Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81

Bunday  yozuvlar  Axamoniylarning  kadimgi  poytaxti  Persopol`,  shuningdek 
Suza va Ekbatana (xozirgi Xamadon) shaxarlari va uning atrofida topilgan. 
Masalan,  pishik  sopol  taxtachaga  o`yib  yozilgan  bir  katibada  Doro  1  (miloddan 
avvalgi 522-486 yy.) xukmronligining dastlabki yillarida (miloddan avvalgi 494-490 
yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning kurilish tafsiloti, anikrogi kurilishga 
ketgan  materiallarning  kaysi  mamlakatdan  keltirilganligi  yozilgan  taxtachadagi 
ma`lumotlarga  ko`ra,  oltin  Lidiya  bilan  Baktriyadan,  kimmatbaxo  toshlar,  lazurit  va 
serdolik  (kizil  va  kizgish  rangli  tosh)  So`gdiyonadan,  firuza  Xorazmdan  olib 
kelingan. 
 
Pkrsopoldan  (Sherozning  shimoliy  tarafida,  undan  taxminan  50  km  masofada 
joylashgan  520-450  yillar  orasida  kurilgan  shaxardan)  topilgan  yozuvlar  va  tasviriy 
suratlar  –  rel`eflar  katta  ilmiy  kiymatga  ega.  Ularning  ayrim  namunalari  XU11-
XU111 asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyox P`edro Della Valle va daniyalik olim  K. 
Niburning nomi bilan boglik. 1931-1934, 1935-1939 va undan keyingi yillari nemis 
olimi  E.Xertsfil`d,  amerikalik  E.Shmidt,  frantsuz  A.Godar  xamda  eronlik  
M.T.Mustafoviy  va  A.Somiy  tarafidan  o`tkazilgan  arxeologik  tadkikotlar  natidasida 
Persopolda  juda  ko`p  noyob  yodgorliklar  ochildi.  Ular  orasida  Apadana  zinalari 
ustiga ishlangan tasviriy suratlar aloxida axamiyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 
fut  –  ingliz  o`lchovi  30,  479  santimetrga  teng)  axamoniylarga  tobe  bo`lgan  23 
satraplikdan  (karam  mamlakatdan  o`lpon  olib  kelgan  kishilar  kiyofasi  tasvirlangan. 
Bular orasida baktriyaliklar turli idishlar, teri, mo`yna va tuya bilan, so`gdliklar turli 
mato,  teri  va  ko`ylar  bilan,  saklar  ot  va  chakmonlar    bilan,  parfiyaliklar  idishlar  va 
tuya bilan va xorzmliklar ot va kurol-aslaxa bilan tasvirlangan. 
 
Persopoldan 6 milya-kariyb 5 km masofada, uning shimol tarafida Xusaynkux 
koyalarida  axamoniylardan  Doro  1,  Ksereks  1  (miloddan  avvalgi  486-465  yy.), 
Artakserks 1 (miloddan avvalgi 465-424 yy.) xamda Doro 11 (miloddan avvalgi 424-
404  yy.)larning  makbaralarini  xamda  ularga  kiraverishda  o`yib  yozilgan  katibalar 
bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636 yili arablar bilan bo`lgan 
jangda  xalok  bo`lgan)  nomi  bilan  xam  boglik  va  tarixda  ko`pincha  Nakshi  Rustam 
deb ataladi. 
Katibalarda,  ayniksa  Doro  1  surati  ostiga  yozilgan  katibada,  uning  davlati 
ko`klarga ko`tarib  maktaladi,  uning tarafidan  bosib olingan xalklar esa  itoatkorlikka 
va  xalol  mexnat  kilishga  chakiriladi,  bo`ysunmaganlar  va  shu  sababdan  jazoga 
maxkum  etilganlarning  nomlari  kayd  etiladi.  Muximi  shundaki,  katibada 
axamoniylarga tobe bo`lgan 23 satraplik va xalklarning to`la ro`yxati yozilgan. Bular 
orasida parfiyaliklar, baktriyaliklar, so`gdiyonaliklar xamda xorazmliklar xam bor.     
Yodgorlik  orsida  muximlaridan  yana  biri  mashxur  Bexistun  yozuvlaridir.  Bu 
yozuvlar  uzunligi  22  m,  umumiy  balandligi  7,8  m  bo`lib,  ular  Shimoliy  Eronda, 
Kirmonshoxdan  30  km  masofada,  daryo  bo`ylab  o`tgan  kadimgi  karvon  yo`li 
yokasida,  uning  chap  tarafida,  Zagros  nomli  tik  koyaga,  taxminan  105  metr 
balandlikda Doro 1 ning amri bilan yozilgan galaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil 
va  kadimgi  eron  tillarida  bitilgan  va  miloddan  avvalgi  523-522  yillari  Axamoniylar 
saltanatini larzaga keltirgan Gaumata – 522 yil 29 sentyabrda xalok bo`lgan, Frada – 
margiyonalik,  522  yil  10  dekabrdi  asirga  olingan,  Skunxa  -  xozirgi  Kozogiston  va 
O`zbekiston  xududida  istikomat  kilgan  sak  kabilalarining  etakchisi  kabi  boshliklar 
raxbarligidagi xalk xarakatlari xakida xikoya kiladi. 


 
Avesta.  Zoroastrizm–otishparastlik,  miloddin  avvalgi  VI  –  milodning  VI  asri 
dinining  mukaddas  kitobi  bo`lib,  miloddin  avvalgi  VI-  milodning  VI  asrlarida 
yozilgan,  Eron  xamda  O`rta  Osiyo  xalklarining  kadimgi  madaniyati,  e`tikodi,  tili, 
adabiyoti va kisman tarixini o`rganishda asosiy manba xisoblanadi. 
Asarning  yozilgan  joyi  xakida  turlicha  fikrlar  mavjud.  Bir  gurux  olimlar  frantsuz 
J.Darmsteter, ojarbayjon olimi I.Aliev “Avesta” Midiya - xozirgi Eronning shimoliy-
garbiy  kismi  va  Ozarbayjonda  yozilgan  desalar,  ko`pchilik  V.V.Struve,  S.P.Tolstov, 
F.Al`txaym  va  boshkalar  Amudaryo  bo`yida  joylashgan  viloyatlarda,  Balx  va 
Xorazm  oraligida  yaratilgan,  deb  xisoblaydilar.  Oxirgi  fikr  so`nggi  vaktlarda  Eron 
olimlari, masalan Ibroxim Pur Dovud tarafidan xam e`tirof etildi.      
 
“Avesta” matni to`lik saklanmagan. Bizgacha, uning juda oz kismi etib kelgan, 
xalos.  Ma`lumki  “Avesta”  Kayoniy  xukmdorlardan  Gishtosp  –  Vishtosp  zamonida 
kitob  xoliga  keltirilgan.  Rivoyatlarga  karaganda,  uning  gatlar  deb  ataluvchi  asosiy 
kismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas`udiy, Tabariy va Beruniylarning 
so`zlariga karaganda, 12 000 xo`kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin 
xarflari bilan yozilgan. O`sha vaktlarda uning uch nusxasi mavjud bo`lgan, lekin bir 
nksxasi  Iskandar  Zulkarnaynning  amr-farmoni  bilan  yokib  yuborilgan.  Ikkinchi 
nusxasini Yunonistonga  olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o`ta 
e`tikodli bo`lgan kishilar ko`lida saklanib kolgan. Lekin bu nusxa to`la emas. 
 
Asarning  saklanib  kolgan  kismlarini  to`plash  va  kitob  xoliga  keltirish 
ishlariParfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) xamda Sosiniylar (milodning 111 
asri)  davrida  xam  davom  ettirildi.  “Avesta”  sosoniy  Shopur  11  (309-379)  davrida 
tartibga solindi, izoxlar va ko`shimchalar (zand) bilan boyitildi va to`la kitob xoliga 
keltirilib, asrsiy kismlari paxlaviy tiliga tarjima kilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi 
bilan mashxur. 
 
Afsuski,  “Zand  Avesta”  xam  bizning  zamonimizgacha  to`la  xolda  etib 
kelmagan. Uning bir kismi Iskandar Zulkarnayn yurishlari vaktida, boshka bir kismi 
esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaktida yo`k kilingan. Asarning bizgacha etib kelgan 
kismi,  professor  e.E.Bertel`sning  ma`lumotiga  karaganda,  83  000  so`zdan  iboratdir. 
U  asosan  to`rt  kismdan  –  yasna,  yashtov,  vispered,  vendidad  tashkil  topgan.  Yasna 
tarkibiga kirgan gat deb ataladigan ko`shiklar  “Avesta”ning eng ko`xna va kimmatli 
kismlaridir. 
 
“Avesta”ning  ko`shiklari  va  kissalari  Abulkosim  Firdavsiyning  (taxm.940-
1030 yy.) “Shoxnoma” dostoniga manba bo`lib xizmat kilgan.  
  “Avesta” nisbatan yaxshi o`tganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, e.E.Bertel`s, 
V.V.Struve  va  boshkalar).  U  frantsuz  (Anketel`  dyu  Perron,  Y.Darmsteter),  rus 
(K.A.Kossovich),  ingliz  (L.X.Mayls),  Laniya  (A.Xristensen)  va  fors  (Ibroxam  Pur 
Dovud)  tillariga  tarjima  kilingan.  Uning  Kopengagenda  (Daniya)  saklanayotgan 
yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 ymllari olti jild kilib nashr 
etilgan. 
  “Xvaday  namak”  (“Podshoxnoma”)  kadimgi  Eronning  627  yilgacha  bo`lgan 
ijtimoiy-siyosiy  xayotidan  baxs  etuvchi  afsonaviy  tarixiy  asar  bo`lib,  paxlaviy  tilida 
yozilgan.  Sosoniylardan  Yazdigard  111  (632-651  yy.)ga  yakin  kishi  tomnidan  632-
637  yillar  orasida  yozib  tamomlangan.  Asar  ayniksa  Axamoniylar,  Ashkoniylar  va 
Sosniylar tarixi bo`yicha muxim manbalardan xisoblanadi. 
  “Xvaday namak”ning o`zi xam, mashxur shoir, olim va tarjimon Abdullox ibn 
Mukaffa (721-757 yy.) tarafidan kilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb atalgan) xam 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə