Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72

38
hayvonlar suyagi va chig‘anog‘ining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘sim-
liklarga  zarur  hisoblanadi.  Oltingugurt  ayrim  aminokislotalar,
kofermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi va xemosintezni ta’min-
laydi.  Magniy  xlorofill  molekulasining  zaruriy  qismi  bo‘lib,
o‘simliklar va hayvonlar ribosomalari tarkibiga kiradi.
Biogen mikroelementlar fermentlar tarkibiga kirib, ko‘pincha,
cheklovchi  omil  bo‘ladi.  O‘simliklar  uchun,  birinchi  navbatda,
temir,  marganes,  mis,  qalay,  bor,  kremniy,  molibden,  xlor,
vanadiy va kobalt zarur bo‘ladi. Agar temir, marganes, xlor, vana-
diy  yetishmasligi  bo‘lsa,  fotosintez  jarayoni  to‘liq  amalga  osh-
maydi,  agar  temir,  bor,  molibden,  kobalt  yetishmasligi  bo‘lsa,
azot  almashinuvi  buziladi.  Mazkur  elementlar  hayvonlar  va
odamga ham zarur, ularning yetishmasligi yoki ifloslanish orqali
ortiqchaligi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Edafik omillar (yunoncha edaphos —
tuproq)  —  o‘simliklar  o‘sishining  tup-
roq sharoitlari. Ular:
•  kimyoviy  (tuproq  reaksiyasi,  tup-
roqning  tuz  rejimi,  tuproqning  kimyo-
viy  tarkibi,  kationlar  almashinish  qobiliyati  va  almashuvchi  ka-
tionlar tarkibi va h.k.);
• fizikaviy (tuproqning suv, havo va issiqlik tartiboti, zichligi,
donadorligi, tuzilishi va h.k.);
•  biologik  (tuproqda  yashaydigan  o‘simlik  va  hayvon  orga-
nizmlari) turlarga bo‘linadi.
Ulardan  tuproq  muhitining  namligi,  harorati,  tuzilishi  va
g‘ovakligi,  reaksiyasi,  sho‘rlanishi  eng  muhim  ekologik  omillar
hisoblanadi.
Òuproqning tarkibi va tuzilishi
Òuproq — suv, havo va tirik organizmlarning birgalikdagi ta’sirida
litosferaning ustki qismi o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan o‘ziga
xos tabiiy-tarixiy hosila. Òuproq hosil bo‘lgan jins (tog‘ jinsi) ona
jins deyiladi. Dastlabki minerallar va jinslar tuzilishi yemiriladi,
O‘simliklar va tuproq
biotasi hayotida
edafik omillar


39
parchalangan  organik  moddalarning  to‘planishini  ta’minlovchi
yangi minerallar va boshqacha tuzilishlar paydo bo‘ladi. Natijada
botqoqlik va qumli hosilalardan farq qiladigan, unumdorlik xusu-
siyatiga ega bo‘lgan, o‘simliklarga hayot bag‘ishlaydigan, hayvonlar
va odamga oziq beradigan geologik jins — tuproq shakllanadi.
Òuproq  unumdorligi  —  o‘simliklarning  oziq  moddalarga,  ha-
voga, biotik muhitga va issiqlik tartibini o‘z ichiga olgan fizikaviy-
kimyoviy omillarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish xususiyati bo‘-
lib, shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosili, shuningdek,
yovvoyi o‘simliklarning biogen mahsuldorligi ta’minlanadi.
Sun’iy va tabiiy unumdorlik farqlanadi. Sun’iy unumdorlik —
tuproqqa agronomik ta’sir ko‘rsatish natijasi bo‘lsa, tabiiy unum-
dorlik (tuproq unumdorligi) tuproqning tabiiy-ekologik omillari
bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi.
Òuproq qattiq, suyuq va gazsimon tarkibiy qismlardan iborat
bo‘lib,  makro  va  mikroorganizmlarni  (o‘simlik  va  hayvonlarni)
o‘z ichiga oladi.
Òuproqda qattiq tarkibiy qism ustunlik qiladi va u mineral va
organik bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Ona jinsdan qolgan birlamchi
minerallar ko‘pchilikni, ularning parchalanishidan hosil bo‘lgan
ikkilamchi  minerallar  (gilli  minerallar,  karbonatlar,  sulfatlar,
galoidlar va h.k.) esa kamchilikni tashkil etadi. Suvda oson eriy-
digan  mineral-tuzlarning  tuproqdagi  foiz-salmog‘i  uning  sho‘r-
lanish  darajasini  tavsiflaydi.  Organik  bo‘lak  gumusni  (chirin-
dini), ya’ni nobud bo‘lgan organik qoldiqlarning fizikaviy-kimyoviy
parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan murakkab organik moddani
o‘z ichiga oladi. Chirindi tuproq unumdorligini ta’minlashda eng
asosiy o‘rin tutadi. Òuproqda chirindi miqdori 20—22 % gacha
bo‘lishi mumkin. Chirindiga eng boy tuproq — qora tuproq bo‘lib,
u  eng  unumdor  hisoblanadi.
Òuproqning  suyuq  tarkibiy  qismi  —  suv  erkin,  bog‘langan,
kapillar va bug‘simon bo‘lishi mumkin. Erkin suv og‘irlik kuchi
ta’siri  ostida  fursati  bilan  o‘z  joyini  egallaydi;  bog‘langan  suv
zarrachalar yuzasida yupqa qatlam hosil qilib, shimiladi; kapillar


45
3-bob.  POPULATSIYALAR
Populatsiya — zamon va makonda u yoki bu turning o‘xshash
majmualaridan ma’lum darajada ajralgan, uzoq vaqt davomida
aniq bir joyni ishg‘ol qilib turgan va o‘zaro erkin chatishadigan
bir turga mansub zot yoki navlar majmuyi.
Har bir tur ma’lum hududda va muhitda yashay oladi, bosh-
qacha aytganda, tabiatdagi har bir zot yoki tur ma’lum bir hu-
dudni  egallaydi,  oqibatda  populatsiya  tizimlari  vujudga  keladi.
Ma’lum  hududda  tarqalgan  turlar  guruh  holida  muhit  sharoit-
lariga moslashish xususiyatlarini namoyon etadiki, ular organizm
tizimidan ustun turadi.
Miqdoriy  ko‘rsatkichlar  populatsiyaning
ayni paytdagi holatini tavsiflaydi. Populatsiyaning
miqdoriy ko‘rsatkichlariga ularning soni, zichligi
va tuzilmaviy ko‘rsatkichlari mansub bo‘ladi.
Populatsiya soni — hayvonlar bosh soni yoki
o‘simliklar soni, masalan, ayrim makoniy birlik (daryo havzasi,
dengiz akvatoriysi, viloyat, tuman va h.k.) doirasidagi daraxtlar.
Populatsiya zichligi — maydon birligiga to‘g‘ri keladigan zot
yoki navlar soni, masalan, aholi zichligi — bir kvadrat kilometrga
to‘g‘ri  keladigan  odam  soni  yoki  gidrobiontlar  zichligi  —  hajm
(litr, kub metr) birligiga to‘g‘ri keladigan zot yoki navlar soni.
Populatsiyaning tuzilmaviy ko‘rsatkichlari turlicha: jinsiy (jinslar-
ning  nisbati),  ko‘lamli  (turli  o‘lcham  yoki  vazndagi  zot  yoxud
navlar miqdorining nisbati), yosh (turli yoshdagi zot yoki navlar
nisbati).
Òabiatda populatsiyalar soni asosan turlararo va tur ichidagi
munosabatlar orqali boshqariladi. Populatsiya soni turli metodlar
bilan  aniqlanadi.  Masalan,  muayyan  hududlarda  samolyot  yoki
vertolyotda uchib hisoblash, to‘rlar bilan tutish yoki mikroskopda
aniqlash va h.k. Xususan, odam populatsiyasi soni aholi ro‘yxatini
(millati, kasbi, yoshi, jinsi va h.k.) o‘tkazish yo‘li bilan aniqla-
nadi. Populatsiya zichligi maydon yoki hajm birligiga to‘g‘ri kela-
digan o‘rtacha son — zichlik orqali aniqlanadi.
Populatsiyaning
miqdoriy
ko‘rsatkichlari


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə