Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72

105
IV  bo‘lim.  BIOSFERAGA  ANTROPOGEN  TA’SIRLAR
12-bob. BIOSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRNING
ASOSIY  TURLARI
Biosfera — doimo o‘sish va harakatda
bo‘lgan sayyoraviy ekotizim bo‘lib, turli
xil tabiiy jarayonlar ta’sirida muntazam
o‘zgarib turadi. Unda uzoq davom etgan
evolutsiya natijasida o‘z-o‘zidan tartibga solinish va salbiy jara-
yonlar ta’sirini yo‘qotish xususiyati shakllangan. Bu vosita orqali
biosferada  moddalar  almashinuvining  murakkab  mexanizmlari
vujudga kelganki, kitobning birinchi bo‘limida ular haqida bayon
etilgan.
Biosfera evolutsiyasi jarayonida vujudga kelgan organizmlar-
ning  tur  ichidagi  o‘zgarishlar  orqali  tashqi  muhitga  moslashishi
eng asosiy hodisa bo‘lgan. Uyushma va ekotizim ko‘rinishidagi ta-
biiy  biotalar  milliard  yillar  davomida  biosfera  barqarorligining
kafolati bo‘lib kelgan.
Biroq ovchilik, dehqonchilik madaniyati va sanoat inqilobi  kabi
yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi oqibatida
tabiiy omillar ta’siriga moslashgan sayyoraviy ekotizimning yanada
yuqori  darajadagi  ta’sirotlarga  duch  kelishi  yuz  bergan.  Bu
ta’sirotlar odam tufayli vujudga kelgan va shu sababli antropogen
ta’sirlar deb yuritiladi. Antropogen ta’sirlar deyilganda odamning
iqtisodiy, harbiy, madaniy va boshqa maqsadlarni amalga oshirish
yo‘lida atrofdagi tabiiy muhitga fizikaviy, kimyoviy, biologik va
boshqa o‘zgarishlar kiritishi bilan bog‘langan faoliyati tushuniladi.
Òaniqli  ekolog  B.  Kommoner  tomonidan  odamning  eko-
logik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatilishining besh asosiy turi ajratib
ko‘rsatilgan:
Ikkinchi  qism.  AMALIY  EKOLOGIYA
Biosferaga antropogen
ta’sirlar haqida
tushuncha


106
• ekotizimlarning o‘zgarishi va biologik davriylikning bu-
zilishi;
•  issiqlikdan  ifloslanish  ko‘rinishida  tarqoq  energiyaning
to‘planishi;
• kimyoviy ishlab chiqarishdan zaharli chiqindilar miqdorining
o‘sishi;
• ekologik tizimga yangi turlarning kiritilishi;
• o‘simlik va hayvon organizmlarida genetik o‘zgarishlarning
paydo bo‘lishi.
Antropogen ta’sirlarning aksariyati maqsadli ravishda amalga
oshirilsa,  ayrimlari  beixtiyor  o‘z-o‘zidan  vujudga  keladi.  Ma-
salan,  muayyan  hududdagi  maydonning  qurilishdan  keyin  isish
jarayoni va h.k.
Antropogen ta’sirlarning ekologik oqi-
batlarini tahlil etish ularni ikki turga: ijo-
biy  va  salbiy  ta’sirlarga  ajratish  imkonini
beradi.  Odamning  biosferaga  ijobiy  ta’sir
ko‘rsatishiga  quyidagilarni  kiritish  mum-
kin:  tabiiy  resurslarni  takror  ishlab  chiqish,  yerosti  suvlari  za-
xirasini  tiklash,  daraxtlar  ekish  va  parvarishlash,  tuproqlar  re-
kultivatsiyasi va boshqa chora-tadbirlar.
Odamning  biosferaga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  quyidagilarda
namoyon  bo‘ladi:  katta  maydonlardagi  o‘rmonzorlarni  kesish,
yerosti  chuchuk  suv  zaxiralarining  tugashi,  tuproqning  sho‘r-
lanishi, yerlarning cho‘lga aylanishi,  o‘simlik va hayvonot turlari
sonining keskin kamayishi, ayrim turlarning yo‘qolishi va h.k.
Atrof-muhitning ifloslanishi inson to-
monidan biosferaga ko‘rsatilayotgan salbiy
ta’sirlarning  eng  asosiy  turi  hisoblanadi.
Jahonda  vujudga  kelgan  keskin  ekologik
vaziyatlarning  aksariyati  atrof-muhit  ifloslanishi  bilan  bog‘liq.
Shu sababli «ifloslanish» tushunchasini batafsil qarab chiqamiz.
Ifloslanish  —  odam,  hayvonlar,  o‘simliklar  va  ekotizimlar
holati uchun zararli bo‘lgan istalgan qattiq, suyuq va gazsimon
Biosferaga ijobiy va
salbiy antropogen
ta’sirlar
Atrof-muhitning
ifloslanishi


107
moddalar, mikroorganizmlar yoki energiyaning (tovush, shovqin,
nurlanish ko‘rinishida) atrofdagi tabiiy muhitga kelib qolishi. Bosh-
qacha  aytganda,  ifloslanish  atrof-muhitdagi  noqulay  o‘zga-
rishlardir.
Ifloslanish  obyektlariga  ko‘ra  yerusti  va  yerosti  suvlari  iflos-
lanishi,  atmosfera  havosining  ifloslanishi,  tuproq  ifloslanishi  va
shu kabilar farqlanadi.
Istalgan  organizmlar  populatsiyasi  uchun  birmuncha  xavfli
bo‘lgan  antropogen  ifloslanish  manbalari  quyidagilar  hisobla-
nadi: sanoat korxonalari (kimyo, metallurgiya, selluloza-qog‘oz,
qurilish  materiallari  sanoati  korxonalari  va  h.k.),  issiqlik  ener-
getikasi,  transport,  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  va  boshqa
texnologiyalar.  Urbanizatsiya  ta’sirida  yirik  shaharlar  va  sanoat
aglomeratsiyalari hududlari u yoki bu darajada ifloslanadi. Chang
to‘fonlari,  vulqonlar  kullari,  sel  oqimlari  kabilar  tabiiy  ifloslan-
tiruvchilar  bo‘lishi  mumkin.
Ifloslanish  turlariga  ko‘ra:  kimyoviy,
fizikaviy va biologik ifloslanish farqlanadi.
O‘zining  miqyosi  va  tarqalishiga  ko‘ra
mahalliy, mintaqaviy va umumiy ifloslanish
farqlanadi.
Dunyoda ifloslantiruvchi moddalar miqdori juda katta bo‘lib,
ularning soni yangi texnologiyalarning rivojlanishi natijasida to-
bora ortib bormoqda. Eng asosiy ifloslantiruvchi moddalar sira-
siga quyidagilarni kiritish mumkin: oltingugurt dioksidi (oltingu-
gurt  kislotasi,  sulfat),  og‘ir  metallar  (qo‘rg‘oshin,  kadmiy,  si-
mob), kanserogen moddalar (benzapiren), okean va dengizlar-
dagi neft va neft mahsulotlari, pestitsidlar (qishloq hududlarida),
uglerod va azot oksidlari (shahar hududlarida), radionuklidlar,
dioksinlar.
Bugungi kunda odamning atrof-muhitga, uning ayrim tarkibiy
qismlariga (atmosfera, gidrosfera, litosfera va biotik uyushmalar)
ta’siri misli ko‘rilmagan miqyoslarda kuchayib bormoqda. Bu salbiy
jarayonlarning oldini olish har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
Atrof-muhitning
fizikaviy,
kimyoviy va biologik
ifloslanishi


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə