Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72

17
O‘simliklar ontogenezida o‘sish, rivojlanish (yetuk organizm)
va  qarish  (fiziologik  jihatdan  biosintezning  susayishi  va  o‘lish)
bosqichlari farqlanadi.
Muhitning  kimyoviy,  yorug‘lik  yoki  issiqlikdan  ifloslanishi
natijasida ontogenez jarayonlari buzilishi va mayib-majruhlik paydo
bo‘lishi yoki organizm halok bo‘lishi mumkin.
Organizmlarning hozirgi kundagi ontogenezi ularning uzoq
evolutsiya  davomida  tarixan  rivojlanishi  —  filogenez  natijasida
vujudga  kelgan.  Shu  asosda  biogenetik  qonun  quyidagi  maz-
munda shakllantirilgan: istalgan organizmning ontogenezi maz-
kur tur filogenezining qisqa va lo‘nda takrorlanishidir.
Hozirgi  kunda  Yer  sayyorasida  organizm-
larning 2,2 mln.dan ortiq turi mavjud.
Ma’lumki,  organik  dunyo  azaldan  hayvonlar
va o‘simliklarga bo‘linadi. Yer sayyorasining mu-
ayyan hududidagi o‘simlik organizmlari majmuyi
flora deb, hayvon organizmlari majmuyi esa fauna deb ataladi.
Muayyan hududda (mintaqa, tuman va h.k.) yashovchi, tarixan
shakllangan flora va fauna majmuyi biota deb ataladi. Bu atama-
lardan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan, gulli o‘simliklar
florasi, qushlar faunasi, tuproq biotasi va h.k.
Quyida  organizmlar  tasnifiga  muvofiq,  flora  va  faunaning
umumiy tavsifi keltiriladi.
Prokariotlar  —  bir  hujayrali  yadrosiz  organizmlar  bo‘lib,
taxminan  milliard  yil  oldin  paydo  bo‘lgan  eng  qadimgi  jonzot-
lardir. Hozirgi kunda ularning 5 mingga yaqin turi ma’lum.Ularga
viruslar, bakteriyalar va ayrim suvo‘tlari mansubdir.
Prokariotlar  ichida  bakteriyalar  eng  ko‘p  tarqalgan.  Bakte-
riyalarning  ayrimlari  avtotrof  (masalan,  ko‘kimtir  bakteriyalar)
hisoblanib,  oltingugurt  asosidagi  xemosintez  hisobiga  organik
modda  hosil  qiladi.  Bakteriyalarning  aksariyati  geterotrof  (sap-
rotroflar, redutsentlar) bo‘lib, parazit shakllari o‘simliklar, hay-
vonlar va odamda  turli kasalliklar keltirib chiqaradi.
Bakteriyalar asosan tuproqda keng tarqalgan — 1 gr tuproqda
100 milliondan 2 milliardgacha uchrashi mumkin. Ular tuproqda
Organizm
tizimlari va
yer biotasi


18
turli vazifalarni bajaradi: chirituvchi, azot to‘plovchi va h.k. Bak-
teriyalar orasida aerob va anaerob shaklda hayot kechiruvchilar
mavjud.
Bakteriyalar tuproq eroziyasi tufayli suv havzalariga tushadi.
Suv havzasining qirg‘og‘ida 1 ml suvda 300 minggacha, markazida
esa  200  minggacha  bakteriya  bo‘lishi  mumkin.  Bakteriyalar  at-
mosfera havosida nisbatan kam, tuproq osti qatlami — litosferada
birmuncha keng tarqalgan: yer po‘stida 1000 m chuqurlikda ham
uchrashi  mumkin.
Ko‘k-yashil  suvo‘tlari  o‘z  tuzilishiga  ko‘ra,  bakteriya  hujay-
rasiga  o‘xshaydi.  Ular,  asosan,  chuchuk  suv  havzalari  yuzasida
yashaydi. Ularda kechadigan metabolizm jarayonining mahsuli
azotli birikmalar bo‘lib, boshqa suvo‘tlarining rivojlanishiga im-
kon yaratadi. Ko‘k-yashil suvo‘tlari muayyan sharoitda «gullab»,
suvni,  shu  jumladan,  suv  quvurlarini  ifloslantirishi  mumkin.
Eukariotlar — hujayrasida yadrosi bo‘lgan organizmlar bo‘lib,
ularga yuksak o‘simliklar, ko‘p hujayrali hayvonlar, zamburug‘lar,
amyobalar  mansubdir.  Eukariotlar  ichida  eng  ko‘p  tarqalgani
o‘simliklar bo‘lib, ularning taxminan 300 ming turi mavjud.
O‘simliklar  organik  moddalar  hosil  qiluvchi  yagona  orga-
nizmlardir. Ular tomonidan hayvonot dunyosi uchun oziq mah-
sulotlari yaratiladi. Suvo‘tlari suvda erkin suzib yoki qaysidir asosga
yopishib  yashovchi  o‘simliklar  guruhidir.  Suvo‘tlari  fotosintez
jarayoni vujudga kelgan dastlabki organizm hisoblanadi. Quruq-
likda yashovchi yuksak o‘simliklar oziq moddalarni tuproqdan oladi
va fotosintez tufayli organik moddalar hosil qiladi.
Lishayniklar, moxlar, paporotniksimonlar va gulli o‘simliklar
landshaftlarning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular ichida
gulli o‘simliklar (250 mingdan ortiq turi) ustunlik qiladi. Quruq-
likdagi o‘simliklar kislorod ishlab chiquvchi va atmosferani kis-
lorod bilan boyituvchi asosiy manba hisoblanadi.
Zamburug‘lar  —  xlorofillsiz  tuban  o‘simliklar  bo‘lib,  faqat
tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan geterotrof organizmdir.
Ularning 100 mingdan ortiq turi mavjud. Barcha zamburug‘lar-
ning to‘rtdan uch qismi o‘simlik chirindilari bilan oziqlanadi-


19
gan saprofit hisoblanadi. Ayrim zamburug‘lar o‘simlik va hay-
vonlarda parazitlik qiladi.
Hayvonlar — shakli va o‘lchamiga ko‘ra har xil bo‘lib, ularning
1,7 mln.dan ortiq turi mavjud. Hayvonlar geterotrof, konsument
organizm hisoblanadi. Ular ichida bo‘g‘imoyoqlilar, molluskalar
va umurtqalilar turlar soni bo‘yicha peshqadamlik qiladi.
1. Biologik tuzilmalarning qaysi darajalari ekologiyaning o‘rganish obyekti
hisoblanadi?
2. Biotsenoz va ekologik tizim o‘rtasida qanday o‘xshashlik va farqlanishlar
mavjud?
3. Organizmlar oziqlanish manbasi xususiyatlariga ko‘ra qaysi guruhlarga
bo‘linadi?
4. Organizmning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirida adaptatsiya (moslashish)
qanday ahamiyatga ega?
5.  Yer  biotasi  uchun  avtotrof  organizmlarda  kechadigan  metabolizm  ja-
rayoni qanday ahamiyat kasb etadi?
6. Biogenetik qonunning mohiyati nimadan iborat?
7. Organizmlar nima uchun tasniflanadi?
8. Biota qaysi organizmlar majmuyidan iborat?
9. Prokariot va eukariot organizmlarga misollar keltiring.
10. Quruqlikda eng ko‘p tarqalgan organizmlarga misollar keltiring.
2-bob. ORGANIZM VA MUHITNING O‘ZARO MUNOSABATI
Yashash  muhiti  —  organizm  yashayotgan
joydagi  abiotik  va  biotik  sharoitlar  majmuyi.
Yashash  muhitining  xususiyatlari  doimo  o‘z-
garib turadi va har bir organizm yashab qolishi
uchun bu o‘zgarishlarga moslashadi.
Yer biotasi tomonidan quyidagi uch asosiy yashash muhiti
o‘zlashtirilgan: suv muhiti, quruqlik-havo muhiti va litosfera-
ning yuza qismida joylashgan tog‘ jinslari bilan birgalikda tup-
roq  muhiti.  Biologlar  tomonidan  ko‘pincha  to‘rtinchi  yashash
muhiti,  ya’ni  parazitlar  va  simbiontlar  joylashgan  tirik  orga-
nizmlar ham ajratib ko‘rsatiladi.
?
NAZORAT SAVOLLARI
Yashash  muhiti
va ekologik
omillar haqida
tushuncha


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə