Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72

32
bo‘lgan yog‘in miqdori (masalan, 10 mm) bilan ham unib, ko‘ka-
rib chiqadi. Bunda, asosan, bahorda «cho‘l gullashi» boshlanadi.
Havo  muhitining  namligi  nisbiy  namlik  ko‘rsatkichlari  bilan
o‘lchanadi.  Namlik  haroratning  ta’sirini  o‘zgartiradi:  muayyan
haroratda namlikning ayrim chegaradan pastga tushishi havoning
qurituvchi ta’sirini keltirib chiqaradi.
Havoning qurituvchi ta’siri o‘simliklar uchun muhim ekologik
ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik o‘simliklar ildiz tizimi bilan tuproq-
dagi suvni so‘radi. Òuproqning qaqrashi — suvsizlanishi suvning
so‘rilishini qiyinlashtiradi. Agar o‘simlik ildizining so‘rish kuchi
va faol yuzasi kattalashsa, uning bu sharoitga moslashishi ta’minla-
nadi. Ildizning so‘rish kuchiga muvofiq hajmda suv qabul qilinsa,
o‘simlikning ildiz tizimi har tomonlama, masalan, boshoqli o‘sim-
liklar ildizi 1000 sm
3
 tuproqda 13 km uzunlikda o‘sishi mumkin.
Demak, suv ta’minoti turlicha sharoitda o‘simliklarning ildiz
tizimi  turlicha  rivojlanadi.  Ildiz  tizimi  orqali  olingan  suvlar  fo-
tosintezga  sarflanadi  —  0,5  %  hujayralarga  so‘riladi,  97—99  %
transpiratsiyaga  —  o‘simlik  barglari  orqali  bug‘lanishga  ketadi.
Òranspiratsiya foydaliligi modda (toza mahsulot) ko‘payishining
bug‘langan  suv  miqdoriga  nisbati  orqali  aniqlanadi.  1000  sm
3
suvga quruq modda grammlarida o‘lchanadi. Ko‘pchilik o‘sim-
liklarda bir gramm tirik modda olish uchun 500 gr suv sarflanadi.
Moslashishning asosiy shakli — bug‘lanishning kamayishi emas,
balki qurg‘oq davrda o‘sishdan to‘xtash hisoblanadi.
100 % nisbiy namlikka ega bo‘lgan tropik o‘rmonzorlarda o‘zi-
dan suv ajratish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, cho‘llarda,
hatto qurg‘oqchilik davrida ham suv balansi — olingan va sarf-
langan suv nisbati buzilmaydigan ayrim o‘simliklar mavjud.
O‘simliklar namlikka moslashish usullariga bog‘liq holda bir
necha ekologik guruhlarga bo‘linadi:
• gigrofitlar — sernam muhit, botqoqlik va nam tuproqlarda
o‘suvchi quruqlik o‘simliklari (sholi, qamish);
• mezofitlar — uncha ko‘p bo‘lmaydigan qurg‘oqchilikni bosh-
dan kechiradigan, nami yetarli darajada yoki eng qulay yerlarda


33
o‘suvchi o‘simliklar (turli iqlim mintaqalariga mansub daraxtlar,
o‘rmonlardagi o‘t o‘simliklari, aksariyat madaniy o‘simliklar);
• kserofitlar — suv tanqisligiga uchrab turadigan, namni qalin
etli bargida (saksovul, yantoq, chalov, shuvoq) va poyasida (suk-
kulentlar — aloe, kaktus) saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan quruq
dasht va cho‘l o‘simliklari;
• sklerofitlar — ildizining so‘rish kuchi katta bo‘lgan va mayda
kichik barglari bilan bug‘lanishni pasaytirishga qobiliyatli o‘simliklar.
Sukkulentlar  ichida  konvergensiya  hodisasi  —  har  xil  turga
mansub, amalda bir xil shaklga ega bo‘lgan o‘simliklar uchraydi.
Masalan, Afrika ixroji va kaktus sharsimon shaklga ega.
Suvdan foydalanish zaxirasi — o‘simlikning ildiz tizimi shi-
mib olishga layoqatli suvlar bo‘lib, muayyan hududdagi yog‘in
miqdori  va  yuza  qatlamlarning  suv  o‘tkazuvchanligiga  bog‘liq.
Yog‘inlar  miqdori  ko‘p  bo‘lsa-da,  qumli  qatlamlarning  yuqori
suv  o‘tkazuvchanligi  suvning  tezlik  bilan  tuproqda  filtrlanib,
uning past qismiga sizib o‘tishiga olib keladi.
Agarda tabiiy manba suvdan foydalanishning yetarli zaxirasini
ta’minlay olmasa, uning o‘rni irrigatsiya tizimlari qurilmalari yor-
damida sug‘orish bilan sun’iy usulda to‘ldiriladi.
Hayvonlarda suvga nisbatan o‘ziga xos ekologik guruhlar ajratiladi:
• gigrofillar — namsevar hayvonlar (qon so‘ruvchi pashshalar);
• kserofillar  —  qurg‘oqsevar  hayvonlar;
• mezofillar — oraliq guruhdagi hayvonlar.
Hayvonlarda xulqiy, morfologik va fiziologik yo‘llar (uslublar)
bilan suv balansi tartibga solinadi.
Xulqiy uslubga namli joylarga ko‘chib o‘tish, vaqt-vaqti bilan
suvloqqa borish-kelish, tungi hayotga o‘tish va h.k.; morfologik
moslashishga tanada suvni to‘xtatib qoluvchi: shilliqqurtning chi-
g‘anog‘i, sudralib yuruvchilarning muguz qoplami va h.k.; fizio-
logik moslashishga ichimlik suvini chetlab o‘tishga imkon be-
ruvchi va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan me-
tabolik suv hosil bo‘lishi kabilar mansubdir.
Hayvonot dunyosining aksariyat vakillari, xususan, tuya, qo‘y
va it tanasining muvofiq ravishda 27, 23 va 17 % miqdorda suv


34
yo‘qotishiga chidashi mumkin. Odam tanasidan 10 % suv yo‘qol-
ganda halok bo‘ladi. Issiqqonli hayvonlarga nisbatan poykiloterm
organizmlar suvga birmuncha chidamli hisoblanadi.
Harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri
Harorat  va  namlik  birlikda  uzluksiz  ta’sirlashib,  muayyan
hududda iqlimning o‘ziga xos «sifatini» ta’minlaydi: quyosh nuri
va havoning quruqligi haroratning keskin o‘zgarishiga — materik
iqlimining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston keng-
liklaridagi iqlim o‘zgarishlari turli xil ekologik sharoitlarni vujudga
keltirganki, mamlakatimiz florasi va faunasi boy biologik xilma-
xillikka ega.
Organizmlarning umr uzoqligi ekogrammasi modeli uch asosiy
tarkibiy qismdan tashkil topadi: harorat, nisbiy namlik va o‘lish
miqdori. 1°C dan 100°C gacha bo‘lgan harorat va 1 % dan 100 %
gacha bo‘lgan nisbiy namlikning o‘zaro gorizontal va vertikal tu-
tash  nuqtalaridan  hosil  bo‘lgan  egri  chiziqlar  umr  uzoqligi  bir
xil  bo‘lgan  nuqtalarni  birlashtiradi  va  o‘lish  miqdorini  quyi  va
yuqori chegaralar bo‘yicha foizlarda ifodalashga, muayyan orga-
nizm  uchun  umr  uzoqligi  yoki  qisqaligini  belgilaydigan  muhim
ko‘rsatkichlarni topishga imkon beradi.
Bunday  ekogrammalar  tuzish  orqali  organizmlar  faolligini
aniqlash va hasharotlarga qarshi kurashish mumkin.
Suv muhiti
Suv muhitining asosiy ekologik omillari — daryolar, dengizlar
va  okeanlardagi  doimiy  harakatdagi  oqimlar va  to‘lqinlar  hisob-
lanadi. Ular suvning mineral moddalarga to‘yinishi va ion tarkibini
o‘zgartirib, organizmlarga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek,
o‘simlik va hayvonlarning oqimga moslashishini keltirib chiqa-
ruvchi  bevosita  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Masalan,  tinch  oqa-
digan daryolar baliqlarining tanasi asosan yassi, tez oqar daryolar-
niki  esa  yumaloq  bo‘ladi;  suvo‘tlari  ham  oqimga  morfologik
moslashib, muhitdagi asosga mustahkam yopishib oladi.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə