Доноры крови


XII omil – Xageman omili. Glikoprotein, shikastlangan to‘qimalar yuzasida faollashadi. Bunga XI omil yordamlashadi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#130634
1   2   3   4   5
GEMOSTAZ (2)

XII omil – Xageman omili. Glikoprotein, shikastlangan to‘qimalar yuzasida faollashadi. Bunga XI omil yordamlashadi.

XIII omil – fibrinni me‘yorida tutib turuvchi omil. Suvda erimaydigan fibrin hosil bo`lishida ishtirok etadi.

Qon ivishining aytib o‘tilgan 13 ta plazma omillaridan tashqari, yana 12 ta trombotsitar omil mavjud. Ular arab raqamlari bilan belgilanadi.

Qon ivishining aytib o‘tilgan 13 ta plazma omillaridan tashqari, yana 12 ta trombotsitar omil mavjud. Ular arab raqamlari bilan belgilanadi.

Qon ivishini ta‘minlovchi omillarning hammasi tomirlardagi qonda mavjud bo`lishiga qaramay, u ivib qolmaydi. Bu qonda ivish tizimi bilan bir qatorda, uning ivishini oldini oluvchi tizim borligiga bog‘liq. Antitromboplastinlar, antitrombinlar va geparin birlamchi anntikoagulyantlarni tashkil qiladi.

IKKILAMCHI GEMOSTAZ Koagulyatsion gemostaz

Birinchi bosqich – tromboplastin hosil bo`lishi bosqichi. Tromboplastin deganda qonning protrombinni trombinga aylantiradigan fermentativ faolligini tushunish kerak. “Tromboplasti” so‘zi o‘rniga “Trombokinaza” atamasi ham ishlatiladi. Tomirda yurgan qonda tromboplastin bo`lmaydi. U qon plastinkalari parchalanganda (qon tromboplastini) yoki to‘qimalar shikastlanganda (to‘qima tromboplastini) ajraladigan yog‘simon (lipid) omil va plazma omillari ishtirokida hosil bo`ladi.

Ikkinchi bosqich – trombin hosil bo`lishi. Tromboplastin plazmada uchraydigan oqsil protrombinga nisbatan proteolitik faollikka ega. Protrombin α2-globulin bo`lib,

molekulyar massasi 66800. Plazmada 10-15 mg% protrombin bor. U jigarda sintezlanadi va bu jarayon K vitaminiga muhtoj. Shuning uchun K vitamini yetishmaganda, qonning

ivishi buziladi. Protrombin tromboplastin ta‘sirida Ca2+ ionlari hozirligida trombinga aylanadi. Trombin – peptidaza, u fibrinogenni qisman parchalash qobiliyatiga ega.

Uchinchi bosqich – fibrin hosil bo`lishi. Fibrin hosil bo`lishining birinchi bosqichida fibrinogen (m. m – 340000) trombin ta‘sirida ikki nimtaga bo`linadi. Bu nimtalardan o‘z navbatida ikkita aminopeptid – A va B ajraladi. Nimtalarning qolgan qismlari fibrin_x0002_monomer, deb ataladi. Fibrin-monomerning molekulalari bir qatorga tizilib, polimerizatsiyaga uchraydi. Polimerizatsiya uchun plazma omili fibrinopeptid A va kalsiy kerak. Fibrin-polimer gelni hosil qiladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə