Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81

Fargona  viloyatlarini,  shuningdek    ettisuv  va  Koshgargacha  bo`lgan  erlarni  bosib 
oldi. 
Arab  istilosi  O`zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  tarakkiyotiga  katta 
zarar etkazdi, ko`plab katta va boy shaxarlarning kuli ko`kka sovurildi, ming-minglab 
kishilarning “yostigi kuridi”, Marv, Buxoro, Samarkand va Xorazm kutubxonalarida 
saklanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`k kilindi. 
Arab  istilochilari  maxalliy  xalklarni  xam  majburan  islom  diniga  kiritdilar, 
mexnatkashlar  zimmasiga  ogir  soliklar  va  jarimalar  –  xiroj,  jizya,  zakot  yuklatildi, 
axolining yarim mulki arab ko`shini foydasiga musodara kilindi. 
O`zbekiston  xalklari  arab  istilochilari  zulmiga  karshi  bir  necha  bor  ko`zgolon 
ko`tardilar.  VIII  asrning  o`rtalarida  bo`lgan  Isxok  turk  ko`xgoloni,  769-776-  yillari 
butun  Movarounnaxrni  larzaga  solgan  Mukanna  (783  yili  o`ldirilgan)  boshchiligida 
bo`lib o`tgan ko`zgolon, 806 yili Rafi` ibn Lays boshchiligida So`gdda bo`lib o`tgan 
dexkonlar ko`zgoloni shular jumlasidandir. 
Arab  xalifaligi  tarkibiga  kirgan  xalklarning  iktisodiy  va  madaniy 
tarakkiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jixatdan bir xil emasligi, ular o`rtasidagi 
iktisodiy  va  madaniy  alokalarning  zaifligi,  ayniksa,  er-suv  va  boylikning  tobora 
maxalliy  boshliklar  ko`lida  to`plana  borishi  va  nixoyat,  maxalliy  axoli  va 
boskinchilar  o`rtasidagi  ziddiyatlarning  tobora  kuchayib  borishi  xalk  xarakatlari  va 
o`zaro  kurashni  kuchaytirib  yubordi.  Bu  xol,  o`z  navbatida,  arab  xalifaligining 
inkirozini  tezlashtirdi.  IX  asrning  birinchi  choragida  uning  zaminida  mustakil 
maxalliy davlatlar paydo  bo`ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda 
Aliylar  (864  y.),  Xurosonda  Toxiriylar  (821  y.),  Seistonda  Safforiylar  (867  y.)  va 
nixoyat,  Movarounnaxrda  Somoniylar  (819  y.)  xokimiyat  tepasiga  keldilar.  Boshka 
o`lkalarda  xam  shunday  axvol  yuz  berdi.  Kiskasi,  935  yildan  boshlab  Abbosiylar 
xalifalikda o`z siyosiy mavkelarini tamoman yo`kotdilar va nomigagina xalifa bo`lib 
koldilar.  
Kadimgi  Turk  manbalari  orasida  XVII  asrda  Sibir`  xamda  Mo`gilistonda, 
Oltoy  xamda    O`zbekistonda  topilgan  runiy  bitiklar  aloxida  kiymatga  ega.  Bu 
yozuvlarning etti guruxi – Lena – Baykalbo`yi bitiklari, enisey, Mo`guliston, Oltoy, 
Sharkiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma`lum. Bu bitiklar O`zbekiston xalklarining 
arablar  istilosi  arafasidagi  ijtimoiy-siyosiy  xamda  madaniy  xayotini  o`rganishga 
yordam beradi. 
Enisey  bitiklari  mashxur  rus  xaritashunos  olimi  S.U.Remezov  (taxminan 
1642-1720-yy.)  tarafidan  XVII  asr  oxirida  enisey  xavzasi  (xozirgi  Xakas  avtonom 
viloyatiga  karaydi)  topilgan.  Undan  keyin  bu  xakda  shvktsiyalik  xarbiy  asir 
F.Stralenberg (Tabbert) ma`lumot beradi. U enisey xavzasidagi kabrtoshlardan toshga 
o`yib  yozilgan  notanish  xatlarni  topgan.  Bu  yozuv  xakidagi  ma`lumotlar  birinchi 
marta  o`tgan  asrning  birinchi  choragida  “Cibirskiy  vestnik”  jurnalida  e`lon  kilindi. 
1889 yili fmn olimlari eniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar. 
Mo`gulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyukuk, Kul tegin, Bilga xokon 
va  Ongin  muxim  o`rin  tutadilar.  To`nyukuk  bitigi  Ulan-Batordan  66  km  janubi-
sharkda,  Bain  Tsokto  manzilida  joylashgan va ikkinchi turk xokonligining  asoschisi 
Eltarish xokonning (681-691-yy.) maslaxatchi sarkarda To`nyukukka atalgan va 712-
716 yillari yozilgan. 1897- yili rus olimi D.A.Klements (1848-1914) va uning xotini 
elizaveta Klementslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899 y.), V.Tomsen (1922 y.), 
X.Sheder  (1924  y.),  D.Ross  (1930  y.)  xamda  G.Aydarov  (1971)  tarafidan  yaxshi 


o`rganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop 
etilgan.  Obida  G.A.Abduraxmonov  xamda  A.Rustamov  tomonidan  o`zbek  tiliga 
kiskacha tarjima kilingan (1982 y.). 
Kul tegin bitigi. Bilga xokonning (716-734 yy.) inisi Kul tegin (731- yili vafot 
etgan)  sharafiga  yozilgan.  Mo`gulistonning  Kosho  Tsaydan  vodiysida  Ko`kshin 
O`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrintsev (1842-1894 
yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. 
Bitik  V.V.Radlov  (1891  y.),  A.Xeykel  (1892  y.),  V.Tomsen  (1896  y.), 
P.M.Melioranskiy  (1897  y.),  X.Sheder  (1924  y.),  S.e.Malov  (1951  y.),  G.Aydarov 
(1971  y.)lar  tomonidan  nemischa,  frantsuzcha,  ruscha  tarjimalarda  chop  etilgan. 
G.A.Abduraxmonov  va  A.Rustamov  tomonidan  o`zbek  tiliga  kilingan  kiskacha 
tarjimasi (1982 y.) xam bor. 
Bilga xokon bitigi. Kul tegin bitigidan 1 km janubi-garbda  - Ko`kshin O`rxun 
daryosi  xavzasida  topilgan  bu  obida  735  yili  bitilgan.  Uni  V.V.Radlov,  S.e.Malov, 
P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan o`rganilgan va chop etilgan. 
Ongin  bitigi  Mo`gulistonning    Kosho  Tsaydan  vodiysidan  topilgan  va  kimga 
atalganligi  anik  ma`lum  emas.  Ba`zi  fikrlarga  karaganda,  yukorida  tilga  olingan 
Eltarish  xokon  va  uning  xotini  Elbiyga  xotun  sharafiga  ko`yilgan  (735  y.),  boshka 
fikrga  ko`ra  Kopagon  xokonga  (691-716-yy.),  yana  bir  ma`lumotga  (J.Klosson) 
karaganda Bilga xokonning xarbiy boshliklaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda 
o`lgan) sharafiga ko`yilgan. 
Obida  1892  yili  V.V.Radlov  tarafidan  (estompaji)  va  1957  yili  J.Kloson 
tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadkikot bilan nashr kilingan.  
Bulardan  tashkari,  Karabalsagun  shaxri  (Ulan-Batordan  taxminan  400  km 
janubda joylashgan kadimiy shaxar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Cho`yren, Beyshin-
Udzur, Bayan-Xo`ngur va boshka joylardan topilgan yozuvlar xam muximdir. 
Oltoydan  topilgan  bitiklardan  Chorish,  Katandi  daryolari,  Ko`shogoch  xamda 
togli  noxiyalaridan  topilgan  bitiklarni  aytib  o`tish  mumkin.  Bular  O`rxun-enisey 
bitiklaridan  fvrkli  o`larok,  etnografik  materialga boydir.  Oltoydan  topilgan  yozuvlar 
P.M.Melioranskiy,  E.R.Tenishev,  A.K.Borovkov,  K.Seydakmatov,  V.M.Nadelyaev 
xamda D.D.Vasil`ev tomonidan e`lon kilingan. 
Sharkiy  Turkistondan  topilgan  bitiklar  orasida  Turfon  voxasidagi  gorlarga 
joylashgan  ibodatxona  devorlariga  yozilgan  bitiklar  aloxida  o`rin  tutadi.  Bitiklar 
V.Tomsen tarafidan chop kilingan. 
Kozogiston xamda Kirgizistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- yillarida 
topilgan)  xali  chukur  o`rganilmagan.  Bular  orasida  Talas  voxasidagi  (Ayritom, 
Teraksoy, Kulonsoy, Toldiko`rgon, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota, Tolgar, Tinbas va 
xokazo) topilgan bitiklar muxim ilmiy axamiyat kasb etadi. 
Kozogiston  xamda  Kirgiziston  xududidan    topilgan  bitiklarning  ba`zilari 
S.Sodikov,  M.e.Masson,  A.N.Bernshtam,  A.S.Omanjolov,  G.Musaboev,  Ch. 
Jumagulov xamda G.Karagulovalar tomonidan e`lon kilingan. 
Kadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Fargona, Oloy 
vodiysi xamda Janubiy O`zbekiston va Tojikiston xududidan, ya`ni Bekobod, Isfara, 
Margilon,  Fargona,  Andijon,  Kuvasoy,  O`sh,  O`zgand,  Kofirnixon,  shuningdek 
So`gddan  xam  topilgan  va  A.N.Bernshtam,  B.A.Litvinskiy,  V.A.Bulatova, 
E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o`rganilgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə