Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72

77
gidrobiontlarning  nafas  olish  jarayoni  juda  murakkabdir.  Ular
tanasi yoki nafas olish organlari — jabralari, o‘pkasi va traxeyasi
orqali  nafas  oladi.  Suvda  yashaydigan  organizmlarning  ba’zi
vakillari ham havoda, ham suvda nafas olish imkoniyatiga egadir.
Ikki tomonlama nafas oladigan suv organizmlariga baliqlar, mol-
luskalarning ayrim vakillari va qisqichbaqasimonlarni misol qilib
keltirish mumkin. Suvda kislorod yetishmasa organizmlarga katta
ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni gidrobiontlarning ko‘pchiligi halok bo‘ladi.
Agar suv tarkibidagi organik moddalar qoldiqlarining chirishi
natijasida metan va CO
2
 ko‘payib ketsa, kislorod miqdori ka-
mayadi,  natijada  suv  havzalarining  havo  rejimi  buziladi.  Ma-
salan,  Amudaryoga  dehqonchilikda  foydalanilgan  oqova  suvlar
oqizilishi  tufayli  suv  tarkibida  zaharli  moddalar  miqdori  ortib
ketishiga, natijada eng qimmatli baliqlardan biri hisoblangan bak-
raning,  sifatli  mo‘yna  beradigan  ondatralarning  yo‘qolib  keti-
shiga sababchi bo‘lgan.
Keyingi yillarda oqova suvlarni suvo‘tlari yordamida tozalash
mumkinligi to‘la isbotlandi. Masalan, xlorella suvdagi azot miq-
dorini  7—11,5  baravar,  fosfor  miqdorini  esa  10—17,2  baravar
kamaytirishi mumkin.
Ko‘l,  hovuz  kabi  sokin  suv  ekotizimlarining  qirg‘oqbo‘yi
qismlarida produtsentlarning ikki turi: suv havzasi tagiga birikkan
gulli o‘simliklar va oqib-qalqib yuruvchi yashil o‘simliklar — suv-
o‘tlari  mavjud  bo‘ladi.  Suv  havzasi  tagiga  mustahkamlangan
o‘simliklar ham ikki guruhga ajratiladi: bir qismi suv ustida joy-
lashgan  o‘simliklar  (qamish,  qo‘g‘a)  va  butun  tanasi  suv  ostida
joylashgan  o‘simliklar  (suvo‘tlari).
Suv havzasining qirg‘oqbo‘yi qismlarida konsument hayvonlar
keng tarqalgan bo‘ladi. Masalan, perifiton guruhiga mansub bo‘lgan
molluskalar,  yumaloq  chuvalchanglar,  moxlar,  hasharotlarning
qurtlari, nekton guruhiga mansub bo‘lgan baqalar, samandarlar,
toshbaqalar. Baliqlar hayotining asosiy qismini shu yerda o‘tkazadi
va ko‘payadi. Baliqlarga yem bo‘ladigan zooplanktonlar — qisqich-
baqasimonlar (dafniya va h.k.) ham shu joydan makon topadi.


78
Suv  havzasi  qirg‘oqlaridan  uzoqlashgan  sari  fitoplanktonlar
populatsiyasining zichligi fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Masalan,
bahorda diatom suvo‘tlari, yozda yashil, kuzda ko‘k-yashil suv-
o‘tlari  «gullaydi».  Zooplanktonlardan  o‘simlikxo‘r  qisqichba-
qasimonlar  va  yumaloq  chuvalchanglar,  qolganlari  yirtqichlar,
nektonlardan  faqat  baliqlar  uchraydi.
Suv havzasi tubiga yorug‘lik yetib kelmaydi va organik mod-
dalar  to‘planadigan  loyqada  bakteriyalar  va  zamburug‘lar,  shu-
ningdek,  hasharotlarning  qurtlari,  molluskalar,  halqali  chuval-
changlar hayot kechirishi mumkin. Agar suv havzasi oqova suvlar
bilan ifloslansa, qizil halqali chuvalchanglar soni ko‘payadi.
Ko‘llar  —  tabiiy  chuchuk  suv  havzalari  hisoblanadi.  Ko‘llar
quruqlikdan kelib tushadigan tabiiy biogen moddalar bilan doimiy
ta’minlanib tursa, ularning mahsuldorligi yuqori bo‘ladi. Odatda,
kichik  ko‘llar  birmuncha  mahsuldor  bo‘ladi.  Hovuzlar  turli  xil
chuqurliklarda  paydo  bo‘lib,  ko‘pincha,  yozda  yoki  qurg‘oqchil
yillarda  qurib  qoladi.  Suv  omborlari  gidroenergetika  va  gidro-
melioratsiya  maqsadlarida  odam  tomonidan  barpo  etiladi.  Suv
omborlari tabiiy ekotizim emas, ular tabiiy-texnik tizim hisob-
lanadi. Ularda issiqlik va biogen moddalar taqsimoti to‘g‘on tu-
riga bog‘liq bo‘ladi. Agar suv tagigacha oqiziladigan bo‘lsa, suv
ombori issiqlik to‘playdi va biogen moddalarni o‘zidan chiqarib
yuboradi, agar suv to‘g‘onning yuzasi bo‘yicha oqiziladigan bo‘lsa,
issiqlik  chiqarib  yuboriladi  va  biogen  moddalar  uning  tagida
to‘planadi.
Oqar suv  ekotizimlari — daryolar, irmoqlar va buloqlar  suvi
oqishi, suv bilan quruqlik o‘rtasida moddalar almashinuvi tezligi,
kislorodning nisbatan tekis taqsimlanganligi bilan tavsiflanadi.
Oqim tezligi  daryolarda baliqlarning turli pana joylarga mos-
lashib,  tarqalishiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Daryo  —  ochiq  ekotizim,
unga  atrof-muhitdan  juda  ko‘p  miqdorda  organik  moddalar
doimiy  tushib  turadi.  Oqar  suv  havzalarida  yashovchi  konsu-
mentlar 60 % energiyani tashqaridan kirib kelgan moddalardan
oladi.  Suv havzalarining yoyilib oqadigan sayoz joylarida ipsimon
suvo‘tlar va yaxshi suzuvchi organizmlar (gulmohi) yashaydi.


79
Botqoq  ekotizimlari  —  botqoqlashgan  chuchuk  suvli  may-
donlar  —  yerosti  suvlari  yoki  atmosfera  yog‘inlari  hisobiga  har
qanday past yerlarda vujudga kelishi mumkin. Ular, odatda, bot-
qoq o‘simliklari va butalar bilan qoplangan bo‘ladi.
Yer  shari  maydonining  70  %  ini  dengiz
(okean)  muhiti  qoplagan.  Okeanning  barcha
qismlari va nuqtalarida hayot mavjud, biroq ma-
teriklar  va  orollar  atroflari  turli  xildagi  suv
organizmlariga nihoyatda boy. Biroq chuchuk suvda yashaydigan
organizmlar dengizda, dengizda yashaydigan turlar esa chuchuk
suvda hayot kechira olmaydi.
Okeanlarda  doimiy  harakatdagi  passat  shamollari  tufayli
doimiy suv aylanishi sodir bo‘ladi. Shu sababli okeanlarning chu-
qur qismlarida ham kislorod tanqisligi jiddiy kuzatilmaydi. Suvga
kislorod, asosan, suvo‘tlari va havodan shimilib o‘tadi. Suvning
ustki qismi tubiga nisbatan kislorodga boy bo‘ladi. Suv tarkibida
tuzlar  miqdori  ortishi  bilan  uning  harorati  ko‘tariladi,  kislorod
miqdori esa kamayadi. Agar suv tarkibida bakteriya va mikroor-
ganizmlar  miqdori  ko‘p  bo‘lsa,  kislorod  ko‘proq  o‘zlashtiriladi,
natijada uning miqdori kamayib ketadi.
Masalan,  okeanlarda  50—1000  metr  chuqurlikda  hayot  ke-
chiruvchi hayvonlar va bakteriyalarning ko‘p tarqalganligi, shu-
ningdek,  ularning  hayotiy  faoliyati  tufayli  ko‘plab  kislorod  o‘z-
lashtirilishi natijasida bu qatlamda kislorodga to‘yinish jarayoni
juda yomon kechadi. Suv muhitida yashaydigan ko‘pgina turlar
kislorod miqdorining o‘zgarib turishiga bardosh bera oladi (masalan,
molluskalarning ayrim turlari, baliqlardan zog‘ora baliq (sazan).
Okean suvlarining yuza qismida harorat o‘rtacha 10—15°C dan
oshmaydi,  suv  havzalarining  chuchuk  qatlamlarida  harorat  ha-
misha deyarli bir xil bo‘ladi. Ekvator atrofidagi suvlarning yuza
qismida yillik o‘rtacha harorat 26—27°C atrofida, shimoliy va ja-
nubiy qutbda esa 0°C va undan past bo‘lishi mumkin. Suvning
ustki  qatlamidagi  harorat  yil  fasllariga  qarab  o‘zgarib  turadi,
pastki qatlamida esa issiqlik rejimi doimiy bo‘ladi. Shuning uchun
ham ularning yuqori qatlami bilan pastki qatlami harorati kes-
kin farq qiladi
Dengiz (okean)
ekotizimlari


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə