Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72

29
Yorug‘lik va uning organizmlar hayotida tutgan o‘rni
Yorug‘lik — energiyaning dastlabki manbasi bo‘lib, usiz Yerda
hayot bo‘lishi mumkin emas.
Yorug‘lik Yerda o‘simliklarning anorganik moddalardan or-
ganik  moddalar  hosil  qilishini  ta’minlaydigan  fotosintez  ja-
rayonida ishtirok etadi. Fotosintez jarayonida fiziologik faol radia-
tsiya  doirasi deb ataladigan  380—760  nm chegarasidagi nurlar
ishtirok  etadi.  Uning  ichida  fotosintez  uchun  qizil-to‘q  sariq
(600—700  nm)  va  binafsha-zangori  (400—500  nm)  nurlar  eng
ko‘p, sariq-yashil (500—600 nm) nurlar esa eng kam ahamiyat
kasb  etadi.  Aynan  sariq-yashil  nurlar  xlorofill  moddali  o‘sim-
liklarga yashil rang beradi.
Yorug‘lik  nafaqat  energiya  manbayi,  balki  organizmlarning
moslashish  jarayoni  va  biotaga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatuvchi  eng
muhim ekologik omildan biridir.
Ko‘rinadigan yorug‘lik va fiziologik faol radiatsiya doirasidan
tashqarida  infraqizil  va  ultrabinafsha  nurlar  bo‘ladi.  Quyosh
nurining  1—3  %  ultrabinafsha,  49—84  %  infraqizil  nurlarga
to‘g‘ri  keladi.  Ultrabinafsha  nurlanish  katta  energiya  va  foto-
kimyoviy  ta’sirga  ega  bo‘lib,  organizmlar  unga  nisbatan  juda
sezgir. Infraqizil nurlanish nisbatan kichik energiyaga ega bo‘lib,
suvda yengil yutiladi, biroq ba’zi organizmlar undan tana haro-
ratini ko‘tarishda foydalanadi.
Organizmlar uchun yoritilish jadalligi muhim ahamiyat kasb
etadi.  O‘simliklar  yoritilganlik  darajasiga  munosabati  bo‘yicha
oftobsevar (geliofit), soyasevar (ssiofit) va soyaga chidamli o‘sim-
liklar guruhiga ajratiladi.
Yorqin  quyosh  nuri  —  geliofitlar  (yaylov  o‘tlari,  boshoqli
g‘alla o‘simliklari, g‘o‘za) uchun; kuchsiz yoritilganlik — ssiofitlar
(tayga qarag‘ayzori, o‘rmon-dasht dubzorlari, tropik o‘rmonlar)
uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Oftobsevar o‘simliklarning
soyaga, soyasevar o‘simliklarning oftobga toqati yo‘q. Soyaga chi-
damli o‘simliklar yorug‘likka chidamlilikning keng ko‘lamiga ega
bo‘lib, ham oftobda, ham soyada rivojlanishi mumkin.


30
Yorug‘lik  signallari  organizmlarning  moslashishini  tartibga
soladi. Organizmlarning vaqt mobaynidagi faolligini tartibga so-
luvchi  eng  ishonchli  signallardan  biri  kun  uzunligi  —  fotodavr
hisoblanadi.  Fotodavriylik — organizmlarning kun uzunligi tufayli
kelib  chiqqan  mavsumiy  o‘zgarishlardan  ta’sirlanishidir.  Muay-
yan joyda yilning muayyan davrida kun uzunligi hamisha bir xil
bo‘ladi,  bu  esa  o‘simlik  va  hayvonlarga  muayyan  kenglikda  yil
davomida  (gullashning  boshlanish  vaqti,  pishib  yetilish  vaqti)
shakllanishiga imkon beradi. Boshqacha ifodalasak, fotodavr — bu
tirik organizmlarda fiziologik jarayonlar ketma-ketligini o‘z ichiga
olgan «vaqt relesi» yoki «ishga solish tartibi» hisoblanadi.
Fotodavriylikni kun va tun almashinuvi bilan kechadigan tashqi
sutkalik ritmlar (maromlar) — muayyan joyda Yerning o‘z o‘qi
atrofida harakatlanishi tufayli vujudga keladigan mikroiqlim sha-
roitlarining davriy almashinib turishiga javoban organizmlarning
o‘ziga xos moslashuvi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Yorug‘lik
omili mavsumiy maromlarda bo‘lgani kabi sutkalik maromlarda
ham asosiy signal (ogohlantirish) vazifasini o‘taydi. Sutkalik dav-
riylikda tinch holat va faol faoliyat davri o‘zaro almashinib turadi.
Har holda hayvonlar va odam hayot faoliyatidagi sutkalik davriylik
turning  tabiiy  xossasiga,  ya’ni  ichki  maromiga  aylangan.  Orga-
nizmdagi  ichki  maromlarning  davom  etish  muddati  aniq  son
(24 soat) bilan ustma-ust to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Bu  maromlar  organizmga  vaqtni  his  etishga  yordam  beradi.
Òirik organizmlarning vaqtni his etish qobiliyati «biologik soat»
deb  yuritiladi.  Biologik  soat  hayvonlarga  to‘g‘ri  mo‘ljal  olishga
yordam beradi, ya’ni har bir organizm o‘zi yashab turgan joyning
yorug‘lik omiliga asoslanib vaqtini o‘lchaydi.
Fotodavriylik  irsiy  mustahkam  bo‘lsa-da,  boshqa  ekologik
omillar, masalan, harorat bilan birgalikda namoyon bo‘ladi: agar
X kuni sovuq bo‘lsa, o‘simlik keyin gullaydi; agar sovuq X kuni-
dan oldin boshlansa, hosil kam bo‘ladi va h.k. Fotodavriylik sub-
tropik va tropik mintaqalarda  muhim ekologik omil bo‘lib xizmat
qilmaydi;  uning  o‘rnini  quruq  va  yomg‘irli  mavsumlar  bosadi.
Baland tog‘larda asosiy ogohlantiruvchi omil harorat hisoblanadi.


31
Òirik tabiatning yil fasllari bo‘yicha rivojlanishi Xopkinsning
bioiqlim qonuniga muvofiq, ya’ni turli mavsumiy hodisalarning
boshlanish vaqti joyning geografik kengligi va uzunligiga, uning
dengiz sathidan balandligiga bog‘liq amalga oshadi. Demak, joy
qanchalik shimolda, sharqda va balandda bo‘lsa, bahor shunchalik
kech, kuz esa erta kirib keladi.
Yil fasllarining qachon kirib kelishi (boshlanishi)ni bilish qish-
loq xo‘jaligi ishlarini rejalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Organizmlar hayotida suvning tutgan o‘rni
Suv — organizm hujayrasining asosini tashkil qiluvchi proto-
plazmaga fiziologik zarur bo‘lgan suyuq modda. Agar yerusti yoxud
suv muhitida suv miqdori keskin o‘zgarishlarga uchrasa yoki kuchli
sho‘rlanish muhitida osmotik yo‘l bilan organizmdan suvning ajralishi
ro‘y bersa, u ekologik nuqtayi nazardan cheklovchi omilga aylanadi.
Quruqlik-havo  muhitidagi  suv  atmosfera  yog‘inlari  miqdori,
havo  muhitining  namligi,  havoning  qurituvchi  ta’siri  va  suvdan
foydalanish  zaxirasiga  ega  bo‘lgan  hududlar  (maydonlar)  bilan
tavsiflanadi.
Atmosfera  yog‘inlari  miqdori  tabiiy-geografik  sharoitlar  bilan
bog‘liq bo‘lib, yer yuzasida notekis taqsimlangan. Masalan, Osiyo
qit’asida yiliga 2000 mm.dan ziyod (Hindiston, Bangladesh) va
200  mm.dan  kam  (Saudiya  Arabistoni,  O‘zbekiston  va  Qozo-
g‘istonning ayrim qismlari) yog‘in yog‘adigan hududlar mavjud.
Biroq tirik organizmlar uchun yog‘inlarning yil fasllari bo‘yicha
taqsimlanishi eng muhim cheklovchi omil hisoblanadi.
Mo‘tadil mintaqalarda yillik yog‘in miqdori yetarli bo‘lishiga
qaramasdan, uning notekis taqsimlanishi tufayli o‘simliklar qur-
g‘oqchilik yoki ortiqcha namgarchilikdan nobud bo‘lishi mum-
kin. Òropik mintaqa organizmlari quruq va namli mavsumni bosh-
dan kechirishga to‘g‘ri keladi.
Cho‘l sharoitiga moslashgan o‘simliklarda o‘sish ingibitori —
o‘simliklarning o‘sishini sekinlashtiruvchi tabiiy moddalar (tuzlar,
zaharli  moddalar)  mavjud  bo‘lib,  ular  vegetatsiya  uchun  yetarli


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə