Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72

52
Biotsenozdagi  turlar  muayyan  makoniy
tuzilmani  vujudga  keltiradi.  Bu  fitotsenozda
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mo‘tadil va tropik
mintaqa o‘rmonlarida tikkasiga pog‘onali tuzilish aniq bilinadi. Ma-
salan, keng bargli o‘rmonlarda beshta pog‘onani ajratib ko‘rsatish
mumkin:  birinchisi  —  birinchi  o‘lchamli  daraxtlar  (eman,  jo‘ka,
qayrag‘och);  ikkinchisi  —  ikkinchi  o‘lchamli  daraxtlar  (chetan,
olma,  nok);  uchinchisi  —  o‘rmon  butalari  (itshumurt,  uchqat);
to‘rtinchisi — baland o‘tlar; beshinchisi — pastak o‘tlar. Pog‘ona-
pog‘ona bo‘lib joylashish o‘simliklarga quyosh nuri oqimidan to‘liq
foydalanishga imkon beradi — yuqori pog‘onalarda oftobsevar, quyi
pog‘onalarda  soyasevar,  eng  quyi  pog‘onada  —  soyasevar
o‘simliklardan qolgan nurdan foydalanuvchi o‘simliklar joylashadi.
Fitotsenozning  bunday  tuzilmasida  o‘simliklar  ta’siri  ostida
haroratning bir tekisligi, ko‘tarilishi va gaz tarkibining sutka da-
vomida yangilanib turishini ta’minlovchi o‘ziga xos mikromuhit
vujudga keladi. Mikromuhitning o‘zgarishi zootsenozda ham ha-
sharotlar,  qushlardan  tortib  to  sutemizuvchilargacha  o‘ziga  xos
pog‘onali tuzilish hosil bo‘lishiga imkon beradi.
Biotsenozning  makoniy  tuzilmasida  pog‘onaviy  tuzilishdan
tashqari quramalik — o‘simliklar va hayvonot dunyosining sathiy
o‘zgarishi  kuzatiladi.  Hududiy  quramalik  turlarning  xilma-xil-
ligi,  ularning  miqdoriy  o‘zaro  munosabati,  landshaft  va  tuproq
sharoitlarining  o‘zgaruvchanligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Quramalik
sun’iy  ravishda,  ya’ni  odamlarning  o‘rmonlarni  kesishi  tufayli
ham  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Daraxtlar  kesilgan  maydonlarda
yangi  to‘p  (jamoa)  shakllanadi.
Ekologik  maskan  (taxmon)  —  turning
tabiatda (biotsenozda) egallagan o‘rni bo‘lib,
uning makonda joylashuvi va biotsenozda
bajaradigan  vazifasini,  abiotik  sharoitlarga
munosabatini o‘z ichiga oladi. Y. Odum eko-
logik  maskanni  organizmning  o‘zi  mansub
bo‘lgan  turlar  tizimida  bajaradigan  vazifasi,  «hunari»,  uning
yashash joyini esa turning «manzili» sifatida tasavvur qilgan.
Biotsenozning
makon  tuzilmasi
Ekologik maskan.
Biotsenozda
organizmlarning
o‘zaro munosabati


53
Ekologik  maskanni  bilish  tur
qayerda, qachon va qanday oziqla-
nadi, u kimning o‘ljasi, qayerda va
qanday  tarzda  ko‘payadi  va  dam
oladi,  degan  savollarga  javob  qay-
tarish  imkonini  beradi.  G.E.  Xat-
chinson tomonidan ekologik maskan
modeli taklif etilgan (4.1-rasm).
Ekologik maskan — muhit omil-
larining  o‘zaro  uyg‘un  birikmalari
sohasi. Masalan, quruqlikdagi o‘sim-
liklar yashashi uchun harorat va nam-
likning  muayyan  birikmasi  yetarli
bo‘lib, bunday holatda ikki o‘lchamli maskan haqida gap ketadi.
Dengiz  hayvoni  uchun  haroratdan  tashqari  yana  kamida  ikki
omil — sho‘rlik va kislorod miqdori zarurki, bunday holatda uch
o‘lchamli maskan haqida gap ketadi.
Òurlararo munosabatlar sezilarli darajada xilma-xildir. Yonma-
yon  yashovchi  ikki  tur  bir-biriga  umuman  ta’sir  ko‘rsatmasligi,
qulay yoki noqulay ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikki turga mansub
populatsiyalarning  biotik  o‘zaro  munosabatini  quyidagicha  tas-
niflash  mumkin:
• xolislik — populatsiyalardan birortasi ikkinchisiga hech qan-
day  ta’sir  ko‘rsatmasligi;
• raqobat — har ikki turning bir-biriga bevosita tazyiq ko‘r-
satishi; tashqi resurs yetishmasligida bilvosita tazyiq ko‘rsatishi;
• mutualizm  —  turlarning  bir-birisiz  yashay  olmasligi,  ya’ni
bir turning ikkinchisiga qandaydir foyda keltirishi;
• hamjihatlik — o‘zaro munosabat har ikki tur uchun qulay-
ligi, biroq majburiy emasligi;
• o‘zaro chidamlilik — birga yashashdan bitta turning foyda
ko‘rishi, ikkinchi turga farqi yo‘qligi (loqaydligi);
• jabrdiydalik — birinchi populatsiyaga ikkinchi populatsiya-
ning tazyiq ko‘rsatishi, biroq o‘zi salbiy ta’sirni boshdan kechir-
masligi;
4.1-rasm. Ekologik maskan
modeli:  omillar,  masalan,
F
1
 — suv harorati; F
2
 — suvning
sho‘rligi; F
3
 — suvdagi
kislorod.
F
2
F
3
F
1


54
• yirtqichlik — birinchi yirtqich zotining ikkinchi yirtqich zoti-
dan, odatda, yirik bo‘lishi; ikkinchi yirtqichning o‘ljaga aylanishi;
• parazitlik  —  birinchi  populatsiya  (parazit)  zotlarining  ik-
kinchi populatsiya zotlaridan o‘lchamlari bo‘yicha kichik bo‘lishi;
ikkinchi  populatsiya  (xo‘jayin)  tanasidan  foydalanishi.  Demak,
biotsenoz  hayotining asosida turlararo munosabatlar yotadi.
Ekologik maskan — raqobat makoni. Unda yashayotgan aniq
tur, populatsiya raqobatlar kurashiga bardosh berishi kerak.
Raqobat — bir xil yashash vositalari va ekologik maskan uchun
ikki organizm o‘rtasida kechadigan o‘zaro teskari munosabat.
Òurlararo raqobat — populatsiyalar o‘rtasidagi istalgan o‘zaro
munosabat bo‘lib, uning natijasi populatsiyaning o‘sishi va omon
qolishiga ziyon keltiradi. Raqobat — turlarning ekologik maskan
uchun kurashi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Òurlararo  raqobat  natijasi  quyidagilar  bo‘lishi  mumkin:  ikki
turning o‘zaro ko‘nikishi; bitta tur populatsiyasining boshqa tur
populatsiyasi o‘rnini olishi; ayrim populatsiyalarning boshqa joyga
yoki oziqaga ko‘chib o‘tishi. Bu jarayonda ekologik maskan tabaqa-
lanadi.  Maskandagi  tabaqalashuvning  asosiy  natijasi  raqobatni
pasaytirish hisoblanadi. Masalan, soyasevar o‘simliklar oftobsevar
o‘simliklar  bilan  raqobatlashmaydi.
Demak,  biotsenozning  barqarorligi  (gomeostazi)  unda  ke-
chadigan  barcha  jarayonlarning  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlariga,
shuningdek, turli omillar vositasida boshqarilishiga bog‘liq bo‘ladi.
1. Biologik xilma-xillik nima?
2. Nima uchun turlar xilma-xilligi tirik tabiatdagi biologik xilma-xillikning
asosi  hisoblanadi?
3. Biotsenozda turlar sonining bir-biri bilan miqdoriy munosabati nimani
ifodalaydi?
4. Konsorsiya nima?
5. O‘rmonlarning tikkasiga pog‘onali tuzilishi nimadan darak beradi?
6. Quramalik nimani aks ettiradi?
7. Ekologik maskan (taxmon) nima?
8.  Ikki  turga  mansub  populatsiyalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  tur-
lariga tavsif bering.
?
NAZORAT SAVOLLARI


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə