Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72

49
4-bob. BIOTIK TO‘P — BIOTSENOZLAR
Ekologik  tizimlar  nuqtayi  nazaridan  biotik  to‘p  (uyushma)
deyilganda biotsenoz tushuniladi.
Biotsenoz — mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar va ular-
ning populatsiyalarini o‘z ichiga olgan organizm usti tizimi hi-
soblanadi. Biotsenoz egallagan atrof-muhit sharoitlari, ya’ni havo,
suv, tuproq va ularning tagidagi tog‘ jinslari majmuyi biotop deb
nomlanadi.  Biotopda  biotsenozning  tarkibiy  qismlari:  mikroor-
ganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar hayot kechiradi.
Biotsenoz va biotopning uzluksiz o‘zaro birligida biogeotsenoz
yoki ekologik tizim shakllanadi. Biotsenozning chegaralari biotop-
ning  chegaralariga,  shunday  ekan,  ekologik  tizim  chegaralariga
ham to‘g‘ri keladi. Demak, biotsenoz populatsiyaga nisbatan yuqori
biologik tuzilma bo‘lib, u murakkab tuzilishga ega. Biotsenozda tur
va makon tuzilmalari farqlanadi.
O‘simliklar jamoasi fitotsenoz, hayvonlar jamoasi esa zootsenoz
deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda biotsenozni
tashkil  qiladi,  ya’ni  tirik  organizmlar  o‘zaro  bir-birlari  bilan,
shuningdek, tashqi muhit, ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan
vositali yoki vositasiz munosabatda bo‘ladilar.
Organizmlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  juda  ham  murakkab.
Buni ular miqdorining nihoyatda kattaligi to‘la isbotlaydi. Yirik
tabiatshunos olim V.I. Vernadskiy ma’lumotiga ko‘ra, Yer sayyora-
sida  jonli  organizmlar  massasi  10
10
—10
14
  tonnani  tashkil  qiladi.
O‘simliklar massasi hayvonlar massasidan bir necha yuz marta katta.
Ayrim  ma’lumotlarga  ko‘ra,  yer  yuzidagi  jami  o‘simliklar  hajmi
taxminan 2337 km
3
.ni, hayvonlar hajmi esa 1 km
3
.ni tashkil etadi.
Biotsenozning  mavjudligi  uchun  nafaqat
organizmlar  soni,  balki  tirik  tabiatdagi  bio-
logik xilma-xillikning asosi hisoblangan turlar
xilma-xilligi nihoyatda muhimdir. BMÒning
biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasiga muvofiq (Rio-
de-Janeyro, 1992) biologik xilma-xillik deyilganda tur doirasidagi,
turlar o‘rtasidagi va ekologik tizimlardagi xilma-xillik tushuniladi.
Biotsenozning
tur tuzilmasi


50
Òur  doirasidagi  xilma-xillik  populatsiyalar  rivojlanishining
asosi, turlar va populatsiyalar o‘rtasidagi xilma-xillik esa ekologik
tizimlarning tarkibiy qismi bo‘lgan biotsenoz mavjudligining asosi
hisoblanadi.
Biotsenozning  tur  tuzilmasi  turlar  xilma-xilligi  va  turlarning
bir  qator  omillarga  bog‘liq  bo‘lgan  miqdoriy  nisbati  bilan  tav-
siflanadi. Asosiy cheklovchi omillar harorat, namlik va oziq re-
surslarining  yetishmasligi  hisoblanadi.  Shu  sababli,  tropik  o‘r-
monlar biotsenozi turlarga eng boy bo‘lgani holda yuqori keng-
liklar,  cho‘llar  va  baland  tog‘lar  ekologik  tizimlarining  biotse-
nozlari turlarga eng kambag‘al hisoblanadi.
Doimiy  antropogen  ta’sirlar  doirasida  joylashgan  biotsenoz-
larda turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lmaydi. Masalan, suv bosishi,
yer haydash, pestitsidlar ishlatish va kishilar tomonidan ko‘rsa-
tiladigan  boshqa  ta’sirlar  tufayli  tur  tarkibi  kambag‘allashadi.
Shuningdek, inson tomonidan yaratilgan madaniy biotsenozlarda
(dala,  bog‘,  poliz)  ham  tabiiy  biotsenozlarga  (o‘rmon,  yaylov)
nisbatan tur soni juda kambag‘al bo‘ladi.
Biotsenoz  tur  tarkibidagi  ayrim  turlarni  baholashda  har  xil
ko‘rsatkichlar  ishlatiladi,  bunda  ularning  soniga  e’tibor  berish
muhim hisoblanadi. Òurlarning mo‘lligi ma’lum hududda bir turga
mansub zot yoki navlar soni yoxud ular ishg‘ol qilgan maydoni
bilan belgilanadi. Ayrim vaqtda turlarning ko‘pligini baholashda
ularning  umumiy  massasi  ham  hisobga  olinadi.  Òurlar  soni  va
uchrash tezligi bir-birlari bilan to‘g‘ri bog‘langan emas: tur ko‘p
bo‘lishi, lekin juda kam uchrashi mumkin. Har xillikning umumiy
tavsiflarini solishtirish orqali biotsenoz tur tarkibining o‘ziga xosligi
haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Òurlar  xilma-xilligi  —  ma’lum  biotsenoz  yoki  mintaqadagi
turlar soni bo‘lib, ekologik tizimlar barqarorligining miqdoriy va
sifatiy  jihatlarini  tavsiflaydi.  Òurlar  xilma-xilligi  yashash  muhi-
tining turli sharoitlari bilan bog‘langan. Ma’lum biotadagi  eko-
logik  talablar  bo‘yicha  o‘ziga  sharoitlar  yaratgan  organizmlar
qancha ko‘p bo‘lsa, unga shuncha ko‘p tur joylashadi.


51
Biotsenozdagi turlar sonining bir-biri bilan miqdoriy munosabati
muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar bir holatda 100 ta zot besh
tur bo‘yicha 96:1:1:1:1 nisbatda, ikkinchi holatda 20:20:20:20:20
nisbatda bo‘lsa, birinchi guruh nisbatan bir xil ekanligi ma’lum
bo‘ladi.
Biotsenozlar o‘rtasidagi chegaraviy muhit ekoton deb ataladi
va u turlarga boy bo‘ladi.
Biotsenozda son jihatidan ko‘p bo‘lgan tur dominant (ustun)
deb  yuritiladi.  Masalan,  qarag‘ay  o‘rmonlarida  qarag‘ay  daraxti
hukmronlik qiladi. Barcha dominant, ya’ni ustunlik qiluvchi tur-
lar biotsenozga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Kam sonli turlar ham biotsenozda muhim hisoblanadi. Ular
biotsenozning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Òurlarga
boy biotsenozlarda barcha turlar kam sonli bo‘ladi, biroq tur tarkibi
qancha kambag‘al bo‘lsa, dominant turlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.
Biotsenozdagi har bir tur boshqa turlarning ko‘chib kelishi va
joylashishi  uchun  muhit  yaratishi  mumkin.  Masalan,  muayyan
biotsenozga  ko‘chib  kelgan  yumronqoziq  muhit  sharoitlarini
o‘zlashtirganidan keyin bu yerga o‘z yirtqichlarni boshlab kelishi
mumkin, chunki uning o‘zi mazkur yirtqichlarga birlamchi oziqa
hisoblanadi.
Demak, biotsenozning ichida konsorsiya deb ataluvchi alohida
tuzilmaviy  uyushma  mavjud  bo‘ladi.  Konsorsiya  (hamkorlik)  —
mikromuhit yaratish xususiyatiga ega bo‘lgan muayyan jism yoki
ma’lum  bir  tur  tanasiga  ko‘chib  kelib  o‘rnashgan  turli  guruhga
mansub  organizmlar  guruhidir.  Konsorsiyaning  boshqa  a’zolari
o‘z atrofida kichikroq konsorsiyalar vujudga keltirishi mumkin va
birinchi, ikkinchi va hatto, uchinchi tartibdagi konsorsiyalar aj-
ratib ko‘rsatiladi. Masalan, dala sichqoni o‘zining ichki parazitlari,
gelmintlari,  bakteriyalari  va  boshqa  organizmlar  bilan  kichik
konsorsiya tashkil qilishi mumkin.
Aksariyat hollarda konsorsiyasining markaziy a’zolari o‘sim-
liklar  hisoblanadi.  Shuningdek,  turlar  o‘rtasidagi  har  xil  o‘zaro
munosabatlar asosida ham konsorsiyalar paydo bo‘ladi.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə