Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72

192
Keyingi  yillarda  mikroorganizmlar  yordamida  mahsulotlar
yaratishga asoslangan biotexnologik jarayonlarga qiziqish kuchay-
moqda. Ayni paytda biotexnologiyalar atrof-muhit muhofazasida
keng qo‘llanilmoqda:
• oqova suvlar va maishiy chiqindilarni anaerob bijg‘ish yor-
damida foydalanishga qayta tiklash;
• tabiiy va oqova suvlarni organik va anorganik birikmalardan
biologik tozalash;
• ifloslangan  tuproqlarni  mikroblar  yordamida  qayta  tiklash,
oqova suvlar cho‘kindilari tarkibidagi og‘ir metallar ta’sirini yo‘qo-
tishga layoqatli mikroorganizmlar yaratish;
• o‘simlik chiqitlaridan (to‘kilgan barglar, poxol va h.k.) organik
o‘g‘itlar tayyorlash (biologik oksidlanish) va h.k.
Atrof-muhit  sifati  tushunchasi  orqali
tabiiy muhit xususiyatlarining inson ehtiyoj-
lari va texnologik talablarga muvofiqlik da-
rajasi tushuniladi. Òabiat muhofazasiga oid
barcha tadbirlar asosiga atrofdagi tabiiy muhit sifatini me’yorlash
tamoyili qo‘yilishi lozim. Bu atama insonning atrofdagi tabiiy muhitga
yo‘l  qo‘yiladigan  ko‘lamda  ta’sir  ko‘rsatish  me’yorlari  (ko‘rsat-
kichlari)  o‘rnatilishini  ifodalaydi.
Òabiiy muhit sifatini belgilaydigan ekologik me’yorlarga rioya
qilish quyidagilarni ta’minlaydi:
• aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash;
• odam, o‘simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlash;
• tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish va ularni qayta tiklash.
Ekologik me’yorlarning boshlang‘ich qiymati (kattaligi) qan-
chalik kam (kichik) bo‘lsa, atrofdagi tabiiy muhit sifati shuncha
soz (yuqori) bo‘ladi.
Atrofdagi tabiiy muhit sifati va unga ta’sir ko‘rsatishning asosiy
ekologik me’yorlari:
sanitariya-gigiyena  me’yorlari:
• zararli moddalarning ruxsat etilgan  chegaraviy  ulushi;
• tabiiy (fizikaviy) ta’sirlarning (shovqin, tebranish, ionlashgan
nurlanish va h.k.) ruxsat etilgan darajasi;
Atrof-muhit sifatini
me’yorlash


193
xo‘jalik-ishlab  chiqarish  me’yorlari:
• zararli moddalarning ruxsat etilgan  otqindilari;
• zararli moddalarning ruxsat etilgan  tashlamalari;
• tabiiy muhit tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan  istisnolari;
• ishlab  chiqarish  va  iste’mol  chiqindilari  hosil  bo‘lishining
belgilangan me’yorlari;
majmuiy  ko‘rsatkichlar:
• atrofdagi tabiiy muhitga ruxsat etilgan antropogen yuklama.
Ruxsat etilgan  chegaraviy  ulush (RECHU) – tuproq, havo va
suv muhitidagi ifloslantiruvchi moddalarning odamga doimiy yoki
vaqtincha ta’sir ko‘rsatganda uning salomatligiga ta’sir etmaydigan
va avlodlarida noqulay oqibatlar keltirib chiqarmaydigan miqdori.
Rivojlangan  mamlakatlarda  kimyoviy  moddalarning  suv
havzalari uchun 1900 ga yaqin, atmosfera havosi uchun 500 dan,
tuproqlar  uchun  130  dan  ortiq  RECHU  belgilangan.  RECHU
atrof-muhitni majmuiy tekshirishlar asosida o‘rnatiladi va tegishli
tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi. RECHU o‘zgar-
mas, doimiy miqdor emas, u vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi
va zaruriyatga qarab, aniqliklar kiritilib boriladi. Òegishli me’yorlar
tasdiqlanganidan keyin yuridik kuchga kiradi.
Ishlab chiqarish korxonalari uchun atmosferaga chiqariladigan
yoki suv havzasiga tashlanadigan zararli moddalarning ruxsat etilgan
otqindi  yoki  tashlamalarning  eng  ko‘p  miqdori,  shovqin,  teb-
ranish, magnit maydoni kabi zararli fizikaviy ta’sirlar uchun ruxsat
etilgan chegaraviy daraja belgilanadi.
Atrofdagi  tabiiy  muhit  sifatini  belgilaydigan  asosiy  majmuiy
me’yor — antropogen yuklamaning ruxsat etilgan me’yori hisob-
lanadi. Bu me’yor — ekologik tizimlar barqarorligini buzmagan
holda tabiiy resurslar yoki majmualarga mumkin bo‘lgan eng ko‘p
antropogen ta’sirlarni o‘z ichiga oladi.
Ekologik tizimlarning antropogen ta’sirlarga umumiy chidam-
liligini baholashda quyidagi omillardan foydalaniladi:
• ekologik tizimdagi jonli va jonsiz organik moddalar zaxirasi;
• ekologik tizimda organik moddalar hosil bo‘lishi samaradorligi
yoki o‘simliklar qoplami mahsulotlari;


194
• ekologik tizimdagi turlar xilma-xilligi.
Ekolog olimlar fikricha, nabotot, hayvonot va  odam yashash
muhitining barqarorligi, birinchi navbatda, tirik organik moddalar
massasi, uning asosiy qismi — fitomassa (daraxtlar, o‘t o‘simliklari
va  h.k.)  bilan  aniqlanadi.  Fitomassa  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  muhit
shuncha  barqaror  bo‘ladi.  Ekotizim  tur  va  tuzilmaviy  jihatdan
qanchalik xilma-xil bo‘lsa, uning antropogen ta’sirlarga bardosh
berish xususiyati shuncha kuchli bo‘ladi.
Òabiiy muhitning ekologik tizimlar ishini buzmagan holda u
yoki  bu  darajadagi  antropogen  yuklamalarga  bardosh  berish
qobiliyati «tabiiy muhit sig‘imi» yoki «hududning ekologik sig‘imi»
deyiladi.
Atrofdagi  tabiiy  muhitga  ruxsat  etilgan  antropogen  yuklama
haqidagi  tushuncha  tabiatdan  foydalanish  asosini  tashkil  qilishi
lozim.  Shu  nuqtayi  nazardan  ekstensiv  (sifatni  e’tiborga  olmay,
faqat  miqdorni  oshirishga  qaratilgan)  va  muvozanatli  tabiatdan
foydalanish farqlanadi.
Òabiatdan ekstensiv foydalanish – bunda ishlab chiqarishning
o‘sishi tabiiy majmualarga muttasil kuchayib boruvchi antropogen
yuklamalar hisobiga ta’minlanadi va bu yuklamalar hajmi ishlab
chiqarish miqyosiga nisbatan tez oshib boradi. Òabiatdan ekstensiv
foydalanish  tabiiy  majmualarning  to‘liq  buzilishiga  olib  kelishi
mumkin.
Òabiatdan  muvozanatli  foydalanish  –  bunda  tabiiy  muhitga
ko‘rsatiladigan umumiy antropogen yuklama tabiiy tizimning o‘z-
o‘zidan  tiklanish  imkoniyatidan  oshib  ketmasligi  uchun  jamiyat
tomonidan nazoratga olinadi va tartibga solinadi. Demak, tabiiy muhit
sifatini boshqarish (tartibga solish) ekologik nuqtayi nazardan ruxsat
etilgan antropogen yuklamalarni aniqlashdan boshlanishi, minta-
qaviy  tabiatdan  foydalanish  esa  tegishli  hududning  ekologik
«chidamliligi»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda sobiq sho‘ro tuzumi davrida tabiatdan ekstensiv
foydalanish ustun bo‘lib, paxtadan yuqori hosil olish maqsadida har
yili gektariga o‘rtacha 50 kg pestitsid (xorijiy davlatlarda 2—3 kg),
20—30  kg  defoliant  va  desikant  (xorijiy  davlatlarga  nisbatan  bir


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə