Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72

64
Vaqtning muayyan bir bo‘lagida biotsenozning tur tarkibi va
yashashining abiotik omillari rivojlanishning eng yuqori dara-
jasi  —  turg‘un  tizim  paydo  bo‘lguniga  qadar  o‘zgarib,  ekologik
suksessiya ro‘y beradi. Òurg‘unlashgan bunday ekotizim klimaks
deb ataladi. Bu holatda ekotizim energiya birligiga eng ko‘p bio-
massa va organizmlar o‘rtasidagi simbiotik aloqalarning eng ko‘p
miqdori to‘g‘ri keladi. Binobarin, ekotizim bu holatga kelgunga
qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi.
Suksessiya paydo bo‘lishi uchun erkin makon kerak bo‘ladi.
Muhitning  dastlabki  holatiga  bog‘liq  holda  suksessiyaning  bir-
lamchi  va  ikkilamchi  bosqichlari  farqlanadi.  Agar  uyushmaning
shakllanishi dastlabki bo‘sh muhitda boshlangan bo‘lsa, birlamchi
suksessiya,  agar  u  muayyan  muhitda  oldindan  mavjud  bo‘lgan
bitta  uyushmaning  takomillashgan  boshqa  uyushmaga  izchil  al-
mashishi bo‘lsa, ikkilamchi suksessiya bo‘ladi.
Birlamchi suksessiya tog‘ yonbag‘rining o‘pirilgan yoki qulagan
joylarida, dengiz chekingan yoki daryo o‘zani o‘zgargan sayoz joy-
larda, yalang‘och qumli cho‘llarda tabiiy ravishda paydo bo‘lishi
mumkin.  Òabiiy  suksessiyaga  ko‘l  ekotizimining  «qarishi»  —
evtrofikatsiya    yorqin  misol  bo‘ladi.  U  ko‘lning  qirg‘og‘idan
markazigacha o‘simliklar bilan qoplanishida o‘z ifodasini topadi.
Bu  jarayon  muayyan  davrda  bir  necha  bosqichlarni  o‘z  ichiga
olgan holda sekin-astalik bilan kechadi. Oxir-oqibat ko‘l klimaks
darajasida turg‘un ekotizim — botqoqlikka aylanadi. Biroq u ham
mangu emas — uning o‘rnida sekin-astalik bilan joyning mahalliy
sharoitiga muvofiq o‘rmon (to‘qay) ekotizimi paydo bo‘ladi.
Ikkilamchi suksessiya inson faoliyati oqibati hisoblanadi. Ikki-
lamchi,  antropogen  suksessiya  yuqorida  ta’kidlangan  evtrofika-
tsiyada ham namoyon bo‘ladi. Masalan, inson faoliyati tufayli
havza suvining biogen moddalar (azot, fosfor va h.k.) bilan bo-
yishi natijasida ham ko‘lning «gullashi» sodir bo‘lishi mumkin.
Shunday  qilib,  ekologik  tizimlarda  kechayotgan  energiya  va
moddalar almashinuvi jarayonlari shu darajada murakkabki, ularni
modellashtirish  orqali  bu  boradagi  ilmiy-amaliy  muammolarni
samarali hal qilish yo‘llari ishlab chiqiladi.


65
Biosfera — yer
qobiqlaridan biri
1. «Ekotizim» tushunchasi nimani ifodalaydi?
2. Òabiiy ekotizimlarda moddalar va energiya ko‘chishi qanday amalga oshadi?
3. Organizmlarning o‘zaro oziqaviy munosabatlari nuqtayi nazaridan eko-
tizimlarning  trofik  (oziqlanish)  tuzilmasi  pog‘onalarini  tavsiflang.
4. Òabiatda nafas olish va parchalanish jarayonlari qanday ahamiyat kasb etadi?
5. Gomeostaz nima?
6. Òrofik bosqich nima?
7. Biologik to‘planishning ekologik ahamiyati nimalardan iborat?
8. Ekologik tizimlar mahsuldorligi nimani ifodalaydi?
9. Organik moddalar ishlab chiqilishining qanday darajalari farqlanadi?
10. Ekotizimning biomassasini nimalar tashkil qiladi?
11. Ekologik piramidalarning qaysi turlari farqlanadi? Ularga tavsif bering.
II bo‘lim. BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
6-bob. BIOSFERA — YERNING UMUMIY
EKOLOGIK TIZIMI
Biosfera  (yunon.  bios  —  hayot,  sphaira  —
shar,  doira)  —  Yerning  tirik  organizmlar
majmuyini o‘z ichiga olgan murakkab tashqi
qobig‘i. Biosfera odamni o‘rab turgan tabiiy
muhitning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. «Biosfera» atamasi
avstriyalik E. Zyuss  tomonidan 1875-yili fanga kiritilgan, biosfera
haqidagi ta’limot esa rossiyalik V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan.
Yer  va  uni  o‘rab  turgan  muhit  Quyosh  tizimining  qonuniy
rivojlanishi natijasida shakllangan. Bundan taxminan 4,7 mlrd yil
oldin  Yer  sayyorasi  paydo  bo‘lgan.  Boshqa  sayyoralar  kabi  Yer
ham  energiyani  Quyoshdan  oladi.  Quyosh  issiqligi  Yerda  iqlim
hosil qiluvchi asosiy omil bo‘lib, juda ko‘p geologik jarayonlar-
ning asosi hisoblanadi. Yerning qa’ridan ham juda katta issiqlik
oqimi chiqadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning massasi 6 · 10
21
 t bo‘lib, hajmi
1,083 · 10
12
  km
3
,  maydoni  510,2  mln  km
2
.  Sayyoramizning  o‘l-
chamlari va barcha turdagi tabiiy resurslari cheklangan.
Yer sayyorasi har xil jinsli tuzilishga ega bo‘lib, tashqi va ichki
qobiqlardan iborat.  Ichki qobiq yadro va mantiyani, tashqi qobiq
?
NAZORAT SAVOLLARI


66
esa litosfera (yer po‘sti), gidrosfera (yer po‘sti yuzasining suvlari),
atmosfera (havo qobig‘i) va Yerning murakkab qobig‘i — biosfe-
rani o‘z ichiga oladi.
Litosfera (yunon. «litos» — tosh) — Yerning 6 km.dan (okean
tagida) 80 km.gacha bo‘lgan qalinlikdagi  (chuqurlikdagi) po‘stini
o‘z ichiga olgan qattiq qobig‘i. Yer po‘sti tog‘ jinslaridan tuzilgan.
Òog‘ jinslarining 70 % ga yaqini bazalt, granit va boshqa magmatik
jinslarga, 17 % ga yaqini yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘zgarishga
uchragan jinslarga, 12 % dan ortig‘i cho‘kindi jinslariga to‘g‘ri keladi.
Yer po‘sti — insoniyat uchun eng muhim resurslar manbayi.
Unda yonuvchi (ko‘mir, neft va boshq.), rudali (temir, aluminiy,
mis, qalay va boshq.) va rudasiz (fosforitlar, apatitlar va boshq.)
foydali qazilmalar, tabiiy qurilish materiallari (marmar, gips, bo‘r,
qum, shag‘al va boshq.) joylashgan.
Gidrosfera  (yunon.  «gidor»  —  suv)  —  Yerning  suv  qobig‘i
bo‘lib, u yerusti va yerosti suvlariga bo‘linadi.
Yerusti  gidrosferasi  —  Yerning  yuza  qismidagi  suv  qobig‘i
bo‘lib, uning tarkibiga okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, suv
omborlari,  botqoqliklar,  muzliklar,  qor  qoplamlari  kiradi.  Yer-
usti gidrosferasi yaxlit qatlam hosil qilmaydi va u  yer yuzasining
70,8 % ini qoplab olgan.
Yerosti gidrosferasi — yer po‘stining yuqori qismida joylashgan
suvlarni o‘z ichiga oladi. U yerosti suvlari deb ataladi.
Gidrosferaning  umumiy  hajmi  Yer  shari  hajmining  0,13  %
ini tashkil qiladi. Gidrosferaning asosiy qismini (96,58 %) Dunyo
okeani, 1,69 % ini yerosti suvlari, qolgan qismini daryolar, ko‘llar
va muzliklar tashkil etadi.
Yerdagi jami suv resurslarining 98 % ini okeanlar va dengizlardagi
sho‘r suvlar tashkil qiladi. Yerdagi chuchuk suvlarning umumiy hajmi
28,25  mln  km
3
.ga  teng  bo‘lib,  u  gidrosfera  umumiy  hajmining
taxminan 2 % iga to‘g‘ri keladi. Chuchuk suvlarning asosiy qismi
muzliklarda to‘plangan bo‘lib, ulardan hozirda juda kam foydalaniladi.
Suv ta’minotiga yaroqli chuchuk suvlarning qolgan qismi 4,2 mln
km
3
 bo‘lib, u gidrosferaning atigi 0,3 % ini tashkil qiladi.
Atmosfera (yunoncha atmos — bug‘) — Yerning turli gazlar,
suv bug‘lari va changlar aralashmasidan iborat gaz qobig‘i. Atmo-
sferaning umumiy massasasi — 5,15 · 10
15
 t. Uning yuqori chega-


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə