Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81

xayotiga  tasavvur  ta`limoti  katta  ta`sir  o`tkazganini  ko`ramiz.  Chunki,  e`tikod 
yuzasidan Sayyid Xasan Ardasher davlat lavozimidan voz kechgen shaxsdir.  
Sayyid  Xasan  Ardasher  nomini  Alisher  Navoiy  o`zining  «Majolis  un-nafois», 
«Nasoyim ul-muxabbat» asarlarida chukur xurmat bilan yod etadi. Umuman, «Xoloti 
Sayyid  Xasan  Ardasher»  risolasi  Temuriylar  davri  ijtimoiy-madaniy  xayotini  aks 
ettirgan  muxim  tarixiy  manbadir.  Unda  Alisher  Navoiy  o`zining xayotida  juda katta 
rol o`ynagan katta zamondoshi Sayyid Xasan Ardasherga munosib tarixiy  yodgorlik 
o`rnatadi.  
 
«Xoloti Paxlavon Muxammad» risolasi 
Alisher  Navoiyning  beshinchi  tarixiy  asari  xam  memuar  biografik  xarakterdagi 
risola bo`lib, unda o`sha davrning eng mashxur va benazir kurashchisi va turli fanlar 
bilimdoni  to`grisidagi  «Xoloti  Paxlavon  Muxammad»dir.  Alisher  Navoiy  «Majolis 
un-nafoyis» asarida ushbu shaxs to`grisida kuyidagi ma`lumotni keltiradi: «Paxlavon 
Muxammad  Kushtigirkim,  ko`p  fazoyil  bila  orastadurkim,  kushti  bovujud  ulkim, 
uning  andok  xak  va  mulkidurkim,  ma`lum  emasikm,  xargiz  bu  fanda  andok  paydo 
bo`lmish  bo`lgoy.  O`zga  fazoyiliga  ko`ra  va  din  martabasidur,  musikiyda  idvor 
ilmida  davrining  benaziridur,  chun  kamoloti  izxor  min  ash-shamsdur,  sharx  kilmok 
extiyoj ermas».  
Risolada biz Paxlavon Muxammadning o`z davrining benazir kishisi bo`lganligi, 
kirk  yil  davomida  alisher  Navoiyga  mexribonchilik  ko`rsatganligi,  favkulodda 
xotiraga  egaligi,  barcha  zamondoshlari  izzat  xurmatiga  sazovor  bo`lgan,  yuksak 
axlokiy  fazilatlarga  ega  kurashchi  ekanligini  ko`ramiz.  Uni  barcha  kechik 
zamondoshlari, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza Muxammad 
Xaydar xam ajoyib kurashchi va oliyjanob inson, bastakor ekanligini tasdiklaydilar.  
Bu  asarda  temuriylar  davri  XV  asr  ikkinchi  yarmi  madaniy  xayotiga  oid 
kimmatli  ma`lumotlar  keltirilishi  bilan  muxim  xususiyat  kasb  etadi.  Bu  risola  xam 
avvalgi «Xamsat ul-mutaxayyirin» va «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» kabi XV asr 
ikkinchi yarmi Temuriylar davri tarixi to`grisidagi kimmatli manbadir.  
Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashkari Alisher Navoiy kuyidagi 
asarlari, ya`ni «Maxbub ul-kulub», «Majolis un-nafois», «Munshaot», «Nasoyim ul-
muxabbat»  va  xatto  sof  lingvistik  xarakterdagi  «Muxokamat  ul-lugatayn»  asarida 
xam tarix ilmi uchun muxim ma`lumot bor.  
Alisher  Navoiy  tarixchi  olim  sifatida  asarlarida,  xususan  «maxbub  ul-kulub»da 
ijtimoiy guruxlar to`grisidagi muloxazalarni bayon etgan, «Majolis un-nafois» asarida 
450  dan  ortik  davlat  arbobi  shoir  va  san`at  shaydolari  xakida,  «Nasoyim  ul-
muxabbat» asarida esa 750 dan ziyod avliyolar to`grisdagi ma`lumotlar keltirilgandir.  
«Vakfiya»  asarida  esa  Alisher  Navoiyning  kanday  mol-mulk  egasi  bo`lgani, 
xamda  ularni  jamiyat  uchun  vasiyat  kilganligi  bayon  etiladi.  Alisher  Navoiyning 
«Munshaot»  asari,  xamda  u  tartib  bergan  «Murakka`  Mir  Alisher»da  jamlangan 
maktublar  mazmuni,  Alisher  Navoiyning  xayoti  va  faoliyati  turli  kirralarini  va  o`z 
davri  ijtimoiy,  siyosiy  va  madaniy  xayotini  yoritishda  juda  katta  tarixiy,  ilmiy 
axamiyatga ega xujjatlardir.  
U  tartib  bergan  Xoja  Ubaydullox  Axror,  uning  muridlari  va  Abduraxmon 
Jomiyning  dastxat  maktublarini  tartibga  keltirib,  maxsus  «Murakka`  Mir  Alisher» 
nomli dastxat avtograflardan iborat kimmatli 594 ta maktubni kitob xoliga keltirgizib, 
bizga  meros  koldirgan.  Ushba  murakka`  asosida  doutorlik  dissertatsiyasini  yozib 


sharkshunos  Asomiddin  O`rinboev  tarix  fanlari  doutori  degan  unvonga  ega  bo`ldi. 
Keyingi yillarda olim ular to`grisida rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob 
chop  etib  Alisher  Navoiyning  tarix  soxasidagi  ko`rsatgan  xizmatini  dunyoga 
namoyish etdi.  
 
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð.    
q. Àëèøåð Íàâîèéíèíã òàðèõãà îèä 3àéñè àñàðëàðèíè áèëàñèç?  
w. «Òàðèõè àíáèå âà õóêàìî» àñàðè íèìàãà áà2èøëàíãàí?  
e. «Òàðèõè ìóëóêè Àæàì» àñàðèäà 3àéñè ñóëîëàð õà3èäà ñóç áîðàäè?  
r. «Õàìñàò óë-ìóòàõàééèðèí» àñàðè êèìãà áà2èøëàíãàí?  
t. «Õîëîò Ñàééèä Õàñàí Àðäàøåð» àñàðè êèì òó2ðèñèäà?  
y. «Õîëîò Ïàõëàâîí Ìóõàììàä» àñàðè ìàçìóíèíè ñóçëàá áåðèíã?  
 
11-mavzu. O`zbekistoning XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi fors tilidagi 
manbalar 
 
Reja: 
1. Muxim ijtimoiy siyosiy vokealar.   
2. Fors tilidagi manbalar. 
3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.  
4. Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.  
 
Asosiy  tushunchalar:  manbalar,  ashtarxoniylar,  mangitlar,  minglar,  Buxoro 
amirligi, Ko`kon xonligi, Xiva xonligi.  
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
“O`kituvchi”. 1993.  
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.  
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. 
(Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. 
7. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994.  
8.  Manbashunoslikdan  ma`ruzalar  majmuasi.  Tuzuvchi  A.A.Madraimov.-T.,  TDPU, 
2001.  
 
 
 
Fors tilidagi manbalar. 
“Fatxnoma”  nomli  tarixiy  mavzudagi  she`riy  doston  mualifi  Mulla  Shodiydir. 
Uning  xayoti  va  ilmiy  –adabiy  faoliyotiga  oid  ma`lumotlar  juda  kam. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə