Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72

61
Ekotizimlarning
biologik
mahsuldorligi
Shunday  qilib,  energiyaning  katta  qismi  bir  trofik  darajadan
ikkinchi  —  yuqori  darajaga    o‘tishda  yo‘qotiladi.  Bu  yo‘qotish
taxminan  90  %  ni  tashkil  etadi:  har  bir  keyingi  darajaga  oldingi
darajaning taxminan  10 % atrofidagi energiyasi uzatiladi. Aslida
ekologik  tizimning  trofik  zanjiri  bir-biri  bilan  ko‘p  omilli  bog‘-
langan nihoyatda murakkab tizimdir. Xulosa shundaki, hayot mavjud
bo‘lishi uchun yo‘qolgan va tarqalgan energiya qayta tiklanishi lozim.
Shuni ta’kidlash joizki, ekotizimdagi moddalar almashinuviga
ko‘pincha tashqaridan kirib kelgan moddalar qo‘shilib qoladi va
ular oziqlanish zanjirlarida to‘planadi. Bu jarayonga biologik to‘p-
lanish deyiladi. Bunga trofik zanjirlarda radionukleidlar va pesti-
tsidlar to‘planishini misol qilib keltirish mumkin. Biologik to‘p-
lanish tufayli ayrim jonzotlar qirilib yoki kamayib ketishi mumkin.
Bu jarayon atrof-muhit himoyasida qat’iy hisobga olinishi lozim.
Ekologik  tizimlar  mahsuldorligi  —  pro-
dutsentlarning organik moddalar hosil qiluvchi
fotosintez jarayonida nur energiyasini o‘zlash-
tirish tezligi; bakteriyalarning karbonat angidrid
gazidan organik moddalarni hosil qilish tezligi.
Òabiatda organik moddalar ishlab chiqilishining turli darajalari
mavjud  bo‘lib,  birlamchi  va  ikkilamchi  mahsulotlar  farqlanadi.
Vaqt birligi ichida produtsentlar tomonidan hosil qilinadigan orga-
nik miqdor — birlamchi mahsulot deb, vaqt birligi ichida konsu-
mentlar miqdorining o‘sishi — ikkilamchi mahsulot deb ataladi.
Birlamchi  mahsulotning  ikki  darajasi:  yalpi  va  sof  mahsulot
farqlanadi. Yalpi birlamchi mahsulot — yalpi organik moddalar-
ning  umumiy  miqdori  bo‘lib,  vaqt  birligi  ichida  fotosintez  ja-
rayonining ma’lum tezligida (nafas olishga sarflar hisobga olin-
gan holda) o‘simliklar tomonidan yaratiladi.
O‘simliklar yaratgan yalpi mahsulotining 40 % dan (plankton,
suvo‘tlar) 70 % gacha (daraxtlar) bo‘lgan qismini nafas olishiga
sarflaydi. Yalpi mahsulotning «nafas olishga» sarflanmay qolgan
qismi sof birlamchi mahsulot deyiladi. U o‘simlikning o‘sish kat-
taligida  (o‘lchamida)  o‘z  aksini  topadi  va  aynan  shu  mahsulot
konsumentlar  hamda  produtsentlar  tomonidan  o‘zlashtiriladi.


62
Ikkilamchi mahsulot yalpi va sof mahsulotga bo‘linmaydi, ya’ni
konsumentlar va redutsentlar (barcha geterotroflar) o‘z og‘irligini
birlamchi  mahsulotlar  hisobiga  oshiradi,  ya’ni  oldin  yaratilgan
mahsulotdan foydalanadi.
Ekotizimning barcha tirik tarkibiy qismlari — produtsentlar,
konsumentlar  va  redutsentlar  bir  butun  uyushma  yoki  uning
ayrim qismlari, u yoki bu organizmlar guruhining umumiy bio-
massasini tashkil qiladi. Biomassa, odatda, xom va quruq og‘irlikda
ifodalanadi. Barqaror uyushmalarda barcha mahsulotlar amalda
trofik tarmoqlarga ketkaziladi va biomassa o‘zgarmasdan qoladi.
Ekotizimlardagi  trofik  tuzilmani  ekologik  piramidalar  ko‘ri-
nishida  ifodalash  mumkin.  Piramidaning  asosini  produtsentlar
darajasi, keyingi oziqlanish darajalarini esa piramidaning qavatlari
va cho‘qqisi tashkil qiladi.
Ekologik piramidalarning uch turi farqlanadi:
1)  miqdorlar  piramidasi  —  har  bir  darajadagi  organizmlar
sonini aks ettiradi;
2) biomassalar piramidasi — tirik moddalar massasini tavsif-
laydi (umumiy quruq og‘irligi va h.k.);
3) mahsulot yoki energiya piramidasi — har tomonlama tavsifga
ega  bo‘lib,  birlamchi  mahsulot  yoki  energiyaning  keyingi  trofik
darajalarda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Miqdorlar  piramidasi  Elton  qonunining  mohiyatini  aks  etti-
radi:  produtsentlardan  konsumentlargacha  bo‘lgan  darajalarning
izchil qatorini tashkil etuvchi zotlar soni uzluksiz kamayib boradi.
Quruqlikdagi  ekotizimlarda  quyidagi  biomassalar  piramidasi
qoidasi qo‘llaniladi:  o‘simliklarning umumiy massasi barcha o‘t-
xo‘r organizmlar massasidan, ularning massasi esa barcha yirtqich
organizmlar  massasidan  ortiq  bo‘ladi.  Demak,  sof  birlamchi
mahsulot o‘zgarishi bilan oziqlanish zanjirining barcha darajala-
rida biomassa o‘zgaradi.
Mahsulot  yoki  energiya  piramidasi  qoidasi  birlamchi  mah-
sulot yoki energiyaning keyingi trofik darajalarda o‘zgarishini aks
ettiradi: har bir oldingi trofik darajada vaqt yoki energiya birligida
yaratilgan biomassa miqdori keyingi darajaga nisbatan katta bo‘ladi.
Ekotizimlar  energetikasi  va  uning  asosiy  ko‘rsatkichlarini
bilish  tabiiy  ekotizimlardan  ularning  mahsuldorligiga  putur


63
Ekotizimlarning
o‘zgarish sur’ati
yetkazmasdan u yoki bu miqdorda o‘simlik va hayvon biomas-
sasini olish mumkinligini aniq hisoblashga imkon beradi.
Odam tabiiy tizimlardan keragidan ortiq darajada  mahsulotlar
oladi. Shuningdek, odamlar uchun asosiy oziq manbayi qishloq
xo‘jaligi  hisoblanadi.  Odam  sun’iy  agroekotizimlarni  yaratib,
o‘simliklardan sof birlamchi mahsulotni ko‘proq olishga harakat
qiladi. Agroekotizimlarda yaratilgan sof birlamchi mahsulot-
ning 90 % turli maqsadlarga sarflanadi yoki boy beriladi va atigi
10 % dan odam ehtiyojlari yo‘lida bevosita foydalaniladi.
Ekotizimlar  uzluksiz  o‘zgarish  (o‘sish,
rivojlanish) jarayonida bo‘lib, ularga davriylik
hamda populatsiyalar va biotsenozlar almashi-
nuvi  xosdir.  Òashqi  shart-sharoitlarning  sutkalik,  mavsumiy  va
ko‘p yillik o‘zgarishlari va organizmlarda ichki maromlarning namo-
yon bo‘lishi biotsenozlar davriyligi — siklliligida o‘z aksini topadi.
Sutkalik davriylik kunduzgi va tungi haroratlar o‘rtasida sezi-
larli  farq  bo‘ladigan  yozi  issiq,  qishi  sovuq  iqlimli  hududlarda
ancha keskin namoyon bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonning deyarli
barcha tekislik hududlarida ko‘pchilik hayvonlar jazirama tushda
uyasiga yashirinadi yoki yozda tungi hayot tarziga o‘tadi.
Mavsumiy  davriylik  bir  yillik  o‘tlar,  barglar  to‘kilishi  va  shu
kabilar yo‘qolgan paytda dong qotib qishki uyquga ketgan hay-
vonlar,  hatto,  butun  boshli  populatsiyalar  muayyan  davrlarda
biotsenozdan «tushib keladi». Bunday hollar, hatto, nam tropik
o‘rmonlarda ham kuzatiladi.
Ko‘p  yillik  davriylik  iqlim  o‘zgarishlariga  bog‘liq.  Muayyan
hududlarda  yog‘inlarning  yillar  bo‘yicha  notekis  taqsimlanishi,
davriy  ravishda  qurg‘oqchiliklar  ro‘y  berishi  kabilar  natijasida
organizmlar,  populatsiyalar  sonida  ko‘p  yillik  o‘zgarishlar  sodir
bo‘ladi. Masalan, ayrim davrlarda hayvonlarning yalpi ko‘payishi
(chigirtkalar  uchishi)  kuzatiladi.
Ekotizimlarda davriy ravishda populatsiyalar va biotsenozlar alma-
shinuvi ro‘y beradi. Bu jarayonga ekologik suksessiya (izchil alma-
shinish) deyiladi. N.F. Reymers  ta’rifiga ko‘ra, suksessiya — u yoki
bu hududda (biotopda) maqbul tarzda paydo bo‘lgan biotsenozlar-
ning tabiiy omillar yoki inson faoliyati ta’sirida  tadrijiy yangilanishidir.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə