Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Islomda yo`nalishlarning vujudga kelishi



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə13/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Islomda yo`nalishlarning vujudga kelishi.

Javob: 632 yilda Payg‘ambar vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. Birinchi xalifa Abu Bakr bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib bo‘ldilar. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va bo‘linishlar bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Usmonni uyiga bostirib kiradilar va xalifani o‘ldiradilar. Xalifaning o‘ldirilishi xalifalikda urushini keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar kuchayadi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jang nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi. Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi. Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi. Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi. SHahristoniy esa Payg‘ambar tiriklik vaqtidayoq sahobalar orasida tafovut boshlanganini aytadi. Xorijiylar va shialar firqalaridan islomda bid’at, firqachilik va adashishlik boshlandi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada paydo bo‘ldi: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada. SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linib ketish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishi ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslikdan, keyingi shialik esa xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilardan bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad payg‘ambar (a.s.) hadislaridan javob topiladi. Bir necha hadislarni keltirib, shu asosida islom ummatining bo‘linishini aytib o‘tishgan. Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida. Sahobalar: «Najot topadigan firqa qaysi», deb so‘raganda. Payg‘ambar: «Men bilan sahobalarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi. «Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobalarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, u agar vafot etsa janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohni sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo.



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə