|
![](/i/favi32.png) Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligibu ishni asrlar davomida bajarib keladi). Ya’ni adabiyotshunoslik badiiyDilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish olbu ishni asrlar davomida bajarib keladi). Ya’ni adabiyotshunoslik badiiy
so‘z san’ati yutuqlarini ochib beradi va umumlashtiradi. Endi
adabiyotshunoslikdan ozmi-ko‘pmi xabari boigan odamning va undan
mutlaqo xabarsiz odamning badiiy ijodga qo‘l urgani yoki badiiy
asar mutolaasiga kirishganini tasavvur qiling. Ulardan qaysi birining
harakatlari ko‘proq samara beradi? Tabiiyki, adabiyotshunoslikdan
xabardor kishining harakatlari samaraliroq boMadi, chunki u
«qaytadan velosiped kashf etish»dan qutuladi. Albatta, bunda kishining
iqtidor darajasi, tug‘ma iste’dodi ham katta ahamiyatga molik. Biroq,
birinchidan, o ‘sha tug‘ma iste’dod degan narsa ham genlar bilan
bogMiq, ya’ni undagi iste’dod ajdodlari to‘plagan bilimu tajribalaming
qaymogMdir. Ikkinchi tomondan, tug‘ma iste’dodlar barmoq bilan
sanarli, shunday ekan, adabiyotshunoslik ommaning badiiy didini
tarbiyalashda ham, badiiy tafakkur rivojida ham sezilarli ahamiyat
kasb etaveradi.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy adabiyotga
taalluqli muammolami atroflicha va chuqur ilmiy o‘rganish —
adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan ilmiy xulosa va
umumlashmalari orqali badiiy adabiyot taraqqiysi, badiiy tafakkur
rivojiga xizmat qilish, badiiy did tarbiyasiga ta’sir o‘tkazish uning
maqsadidir.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon
adabiyotshunoslik fani uchta asosiy tarkibiy qismdan, uchta asosiy
sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy
tanqid. Mazkur sohalaming har biri adabiyotshunoslikning muayyan
masalalar majmuini o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu bilan birga,
mazkur sohalar o‘zaro mustahkam aloqada boMib, biri ikkinchisini
Dostları ilə paylaş: |
|
|