Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81

skiflar,  saklar,  massagetlar,  baktriyaliklar,  yurtimizning  Eron  bilan  bo`lgan 
munosabatlari xakida kimmatli ma`lumotlar bor.   
Diodorning  mazkur  asari  ko`p  jixatlari  bilan  ko`chirma-kompilyatsiya 
xisoblanadi.  Muallif  Efor,  Polibiy  asarlaridan  keng  foydalangan.  Bundan  tashkari, 
ko`p xollarda bayon etilayotgan vokealar uzviy boglanmay kolgan. Shunga karamay, 
bu asar dalillarga boy va katta ilmiy axamiyatga egadir. 
Diodorning  asari  to`la  xolda  bizning  zamonamizgacha  etib  kelmagan.  Uning 
fakat  15  kitobi  -  kadimgi  Shark  xalklarining  tarixi  va  afsonalari  xakida  xikoya 
kiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston xamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan 
avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilshacha bo`lgan tarixini o`z ichiga 
olgan 11-20- kitoblarigina saklangan, xalos. 
Bu  asar  1774-1775  yillari  I.Alekseev  tomonidan  olti  kismda  va  1874-1875 
yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki kism kilib nashr etilgan.  
Pompey  Trog  (  milodgacha  1-milodning  1  asrlari  o`rtasida  yashab  o`tgan)  – 
“Filipp tarixi” asari bilan mashxur bo`lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar 
afsonaviy  Assuariya  podshoxlari  zamonidan  to  Rim  imperatori  Avgust  (miloddin 
avvalgi  63 –  milodning 14-yili) davrigacha  bunyoda bo`lib  o`tgan  vokealarni bayon 
kiladi,  lekin  asosiy  e`tibor  Yunonistonning  makedoniyalik      Filipp  11  (miloddan 
avvalgi  359-336-yy.)  va  Iskandar  Zulkarnayn  davridagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini 
bayon etishga karatilgan. 
Mazkur  asarning  kimmati  shundaki,  u  bir  talay  noma`lum  kitoblarga  suyanib 
yozilgan,  Rim,  Yunoniston  kabi  yirik  davlatlarning  paydo  bo`lishi  va  tarixini  keng 
yoritib  bergan.  Muximi  shundaki,  muallif  bunday  davlatlarning  oxir-okibatda 
inkirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni xarakatga keltiruvchi kuch urf-odat 
va taklir deb xisoblagan. 
“Filipp  tarixi”da  skiflar,  Baktriya,  Iskandar  Zulkarnayn  davrida  Baktriya  va 
So`gdda kurilgan shaxar va katta imoratlar, Iskandar Zulkarnayn vafotidan keyin yuz 
bergan  vokealar,  parfiyaliklarning  kelib  chikishi,  ularning  urf-odatlari,  Parfiya 
podsholigini tashkil topishi, Baktriya, Parfiya va Midiyaning o`zaro munosabatlariga 
oid muxim ma`lumotlar mavjud. 
Pompey  Trogning  bu  asari  Yustin  (11-111  asr)  tarafidan  kiskartirilib  kayta 
ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha etib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili 
chop  kilingan.  Uning  ruscha  tarjimasi  A.A.Dekonskiy  va  M.M.Rijskiy  tomonidan 
“Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan. 
Arrian  Flaviy  (taxminan  95-175-yy.)  –  yirik  yunon  yozuvchisi,  tarixchisi  va 
geograf  olimi,  asoi  Kichik  Osiyoning  Nikomadiya  shaxridan.  U  “Iskandar  xakida”, 
“Parfiyaliklar  xakida”,  “Xindiston”  va  7  jildlik  “Iskandarning  yurishlari”  nomli 
kitoblar muallifidir. 
O`zbekiston 
va 
Eronning 
kadimiy 
tarixini 
o`rganishda 
Arrianning  
“Iskandarning  yurishlari”  nomli  asari  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Unda  fotixning 
O`zbekiston,  Eron  xududlari  va  boshka  mamlakatlarga  istilochilik  yurishlari  tarixi 
batafsil bayon kilingan. 
Asar  panegrizm-maddoxlik  ruxida  yozilgan  –  muallif  Iskandar Zulkarnayn  va 
uning  faoliyatini  ko`klarga  ko`tarib  uluglaydi.  U  ko`pgina  ko`lyozma  manbalar  va 
rasmiy  xujjatlar  asosida  yozilgan  bo`lib,  mavzu  bo`yicha  muxim  va  asosiy 
manbalardan xisoblanadi. 


Arrian  Flaviyning  “Iskandarning  yurishlari”  asari  nemis  (Myuller,  Leyptsig, 
1886 y.) xamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.e.Sergeenko, M.-L., 1962 y.) 
tillarida nashr etilgan. 
Kvint  Kurtsiy  Ruf  (milodning  1  asri)  –  mashxur  Rim  tarixchisi,  Iskandar 
Zulkarnaynning  Eron,  Turon  va  boshka  mamlakatlarga  kilgan  xarbiy  yurishlari 
xakida  10  kitobdan  iborat  “Buyuk  Iskandar  tarixi”  nomli  asar  yozib  koldirgan. 
Muallif  Ptolomey  Lag  va  Iskandar  Zulkarnaynning  safdoshlari  Onesikrit  va 
Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. 
Kvint  Kurtsiy  Rufning  asarida  O`zbekiston  xududining  Iskandar  Zulkarnayn 
ko`shinlari  tomonidan  istilo  kilinishi,  xalklarning  chet  el  boskinchilariga  karshi 
kurashi, xususan, Spitamen boshlik ko`zgolon keng yoritib berilgan.   
“Buyuk  Iskandar  tarixi”  1841  yili  Myuttsel`,  1867  yili  T.Nyol`deke  va  1885 
yili  Fogel`  tomonidan  nashr  etilgan.  Ruscha  yangi  tarjimasi  V.S.Sokolov  taxriri 
ostida chop etilgan (M.,1963 y.). 
Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashxur yozuvchi, tarixshunos olim va 
davlat  arbobi,  79  yili  mashxur  Vezuviy  vulkonining  otilib  chikishi  natijasida  yuz 
bergan umumxalk fojeasi vaktida xalok bo`lgan. 
Gay  Pliniy  Sekund  –  sermaxsul  olim,  20  kitobdan  iborat  “Germanlarning 
urushlari”, ikki  jilddan  iborat  “Pomponiy  Sekundning xayoti”  va  37  kitobdan iborat 
“Oddiy tarix” nomli asarlar yozib koldirgani ma`lum. 
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo`ylari mamlakatlarining bosib 
olinishi  tarixidan  baxs  yurituvchi  “Germanlarning  urushlari”  nomli  asari  bizning 
davrimizgacha  etib  kelmagan,  lekin  u  Korneliy  Tatsitning  (taxminan  56-117-yy.) 
“Colnomalar”  imperator  Oktavian  Avgust  vafotidan  (milodning  14-yili)  Neronning 
xalok  bo`lishigacha  (milodning  68  yili)  bo`lib  o`tgan  vokealarni  o`z  ichiga  oladi 
xamda  “Germaniya”  (unda  german  va  boshka  kabilalarning  tarixi  bayon  etilgan) 
nomli asarlari uchun birinchi manba bo`lgan.  
“Pomponiyning xayoti”da Pliniy sobik boshligi Pomponiy Sekundning xayoti va 
faoliyati xakida xikoya kiladi. Bu asar xam bizning zamonamizgacha etib kelmagan. 
“Oddiy  tarix”  Gay  Pliniy  Sekundning  shox  asari  xisoblanadi  va  unda  antik 
dunyo tarixi, iktisodiy axvoli xamda madaniyati bayon etilgan. Unda miallifning o`z 
manbalariga jiddiy va tankidiy munosabatda bo`lmaganligi, ayrim dalil va vokealarni 
buzib  ko`rsatilganligi  sezilib  turadi.  Bu  kitob  antik  dunyo  tarixi  bo`yicha  keng 
ma`lumot beruvchi komusiy asar sifatida e`tiborga sazovordir. 
“Oddiy  tarix”da  O`zbekistonning  xam  kadimiy  tarixi,  unda  yashagan  xalklar, 
masalan,  skiflar,  Oks-Amudaryo,  Yaksart-Sirdaryo  va  skifcha  joy  nomlari,  tabiiy 
boyliklari, Antioxiya shaxarlarining barpo etilishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. 
Polibiy  (miloddan  avvalgi  201-120-  yy.)  –  yirik  yunon  tarixchisi,  40  kitobdan 
iborat  “Umumiy  tarix”  asari  bilan  mashxur.  Unda  Yunoniston,  Makedoniya, 
Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146- yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini 
o`z  ichiga  oladi.  Umumiy  tarix  yo`nalishida  yozilgan  bu  asarning  katta  kismi 
saklanmagan, bizgacha fakat 1-5- kitoblargina etib kelgan, xalos. 
Polibiyning  “Umumiy  tarixi”  daliliy  ma`lumotlarga  boyligi,  vokealarning 
nisbatan xolisona yoritilishi bilan aloxida axamiyatga egadir. 
Unda  Oks  –  Amudaryo  va  Yaksart  –  Sirdaryo  xakida,  Antiox  1  ning  Baktriya 
podshoxi Eftidemga karshi xarbiy yurishi xakida muxim ma`lumotlar bor. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə