Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72

168
20-bob. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI EKOLOGIYASI –
AGROEKOLOGIYA ASOSLARI
Agroekologiya — ekologik omillarni hisobga
olgan holda tabiatdan to‘g‘ri foydalanish aso-
sida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va
yuqori  sifatli  dehqonchilik  mahsulotlarini
olish  yo‘llarini  o‘rganadi.  Agroekologiyaning  asosini  agroland-
shaftlar  —  agrobiotsenozlar  tashkil  qiladi.
Agrolandshaft  —  yer  yuzasining  odam  tomonidan  vujudga
keltirilgan  va  sun’iy  chegaralangan  qismi  bo‘lib,  uning  ichidagi
tarkibiy  qismlar  (tog‘  jinslari,  relyef,  iqlim,  tuproq,  suv,  o‘sim-
liklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar) bir-biri bilan
o‘zaro  bog‘langan  va  shartlangan  birlikni  hosil  qiladi.  Agro-
biotsenozlar — ekin dalasi, poliz, bog‘, uzumzor, ihota o‘rmon-
lari va daraxtlari kabilar biotoplardan tashkil topgan, odam to-
monidan o‘zgartirilgan, ikkilamchi biogeotsenozlar hisoblanadi.
Demak, agroekologik tizim antropogen, ya’ni odam tomonidan
yaratilgan va qayta o‘zgartirilgan ekologik tizimdir. Uning tu-
zilmasi va biologik mahsuldorligi odam tomonidan belgilanadi:
u  yerni  chopiq  qiladi,  urug‘  sochadi,  ekinni  parvarish  qiladi,
hosil oladi va h.k.
Agroekologik  tizim  avtotrof  bo‘lib,  uning  asosiy  energiya
manbayi — quyosh hisoblanadi, biroq bu tizimga odam tomonidan
qo‘shimcha  energiya  kiritiladi  (o‘g‘itlar,  pestitsidlar,  mashina-
mexanizmlar va h.k.). Agroekologik tizimlar tabiiy-ekologik ti-
zimlar kabi uch asosiy oziqlanish (trofik) guruhiga mansub bo‘lgan
organizmlarni o‘z ichiga oladi: produtsentlar (ekinlar — madaniy
o‘simliklar), konsumentlar va redutsentlar.
Agrotexnologiyalar  asosida  atrof-muhitga  mexanik  (tuproqni
qayta ishlash, sho‘r yuvish, ekinlarni sug‘orish, mollarni o‘tlatish
va h.k.), kimyoviy (o‘g‘itlar, o‘stirish vositalari va h.k.) va biologik
(ekinlar  ekish,  ko‘chat  o‘tqazish,  go‘ng  solish  va  h.k.)  ta’sirlar
ko‘rsatiladi.
Agroekologik
tizim  haqida
tushuncha


169
Dala  ekinlari  agroekologik  tizimlarning
asosini tashkil etadi. Hozirgi kunda 90 dan
ortiq dala ekinlarining turlari farqlanadi. Ular
o‘z ahamiyatiga ko‘ra, bir qancha biologik guruhlarni o‘z  ichiga
olgan  quyidagi  to‘rt  asosiy  xo‘jalik  guruhi  bo‘yicha  tasnif-
lanadi:
1. Donli ekinlar guruhi haqiqiy g‘alla ekinlari (bug‘doy, javdar,
arpa,  suli),  tariqsimon  g‘alla  ekinlari  (tariq,  makkajo‘xori,  jo‘-
xori, sholi va h.k.), don-dukkakli ekinlar (no‘xat, yasmiq, loviya,
soya va h.k.), boshqa donli ekinlar (marjumak va h.k.) kabi bio-
logik guruhlarga bo‘linadi.
2.  Òexnika  ekinlari  guruhi  besh  kichik  xo‘jalik  guruhlariga
ajratiladi:
a)  moyli  ekinlar  —  ular  oddiy  moyli  ekinlar  (kungaboqar,
zig‘ir,  yeryong‘oq,  kunjut,  mahsar,  xantal  va  h.k.),  efir  moyli
ekinlar (kashnich, arpabodiyon, sedana, yalpiz va h.k.) biologik
guruhlariga;
b) tolali ekinlar — ular urug‘ida tola hosil qiluvchilar (g‘o‘za
va h.k.), poyasida tola hosil qiluvchilar (tolali zig‘ir, kanop, jut,
nasha va h.k.), bargida tola hosil qiluvchilar (yukka, Yangi Ze-
landiya zig‘iri va h.k.) biologik guruhlariga;
d)  qandli  ekinlar  —  ular  ildizmevali  ekinlar  (qandlavlagi,
sachratqi va h.k.), qandli boshqa ekinlar (shakarqamish va h.k.)
biologik guruhlariga;
e)  ohorli  ekinlar  —  tugunak  mevali  ekinlar  (kartoshka,
topinambur va h.k.)  biologik guruhiga;
f)  narkotik,  dorivor  va  insektitsid  ekinlar  —  ular  narkotik
ekinlar (tamaki, jo‘n tamaki va h.k.), dorivor ekinlar (valeriana,
ko‘knori va h.k.), insektitsid ekinlar (qorabaroq-boltiriq va h.k.)
biologik guruhlariga bo‘linadi.
3. Yem-xashak ekinlari guruhi  ildizmevali va bargmevali ekinlar
(lavlagi,  sabzi, sholg‘om, xashaki karam va h.k.), bir yillik duk-
kakli o‘tlar (xashaki no‘xat, shabdar, bersim va h.k.), ko‘p yillik
dukkakli  o‘tlar  (beda,  sebarga,  esparset,  qashqarbeda  va  h.k.),
Ekinlarning
xilma-xilligi


170
ko‘p  yillik  g‘allasimon  o‘tlar  (ajriqbosh,  yaltirbosh,  oqso‘xta  va
h.k.) biologik guruhlariga bo‘linadi.
4. Sabzavot va poliz  ekinlari guruhi ikki kichik xo‘jalik gu-
ruhiga ajratiladi:
a) sabzavot ekinlari — ular mevali ekinlar (pomidor, karam,
baqlajon va h.k.), karamsimon ekinlar (oqbosh karam, gulkaram
va h.k.) biologik guruhlariga;
b)  poliz  ekinlari  —  ular  ildizmevali  ekinlar  (sabzi,  osh
lavlagi, turp, sholg‘om va h.k.), piyozli ekinlar (piyoz, sarimsoq
va h.k.), oziqa poliz ekinlari (tarvuz, qovun, oshqovoq va h.k.),
xashaki  poliz  ekinlari  (xashaki  tarvuz,  xashaki  oshqovoq  va
h.k.),  boshqa  poliz  ekinlari  (dastmolqovoq  va  h.k.)  biologik
guruhlariga bo‘linadi.
Yuqorida  keltirilgan  har  bir  guruh  o‘simliklari  o‘ziga  xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning tashqi muhit omillariga bo‘lgan
talablari har xil. Dala ekinlari ekologiyasini o‘rganish o‘simliklar-
ning biologik mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Masalan,
yovvoyi  qandlavlagi  tarkibida  5—6  %  shakar  moddasi  bo‘ladi.
Olimlar qandlavlagining  tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabla-
rini yetarlicha ta’minlash orqali tarkibida 20—23 % shakar bo‘lgan
yangi serhosil navlarini  yaratishdi.
Dalada yetishtiriladigan barcha ekin turlari-
ning hayot faoliyati tashqi muhit omillari bilan
mustahkam  bog‘langan  bo‘ladi.  Òashqi  muhit
omillari ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi va hosil
berishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Issiqlik. Har bir ekin o‘sish va rivojlanishning turli bosqichla-
rida muayyan miqdordagi haroratni talab qiladi. Agar bu harorat
ta’minlanmasa, o‘simlik me’yorida rivojlanmaydi. Masalan, g‘o‘-
zaning chigiti 10—12°C da unib chiqa boshlaydi. 14—16°C da bir
tekis maysa hosil qiladi. G‘o‘za uchun maysa hosil qilish va sho-
nalash davrida 10°C dan, gullash va hosilga kirish davrida esa 13°C
dan yuqori harorat (foydali harorat) talab etiladi. G‘o‘zaga vegeta-
tsiya davrida jami 1560—2000°C samarali harorat zarur bo‘ladi.
Ekinlarga
ekologik
omillarning
ta’siri


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə