Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72

80
Suv hayvonlarining rangi ularning qaysi qatlamda yashagan-
ligiga qarab  o‘zgarib turadi. Suvning pastki qatlamlarida yashay-
digan organizmlar asosan qizil rangda (dengiz okuni, har xil qis-
qichbaqasimonlar)  bo‘ladi.  Bu  moslashish  suv  organizmlarining
o‘z dushmanlaridan himoyalanishida muhim o‘rin tutadi. Qirg‘oq
bo‘yida yashaydigan organizmlar har xil rangda bo‘ladi
Okean suvo‘tlari, asosan, yorug‘lik yetarli bo‘lgan hududlarda
o‘sadi. Boshqa suvo‘tlarga nisbatan qizil suvo‘tlari chuqur (20—
40 metr) joylarda hayot kechiradi. Suvning tiniqlik darajasi yuqori
bo‘lsa,  ular  100—200  metr  chuqurlikda  ham  o‘sishlari  mumkin.
Gidrobiontlar yorug‘lik kam va yetishmaydigan joylarda hayot
kechirishlari  tufayli  ularning  ko‘rish  qobiliyati  juda  cheklangan
bo‘ladi. Suvda tovush quruqlikdagiga nisbatan tez tarqaladi, shu-
ning  uchun  ham  suvda  yashaydigan  organizmlarda  tovushning
tarqalishiga qarab mo‘ljal olish ko‘rish xususiyatiga nisbatan juda
yaxshi rivojlangan.
Ko‘pchilik gidrobiontlar oziqa topishda va mo‘ljal olishda exo-
lokatsiyadan foydalanadilar (kitsimonlar). Ular qaytarilgan tovush
to‘lqinlari hamda elektr impulslarini qabul qilish orqali ham mo‘ljal
oladi.  Baliqlarning  300  dan  ortiq  turi  shunday  xususiyatga  ega.
Shunday turlar borki, ular juda ham past darajadagi tovush to‘l-
qinlarini tutib oladi. Bunday tovush to‘lqinlari ritm o‘zgarishi bilan
hosil bo‘ladi. Ayrim organizmlar dengizda kuchli dovul ko‘tarilishi-
dan oldin dengiz tubiga tushib ketadilar (masalan, meduzalar).
Suv muhitida yashaydigan sutemizuvchilar, baliqlar, mollus-
kalar,  qisqichbaqalar  ovoz  chiqaradi.  Òovush  signallari  turlar
o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga
ega.  Ayniqsa,  bu  xususiyat  loyqa  suvda  yashaydigan  bentos  or-
ganizmlarda juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Suv hayvonlariga xos
bo‘lgan  mo‘ljal  olishlardan  yana  biri  hidga  qarab  mo‘ljal  olish
hisoblanadi.  Masalan,  baliqlar  hid  bilishlari  tufayli  juda  aniqlik
bilan uvildiriq sochadigan va oziqlanadigan joylarini izlab topadi.
Okeanlarning  qirg‘oq  bo‘yi  qismlarida  Quyosh  va  Oyning
tortish kuchi ta’sirida vujudga kelgan suvning ko‘tarilishi va qay-
tishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular suv biotsenozlari hayotida
davriylikni («biologik soatlar») vujudga keltiradi.


81
Biosferaning
bir
butunligi
Okean suvining o‘rtacha sho‘rligi 35 g/l. Uning taxminan 25 % ini
natriy xlorid, qolgan qismini sulfatlar, karbonatlar va bromidlar
tashkil qiladi. Suv tarkibida tuzlar miqdori o‘zgarsa, organizmlar
o‘zlari  uchun  qulay  muhitga  ko‘chadilar.  Masalan,  agar  kuchli
yomg‘ir  tufayli  dengiz  suvining  yuza  qatlamlarida  tuz  miqdori
kamayib ketsa, dengiz qisqichbaqasi 100 metrgacha chuqurlikka
tushishi mumkin. Dengiz suvlariga ishqoriy muhit xos (pH =8,2).
Dengiz biotalarining tabaqalashuvida uning chuqurligi asosiy
omil  bo‘lib,  200  m.gacha  bo‘lgan  materik  shelfi  (qirg‘oq  bo‘yi
hududlari)  suv  hayvonlariga  eng  boy  hisoblanadi.  Okean  orga-
nizmlari asosan plankton, nekton va bentos guruhlariga mansub
bo‘ladi. Yirik hayvonlarining aksariyati yirtqich hisoblanadi. Okeanda
biogen  moddalar  juda  kam  bo‘lib,  ular  kuchli  cheklovchi  omil
hisoblanadi.
Har xil chuqurlikda yashaydigan turlar 100 atm bosimiga qa-
dar bardosh berishi mumkin. Masalan, chuchuk suvlarda yashay-
digan  tufelkalar  100  atm  bosimiga  bardosh  bersa,  dengiz  va
okeanlarda  yashaydigan  ayrim  organizmlar  (baliqlar,  molluska-
lar, qisqichbaqalar, dengiz yulduzlari) eng chuqur joylarda hayot
kechirib, 400—500 atm bosimiga qadar bardosh bera oladi.
Bundan 3 mlrd yil avval okeanda paydo bo‘lgan hayot biosfera
shakllanishining ibtidosi bo‘lgan.
Yuqorida keltirilgan tabiiy ekotizimlar tavsifi
shundan  dalolat  beradiki,  ekotizimlar  va  land-
shaftlarning bir butunligi — biosferaning bir bu-
tunligini ta’minlaydi.
Landshaftlar umumiy energetikasining o‘zga-
rishi, masalan, yog‘inlar miqdori va haroratning o‘zgarishi biosfe-
raning boshqa tarkibiy qismlari o‘zgarishiga olib keladi. Masalan,
Janubiy Amerikada joylashgan Atakama cho‘lida (yog‘in miqdori
yiliga 10—50 mm) okeandagi sovuq va issiq oqimlar ta’sirida yog‘in
miqdori ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli ko‘p bo‘lsa,
Afrikada joylashgan Sudan, Efiopiyada qurg‘oqchilik bo‘lishiga olib
keladi.  Bu  shundan  dalolat  beradiki,  tabiatdan  to‘g‘ri  foydala-
nishning amaliy vazifalarini hal etishda biosfera yaxlitligi qonunini,
albatta, hisobga olish kerak bo‘ladi.


82
Mazkur qonunga amal qilmaslik oqibatini tanazzulga uchra-
gan Orolbo‘yi ekotizimlari misolida yorqin tasavvur etish mumkin.
Orol  dengizining  qurishi  va  Orolbo‘yidagi  cho‘lga  aylanish  ja-
rayonlari tabiiy qonuniy hodisa emas, balki sobiq sho‘ro tuzumi
davrida O‘zbekistonning xomashyo va paxta yetishtirish o‘lkasiga
aylantirilganligi  hamda  suv  resurslaridan  noto‘g‘ri  foydalanish
bilan bog‘langan antropogen ta’sirlar oqibatidir.
Biosferaga  ko‘rsatilayotgan  salbiy  ta’sirlarga  oid  misollarni
ko‘plab keltirish mumkin. Xususan, sayyoramizda quruqlik may-
donining taxminan yarmi antropogen landshaftlarga aylantirilgan.
1.  «Landshaft»  nima  va  ekologiyada  landshaft  yondashuvining  mohiyati
nimadan dalolat beradi?
2. Òabiiy landshaftlar antropogen landshaftlardan nimasi bilan farq qiladi?
3. Landshaftlar tasnifini bayon eting.
4. «Biom» nima? Ularning tasnifini keltiring.
5. O‘t-o‘lanli va butali cho‘l biomlarini tavsiflang.
6. Odamlar uchun chuchuk suv ekotizimlari qanday ahamiyatga ega?
7.  Suv  organizmlarining  yashash  joyi  qanday  xususiyatlarga  ega?  Gidro-
bionlar  mazkur  belgisi  bo‘yicha  qanday  tasniflanadi?
8. Chuchuk suv ekotizimlariga tavsif bering.
9. Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar dengizda, dengizda yashaydigan
turlar esa chuchuk suvda hayot kechira olmasligini isbotlang.
10. Okean (dengiz) suvlari qanday xususiyatlarga ega? Organizmlarning ularga
moslashishiga  oid  misollar  keltiring.
8-bob. BIOSFERA EVOLUTSIYASINING
ASOSIY  YO‘NALISHLARI
Biosfera  —  Yerda  hayot  paydo  bo‘l-
ganidan  boshlab  bir  necha  milliard  yillar
davomida tadrijiy rivojlanish natijasida hosil
bo‘lgan biologik tuzilmalar majmuyi va tirik
organizmlar bilan uzluksiz almashinishda bo‘ladigan moddalardan
tashkil topgan umumiy tizim bo‘lib, Yer kurrasining noyob qobig‘i
hisoblanadi.
?
NAZORAT SAVOLLARI
V.I. Vernadskiyning
biosfera haqidagi
ta’limoti


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə