardan,  So`gdda  yuechji  xalkidan  chikkan  jabgu,  Buxoroda  maxalliy 
buxorxudot, Fargonada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. 
Xokonlik  tarkibiga  kirgan  xalklar  bir  kismi  So`gd,  Xorazm,  Toxariston, 
Fargona  dexkonchilik,  shaxar  axolisi  xunarmandchilik  va  savdo-sotik  bilan,  uning 
togli  va  cho`l  tumanlarida  istikomat  kiluvchi  katta  kismi  esa  chorvachilik  bilan 
shugullangan. 
Arablar  istilosi  arafasida  O`zbekiston  mayda-mayda  davlatlardan  iborat  edi. 
Shark  va  xitoy  tillarida  yozilgan  manbalar  ma`lumotlariga  karaganda  VIII  asr 
boshlarida  yurtimizda  15  yakin  mustakil  davlatlar  bo`lib,  bularning  eng  kattasi 
Xorazm,  So`gd,  Buxoro,  Chagoniyon,  Toxariston,  Ustrushona,  Choch  va  Fargona 
xisoblangan.  Ularning  podshoxlari  jabgu  (knyaz`),  xudot,  ixshid  va  ispaxbed  deb 
atalardi. 
Arablar  O`zbekiston  xududiga  674  yildan  boshlab  bostirib  kira  boshladilar.  
Boskinchi  ko`shinlarga  xalifalikning  Xurosondagi  noibi  Ubaydullox  ibn  Ziyod 
boshchilik  kilar  edi.  O`shanda  ular  Poykent  va  Buxoro  shaxarlari  xamda  ularning 
tevarak-atrofidagi  tumanlarni  talon-taroj  kildilar  va  katta  o`lja  (1  mln  dirxam  pul, 
4000 asir va boshkalar) bilan kaytdilar. Bundan keyin xam arablar O`zbekiston ustiga 
ko`p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 
705  yildan  boshlab  arablarning  O`zbekiston  ustiga  istilochilik  yurishlari 
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Kutayba ibn Muslim (715 yili 
xozirgi  Andijon  viloyatining  Jalolkuduk  tumanida,  xozirgi  Shurunch  mozor,  aslida 
Kilich mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik kildi. 
Arab  ko`shini  706  yili  Omul  (Chorjo`y),  Zamm  (Karki),  Buxoro  xamda 
Poykent  shaxarlarini,  709  yili  esa  Buxoroning  mustaxkam  kal`alaridan  Shofurkom 
(Vardanza)ni,  710  yili  esa  Kesh  va  Nasafni  zabt  etdi.  Buxoro,  So`gd,  Vardanza  va 
Fargona xukmdorlari  turklar bilan ko`shilib arab istilochilariga karshi ittifok tuzishga 
xarakat  kildilar,  lekin  o`zaro  kelishmovchiliklar  va  ishtiloflar  ittifokning 
mustaxkamlanishiga  yo`l  bermadi.  Kutayba  bundan  ustalik  bilan  foydalandi  va  ular 
bilan birma-bir kurashda galaba kozondi. 
712  yili  Kutayba  o`zaro  ichki  kurashlardan    foydalanib  xiyonatkorona  tarzda 
Xorazmni  xam  bo`ysundirdi.  Samarkand  podshoxi  Gurak  (710-737-yy.)  bilan 
tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarkand va So`gdiyona xalki arablarga xar yili 2 
million 200 ming dirxam mikdorida o`lpon to`lash va arab ko`shiniga 100 ming kishi  
to`plab  berishga  majbur  etildi.  713-715  yillari  Kutayba  Choch  (Toshkent)  xamda 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə