Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72

174
kelishi mumkin. Fosforli, kaliyli va boshqa o‘g‘itlarni ko‘p miq-
dorda ishlatish ham  xavfli hisoblanadi. Bu o‘g‘itlar oqova suvlari
(sizot suvlari) va yog‘in suvlari bilan birga suv havzalariga tushadi
va evtrofikatsiya (suvning «gullashi») hodisasi ro‘y berishiga olib
keladi. Natijada bunday suv havzalarida baliqlar va boshqa mav-
judotlar  nobud  bo‘lishi  mumkin.
Madaniy o‘simliklarga beriladigan o‘g‘itlar va ularning tarki-
bidagi ayrim elementlarning yetishmasligi yoki maromidan ortiqcha
berilishi  turli  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,
oziqlar tarkibida u yoki bu modda yetishmasligi ekinlarda turli xil
morfologik o‘zgarishlar sodir qiladi. Bu holat, ko‘pincha, tuproqning
turi, holati va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, ekinlarga
azot yetishmasa, eng avvalo, ularning yashil rangi o‘zgaradi, xlorofill
hosil bo‘lishi sustlashadi va o‘simlik barglari och yashil  rangga kiradi.
Madaniy ekinlar ekologiyasining umumiy jihatlarini eng keng
tarqalgan ekin — g‘o‘za misolida qarab chiqamiz.
G‘o‘za  —  o‘sish  va  rivojlanish  jarayonida,
ya’ni chigitni ekishdan to ko‘saklar pishib yetil-
gunga qadar besh asosiy fazani (davrni) o‘taydi:
1. Unib chiqish. 2. Chinbarg chiqarish. 3. Shonalash. 4. Gullash.
5. Pishish.
Bu  fazalarning  o‘tish  tezligi  g‘o‘za  navining  biologik  xusu-
siyati, harorat,  namlik  va  boshqa  sharoitlarga  bog‘liq  bo‘ladi.
Òuproq harorati 13—14°C, namligi 70 % bo‘lganda chigit ekish-
dan to unib chiqquncha 5—7 kun, bu sharoitlar yetarli bo‘lmasa
10—15 kun davom etishi mumkin. G‘o‘zaning shonalash mud-
dati ham haroratga bog‘liq. Masalan, havoning o‘rtacha harorati
25—28°C bo‘lganda g‘o‘zaning chinbarg chiqarishidan shonala-
shigacha  25—30  kun  kerak  bo‘ladi.  Agar  qulay  sharoit  bo‘lsa,
shonalashdan gul ochilguncha 25—30 kun, gullashdan ko‘saklar
pishishigacha 50—60 kun o‘tadi.  O‘rta tolali g‘o‘za navlari uchun
chigit ekilgandan to ko‘saklar pishguncha taxminan 125—150 kun,
ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun esa 145—160 kun kerak
bo‘ladi.  G‘o‘zadan  mo‘l  hosil  olish  uchun  uning  o‘sish  va  ri-
G‘o‘za
ekologiyasi


175
vojlanish davrlari va fazalarini puxta bilish juda katta ahamiyat
kasb etadi.
G‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish davrida asosiy ekologik omil-
larga bo‘lgan talabi turlicha bo‘ladi.
Issiqlikka talabi. G‘o‘za issiqlikka talabchan o‘simlik hisob-
lanadi. Sababi u tropik mintaqadan kelib chiqqan. Uning me’yorida
o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 25—30°C hisobla-
nadi. Agar harorat 20°C dan past bo‘lsa, g‘o‘zaning rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.
Chigit tuproq harorati 10—12°C bo‘lganda una boshlaydi.
U  me’yorida  unib,  maysasining  yer  yuziga  chiqishi  uchun  ka-
mida 19—20°C issiqlik bo‘lishi zarur. Harorat juda pasaysa, g‘o‘za
kasallanadi. Uning maysasi bahorda 1—2°C sovuqdan, voyaga yetgan
g‘o‘zalar  esa  kuzda  3—5°C  sovuqdan  zararlanadi.  G‘o‘zaning
me’yorida rivojlanishi uchun yuqori harorat 35—37°C hisoblanadi.
Agar harorat 40°C dan oshib ketsa, gul urug‘lanmay to‘kilib ketadi.
Foydali  haroratga  talabi.  G‘o‘zaning  turli  rivojlanish  fazala-
rida turlicha harorat talab etiladi. Biroq ma’lum rivojlanish faza-
sini to‘la o‘tash va tugallash uchun ham ma’lum harorat, ya’ni
samarali foydali harorat mavjud bo‘lishi kerak. Samarali foydali
haroratni hisoblash uchun havoning o‘rtacha sutkalik haroratidan
g‘o‘zaning muayyan rivojlanish fazasini o‘tashi mumkin bo‘lmay
qoladigan  harorat  olib  tashlanadi.  Odatda,  chigitning  unib  chi-
qishi  hamda  g‘o‘zaning  shonalash-gullash  bosqichlari  uchun
shartli  ravishda  qabul  qilingan  eng  past  harorat  10°C,  gullash-
pishish fazasi uchun esa 13°C olinadi.
Masalan,  g‘o‘zaning  shonalash-gullash  bosqichida  o‘rtacha
sutkalik harorat 30°C, past harorat esa 13°C. Bunda foydali sama-
rali harorat 30°C—13°C = 17°C bo‘ladi. G‘o‘zaning har bir o‘sish
va  rivojlanish  fazasi  uchun  samarali  foydali  harorat  shunday
hisoblab  chiqiladi.  Umuman,  o‘rtacha  tolali  g‘o‘za  navlarida
chigitdan maysa unib chiqishi uchun o‘rta hisobda 84°C—100°C,
shonalaguncha  485°C—500°C,  gullaguncha  900°C—1200°C  foy-
dali samarali harorat talab qilinadi.


176
Yorug‘likka talabi. G‘o‘za yorug‘sevar o‘simliklar qatoriga ki-
radi.  Shu  sababli  g‘o‘za  barglari  kun  bo‘yi  quyoshga  qarab  o‘z
holatini  o‘zgartirib  turadi.  Quyosh  botishi  bilan  g‘o‘za  barglari
pastga egiladi. Agarda yorug‘lik yetishmasa, g‘o‘zaning o‘sishi va
rivojlanishi susayadi. Jumladan, yorug‘lik yetishmasligi natijasida
g‘o‘za barglarida assimilatsiya jarayoni pasayadi. G‘o‘zaning yorug‘-
likka bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun dalada paykallarni to‘g‘ri
joylashtirish, g‘o‘zalarning gektariga o‘rtacha tup sonini ta’min-
lash, o‘z vaqtida  sug‘orish va begona o‘tlardan tozalash lozim.
Suvga talabi. G‘o‘za me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun suv
bilan yetarli darajada ta’minlanishi kerak. Shunda u yaxshi o‘sib
rivojlanadi  hamda  serko‘sak  bo‘ladi.  Bu  —  hosilning  garovidir.
Òuproqdagi  suv  g‘o‘zaning  ildizlari  orqali  shimiladi.  Shimilgan
suv va ma’danli moddalar g‘o‘zaning bosh poyasi orqali  shox,
shona, gul va tugunchalarga boradi. Natijada butun o‘simlik tanasi
suv  va  boshqa  oziqa  moddalar  bilan  ta’minlanadi.  Aks  holda,
g‘o‘za suv bilan yaxshi ta’minlanmasa, uning o‘sishi va rivojlanishi
sekinlashadi. Dalaning umumiy suv sarfini 100 % deb olsak, uning
60—80  %  g‘o‘za  iste’moli  hisobiga  bo‘lsa,  qolgan  20—40  %
tuproqdan bug‘lanib ketadi. Òuproqdan suv bug‘lanishining oldini
olish agrotexnologik tadbirlarga bog‘liq. Agar tuproqqa yaxshi ishlov
berilsa, suv tuproqdan shuncha kam bug‘lanadi. G‘o‘zani sug‘orish
soni va uning me’yorlarini belgilashda bular e’tiborga olinishi kerak.
Oziq  moddalarga  talabi.  G‘o‘za  me’yorida  o‘sishi  hamda  ri-
vojlanishi uchun yetarli miqdorda oziqa moddalar kerak bo‘ladi.
O‘rta tolali g‘o‘za navlari 1 t paxta hosili uchun 30—70 kg azot,
10—20 kg fosfor va 30—80 kg kaliy o‘g‘iti talab qilinadi. G‘o‘za
o‘zining rivojlanish fazalarida tuproqdan turli miqdorda azot va fosfor
moddalarini oladi: chigit unib chiqqandan shonalaguncha 7 % azot,
5 % fosfor; shonalashdan gulga kirguncha 48 % azot, 35 % fosfor;
gullashdan hosil pishguncha 44 % azot, 50 % fosfor; to‘la hosilga
kirish davrida 3 % azot, 10 % fosforni oladi.
G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishida azotning tutgan o‘rni katta.
Agar  g‘o‘zaning  o‘sish  va  rivojlanish  davrida  azot  yetishmasa,


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə