Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72

92
3)  genlar  dreyfi  (siljishi)  —  genlar  chastotasining  tasodifiy
tebranishiga;
4) tabiiy tanlanish — genetik belgilar moslashuviga jalb etiladi.
Demak, odam irsiyati, genofondi va genotipini muhofaza etish
uning biologik tur sifatida mavjudligini ta’minlaydi.
Odam evolutsiyasiga uning atrofida yaratilgan sun’iy muhit o‘z
ta’sirini  ko‘rsatadi.  Odam  buyuk  yaratuvchi  sifatida  o‘zi  uchun
qulay yashash muhiti — sun’iy shahar (urbanizatsiya) tizimlarini
vujudga keltirgan. U o‘zi uchun, hayvonlardan farq qilgan holda
keng ekologik maskan sharoitlarini yaratgan. Biroq atrof-muhit-
ning turli omillar ta’sirida majmuaviy ifloslanishi odamning yangi
sharoitlarga  (maskanga)  moslashish  imkoniyatlarini  cheklaydi.
Bunday  nomuvofiqlik  natijasida  qattiq  hayajon  (stress)  holati
vujudga kelib, odamning kasallanishi yoki genetik buzilishlar ro‘y
berishi mumkin. Shu sababli, odamning yashash muhiti sharoiti
uning salomatligi holati bilan o‘lchanadi va baholanadi.
Yerdagi jami odam insoniyat (sotsium)
deb ataluvchi populatsiya tizimini hosil qi-
ladi. Mazkur populatsiyaning o‘sishi tabiiy
resurslar  va  hayot  shart-sharoitlari,  ijti-
moiy-iqtisodiy va genetik mexanizmlar bilan cheklangan. Biroq
odam  mazkur  cheklovchi  omillarni  bilgani  holda  ularning  aha-
miyatiga yetarlicha e’tibor qaratmayapti.
Yerda  aholi  sonining  o‘sishi  uzluksiz  davom  etmoqda.  Agar
o‘tgan asrning 60-yillarida sayyoramizda 3 mlrd.dan ortiq aholi
yashagan bo‘lsa, hozirgi kunda 7 mlrd.dan ko‘p aholi istiqomat
qiladi. O‘tgan asrning 60-yillarida aholining yillik o‘sishi 50 mln
kishini tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda 100 mln kishidan ortib
ketgan. Bu odam populatsiyasining «demografik portlash» holatida
ekanligidan darak beradi. Boshqacha ifodalasak, bundan taxminan
9 ming yil oldin Yerda 10 mln odam yashagan bo‘lsa, eramizning
boshlarida 200 mln, XVII asr o‘rtalarida esa 500 mln kishiga yetgan.
Odam o‘z hayotida cheklovchi omillar ta’sirini kamaytira bo-
rib, shu tariqa XIX asr o‘rtalarida o‘z populatsiyasi sonini mil-
Odam populatsiyasi
tavsifi


93
liard miqdoriga yetkazdi. XX asrda ro‘y bergan turli kasalliklar,
ochlik, urush kabi mahalliy va mintaqaviy halokatlarga qaramasdan
odam  texnologik,  ijtimoiy  va  madaniy  o‘zgarishlar  yordamida
yashashga qulay hayot muhitlarini vujudga keltirdi va oqibatda,
dunyo aholisi soni hozirgi kunda ham to‘xtovsiz oshib bormoqda.
Demograf  olimlarning  bashoratiga  ko‘ra,  aholining  o‘sish
sur’ati  hozirgidek  saqlanib  qolsa,  XXI  asrning  40—50-yillarida
jahon  aholisi  soni  odam  populatsiyasining  eng  so‘nggi  biologik
sig‘imiga (12—15 mlrd kishi) yetib keladi, bu esa, o‘z navbatida,
odam  populatsiyasi  hayotida  muayyan  qiyinchiliklarni  keltirib
chiqarishi mumkin.
Resurs  —  odamning  o‘z  ehtiyojlari  va
istaklarini qondirish maqsadida tabiiy mu-
hitdan oladigan barcha narsalari. Odam eh-
tiyojlarini shartli ravishda moddiy va ma’na-
viy ehtiyojlarga ajratish mumkin.
Òabiiy resurslar — odamning moddiy farovonlik va sifatli hayot
kechirishi yo‘lida foydalanadigan tabiiy obyektlar va hodisalar. Òabiiy
obyekt va hodisalar — odam tomonidan resurs sifatida foydalaniladigan
turli  xil  jismlar  va  tabiat  kuchlari  majmuyi.  Boshqacha  aytganda,
inson tomonidan foydalaniladigan tabiiy resurslar ahamiyati, kelib
chiqishi va foydalanish usullariga ko‘ra xilma-xildir:
I. Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, biologik, mineral va ener-
getika resurslari farqlanadi.
Biologik  resurslarga  barcha  tirik  mavjudotlar:  produtsentlar,
konsumentlar  va  redutsentlar  mansub  bo‘lib,  ular  odamlarning
moddiy va ma’naviy farovonlik manbayidir. Ularga ovchilik obyekt-
lari, madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari, go‘zal landshaftlar, mik-
roorganizmlar va tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi kiradi.
Mineral resurslar — xo‘jalik yuritishda mineral xomashyosi yoki
energiya manbayi sifatida foydalaniladigan iste’molga yaroqli litosfera
moddalari.  Mineral  xomashyolar  rudali  (metall)  va  noruda
(nometall)  bo‘lishi  mumkin.  Agar  mineral  resurslardan  yoqilg‘i
(ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yog‘och, atom energiyasi) sifatida
foydalaniladigan bo‘lsa, ular yoqilg‘i-energetika resurslari deyiladi.
Tabiiy resurslar —
yashashni cheklovchi
omil  sifatida


94
Energetika resurslari quyosh energiyasi, atom energetikasi, yoqilg‘i
energetikasi va boshqa energiya manbalari majmuyini o‘z ichiga oladi.
II.  Ishlab  chiqarishda  foydalanishiga  ko‘ra,  tabiiy  resurslar
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Yer fondi — dunyo va mamlakatlar miqyosidagi barcha yer-
lar bo‘lib, yerdan foydalanish maqsadlariga ko‘ra quyidagi toifa-
larga bo‘linadi:
• qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — ular sug‘oriladigan
va  sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlar,  haydaladigan  yerlar,  pi-
chanzorlar,  yaylovlar,  mevali  daraxtlar  va  tokzorlar  egallagan
yerlarga bo‘linadi;
• aholi  punktlarining  yerlari  —  shahar  va  posyolkalar,  shu-
ningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
•  sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga
mo‘ljallangan  yerlar  —  ko‘rsatilgan  maqsadlarda  foydalanish
uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
• tabiat muhofazasi, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga
mo‘ljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek,
ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
• tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy
yodgorliklar  joylashgan  yerlar;
• suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari
egallagan  yerlar  va  ularning  qirg‘oqlari  bo‘ylab  ajratilgan  min-
taqadagi yerlar;
• zaxira yerlar.
2.  O‘rmon  fondi  —  yer  fondining  bir  qismi  bo‘lib,  o‘rmon
bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa
ham o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar.
3. Suv resurslari — daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa
yerusti  suv  havzalari  va  suv  manbalari,  kanal  va  hovuzlarning
suvlari, shuningdek, yerosti suvlari va muzliklardan iborat.
4.  Gidroenergetika  resurslari  —  gidroenergetika  ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan suv obyektlari bo‘lib, undan boshqa maq-
sadlar uchun ham foydalaniladi.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə