Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81

bizgacha  etib  kelmagan.  Lekin  uning  ayrim  parchalari  Ya`kubiy  (897  yoki  905  yili 
vafot etgan), ibn Kutayba (828-889 yy.), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek Abulkosim 
Firdavsiyning “Shoxnoma”sida saklangan. 
  “Matakdani xazar datastan” (“Bir ming nafar xukukiy ajrim”) paxlaviy tilida 
yozilgan  (U111  asr)  bo`lib,  unda  Eronning  Sosoniylar  davridagi  davlat  tuzulishi  va 
uning  ijtimoiy  xayoti  xakida  kimmatli  ma`lumot  bor.  Asarning  fakat  ayrim 
kismlarigina  saklangan.  Mitropolit  Ishobaxt  kilgan  suryoniycha  tarjima  (U111  asr) 
saklangan).  Inglizcha  tarjimasi  S.Y.Bulsara  tomonidan  chop  etilgan  (Bombay,  1937 
y.). 
  Geografik asarlardan “Shaxristonxoyi Eron” (“Eron  shaxarlari xakida risola”) 
Eronning  Sosoniylar  davridagi  geografik  xolati  va  ularning  bunyod  etilishi  xakida 
ma`lumot  beradi.  “Ajoyib  as-Sakiston”  (“Sakiston  viloyatining  ajoyibotlari”  nomli 
asar  Eronning  ko`xna  viloyatlaridan  Sakiston  (Seiston)ga  bagishlangan.  Bu  ikkala 
asar  xam  paxlaviy  tilida,  U111  asrning  ikkinchi  yarmida  yozilgan.  “Shaxristonxoyi 
Eron”ning  matni  va  kiskacha  inglizcha  tarjimasi  J.Asana  xamda  Modi  tomonidan 
1897 va 1899 yillari Bombayda chlp etilgan. 
  Kadimgi  Eronning  ijtimoiy-siyosiy  xayotiga  oid  ayrim  ma`lumotlarni 
“Kornomayi  Artashir  Papakan”  (“Artashir  Papakanning  ishlari  xakida  kissa”), 
“Mazdak  namak”  (“Mazdak  xakida  kissa”),  “Ayatkari  zariran”  (“Zarira  xakida 
rivoyat”), “Podshox Xusrav va uning maxrami” kabi tarixiy kissalarda uchratamiz. 
  Sosoniylar 
lavlati 
ichki 
va 
tashki 
siyosati 
asoslarini 
o`rganishda 
“Andarznoma”(“Nasixatnoma”)  xamda  “Tojnoma”  kabi  etik  -  didaktik  xarakterdagi 
asarlarning xam kimmati kattadir. 
“Shoxnoma”  Abulkosim  Firdavsiy(taxm.  940-1030  yy.)  kalamiga  mansub 
“Shoxnoma” asari uch kism va 65 ming baytdan iborat doston bo`lib, u 976 – 1011 
yillar orasida yozilgan. 
Uning  birinchi  kismi  afsonaviy  bo`lib,  “Avesta”  materiallariga  asoslanib 
yozilgan  va  Eron  xamda  Turon  xalklarining  diniy  akidalari  va  rivoyatlaridan  baxs 
yuritadi. 
Asarning  ikkinchi  va  uchinchi  kismlari  muxim  xisoblanadi.  Ikkinchi  kism 
kaxramonlik  dostoni  bo`lib,  kadimgi  Eron  podshoxlari  va  ular  zamonida  o`tgan 
kaxramonlar Rustam va Kova siymolari talkin kilingan.  
“Shoxnoma”ning uchinchi kismi tarixiy doston bo`lib, unda Eron va Turonning 
zardushtiylikning  paydo  bo`lishidan  to  arablar  istilosigacha  bo`lgan  siyosiy  xayoti 
talkin etilgan. 
“Shoxnoma”ning  ko`lyozma  nusxalari  ko`p  mamlakatlarning  kutubxonalarida, 
shuningdek  O`zR  FA  Abu  Rayxon  Beruniy  nomidagi  Sharkshunoslik  institutida 
saklanmokda.  Asarning  to`la  matni  Xindiston  (1829  y.),  Frantsiya  (1838-1878  yy.), 
Olmoniya  (1877-1884  yy.),  Eron  (1934-1936  yy.)  va  Rossiyada  (1960-1971  yy.) 
chop etilgan, rus va o`zbek tillariga tarjima kilingan. 
“Shoxnoma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadkikot ishlarini Boysungur 
Mirzo  ibn  Shoxrux  Xirotda  olib  borgan.  Ko`p  tarixchilar,  xususan  Muxammad 
Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko`pligini 
kayd etgan.   
 
Kadimgi xind manbalari 


Saklar, massagetlar, toxarlar va kadimgi Kanxa xalki, ularning ijtimoiy-iktisodiy 
xayoti  xakidagi  kimmatli  ma`lumotlarni  xindlarning  epik  dostoni  “Maxabxarata”da 
xam uchratamiz.  
“Maxabxarata”(“Bxarata  avlodlari  jangnomasi”)  sanskrit  tilida  yozilgan  bo`lib, 
100  ming  baytni  o`z  ichiga  olgan  18  uitobdan  iborat.  Afsonaviy  shox  Bxarataning 
ikki  toifa  avlodlari  kavravlar  va  nandavlarning  o`zaro  adovatlari  va  urushlari  bayon 
etiladi. U miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan. 
Asarda masalan, uzok Xindistonga, fikrimizcha savdo-sotik ishlari bilan borgan 
saklar,  toxarlar  va  kanxalar  xakida  mana  bu  muxim  ma`lumot  keltirilgan:  “Uning 
(podshox Yudxishtraning) eshigi oldida boshka xalklar bilan birga saklar, toxarlar va 
kanxaliklar  xam  navbat  kutib  turardilar.  Paxmok  sokol,  peshonalari  shoxlar  bilan 
bezatilgan, ko`llarida turli-tuman sovgalar, jun, rangu, ipak va patta (ok kayinning bir 
turi)  daraxti  tolasidan,  shuningdek,  kamyob  matolardan,  paxtadan  to`kilgan 
gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o`tkir kilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, 
xar xil boltalar, ichimliklar, xushbo`y narsaoar, turli-tuman kimmatbaxo toshlar”. 
 
Kadimgi Yunon va Rim manbalari 
O`zbekistonning  kadimgi  va  antik  davrdagi  tarixini  o`rganishda  kadimgi 
Yunoniston  va  Rim  tarixchilari  xamda  geograf  olimlarining  asarlari  muxim  manba 
bo`lib xizmat kiladi. Kuyida ulardan ayrimlari xakida ma`lumotlarni keltiramiz. 
Geradot  (miloddan  avvalgi  490-480  yillar  o`rtasi  –  425  y.)  –  yirik  komusiy 
olim,  tarix  fanining  “ota”si,  asli  Kichik      Osiyoning  Galikarnas  shaxridan,  455-447 
yillari evropa, Osiyo va Misr bo`ylab sayoxat kilgan. 
Geradot Ellada va Shark mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Elon va 
Skifiya)ning kadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-
siyosiy xayotidan xikoya kiluvchi 9 uitobdan iborat  “Tarix” nomli asari bilan shuxrat 
topgan.  Bu  asar  umumiy  tarix  yo`nalishida  yozilgan  birinchi  kitob  xisoblanadi.  Shu 
tufayli  xam  Xeradot,  Tsitseronnning  (miloddan  avvalgi  106-43  yy.)  so`zlari  bilan 
aytganda, tarix fanining “ota”si xisoblanadi. 
Geradot  garchi  o`zi  bayon  etayotgan  vokealar  ustida  chukur  muloxaza 
yuritmasa  xam,  ularni  to`gri  bayon  etishi,  o`zga  xalklar  va  mamlakatlar  tarixiga 
xurmat nuktai nazaridan karashi bilan ba`zi tarixchilardan ajralib turadi. 
Geradotning  asarida  O`zbekistonning  kadimiy  xalklari  bo`lmish  agrippiylar, 
issedondar,  massagetlar,  daylar  va  saklar  xakida,  ularning  turmushi,  urf-odatlari 
xamda  ko`shni  mamlakatlar  bilan  alokalari  xakida  kimmatli  ma`lumotlarni 
uchratamiz. 
“Tarix”ning  Shteyn  tarafidan  tayyorlangan  tankidiy  matni  1869-1871  yillarda 
chop  etilgan.  Asar  ingliz  (Roulinson,  London,  1856-1860  yy.)  xamda  rus  (F.G. 
Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima kilingan. 1982 yilda asarning 
mamlakatimiz  tarixiga  oid  kismlari  zarur  izoxlar  bilan  A.I.Davatur,  D.P.Kallistov 
xamda I.A.Shishova  tomonidan yangidan nashr etilgan. 
Diodor  (miloddan  avvalgi  90-21-yillar)  yirik  tarixchi  olim,  asli  Sitsiliyaga 
karashli  Argiriya  shaxridan.  U    “Tarixiy  kutubxona”  nomli  40  kitobdan  iborat  asar 
yozib  koldirgan.  Umumiy  tarix  yo`nalishida  yozilgan  bu  asar  asosan  Yunoniston  va 
Rimning  kadim  zamonlaridan  to  milodning  1  asr  o`rtalarigacha  bo`lgan  tarixini  o`z 
ichiga  oladi.  Unda  Shark  xalklari,  shuningdek,  O`zbekistonning      kadimiy  xalklari 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə