Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72

186
joyidan chiqib ketishga sarflaydi, uning qo‘rquvi shunchalik kuchli
bo‘ladiki, hatto o‘lib qolishi ham mumkin. Undagi hayajonlanish
holati boshqa cho‘chqalarga ham ko‘chadi. Cho‘chqalarni veterinariya
ko‘rigidan o‘tkazish yoki transportga ortishda ham shunday holat
kuzatiladi. Nochor tug‘ilgan cho‘chqa bolalari ham asabiylashishga
sababchi bo‘lishi mumkin.
Cho‘chqaxonalar sharoiti va oziqlantirishning yetarli emasligi
cho‘chqalarda  homilaning  me’yorida  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir
ko‘rsatib, chala (yetilmagan, kasalliklarga chalingan) tug‘ilish sodir
bo‘lishi  mumkin.  Buzoqlarning  kasallanishiga  ko‘pincha  ularni
barvaqt sutdan ajratish ham sabab bo‘ladi.
Chorva  go‘ngini  saqlash  va  undan  foyda-
lanish  qoidalarini  buzish  atrof-muhitga  katta
ziyon  keltirishi  va  xavf  tug‘dirishi  mumkin.
Odamlar axlati kabi yovvoyi hayvonlar va chorva
mollari tezaklari ham turli xil yuqumli kasallar keltirib chiqaradigan
manba hisoblanadi.
Jahon  Sog‘liqni  Saqlash  Òashkilotining  ma’lumotiga  ko‘ra,
go‘ng orqali atrof-muhitga 100 dan ortiq kasallik tarqalishi mumkin.
Bunga  sil  kasalligi,  brutselloz,  Sibir  kuydirgisi,  cho‘chqa  o‘lati,
oqsim va sariq kasalliklari hamda parazit chuvalchanglar, gijjalar
keltirib chiqaradigan kasalliklar kiradi.
Kasallik tarqatishda cho‘chqa go‘ngi juda xavfli hisoblanadi,
uning  go‘ngida  kasallik  tarqatuvchi  qurtlar  juda  ko‘p  bo‘ladi.
Parrandalar axlati ham juda zararli hisoblanadi. Go‘ng saqlash va
uni yerga solish qoidalari buzilsa, u atrof-muhitni  ifloslantiruvchi
manbaga aylanadi. Bundan tashqari, go‘ngda hayvonlar oshqozonida
hazm  bo‘lmagan  begona  o‘t  urug‘lari  ham  bo‘ladi.  Shu  sababli
go‘ngdagi begona o‘t urug‘lari hamda mikroorganizmlarni yo‘qotish
uchun go‘ng maxsus xandaqqa solinib, chiritiladi.
Namligi 70 % bo‘lgan go‘ng termofil bakteriyalar ta’sirida 70°C
gacha qizishi mumkin. Bunday sharoitda azotli va boshqa organik
moddalarning bir qismi qayta o‘zgarishga uchraydi, biroq kasalliklar
tarqatuvchi mikroorganizmlar halok bo‘ladi, shuningdek, begona
Go‘ng saqlash
va undan
foydalanish


187
o‘t urug‘lari chirib, unib chiqish xususiyatini yo‘qotadi. Bunday
go‘ng sanitariya jihatidan xavfsiz hisoblanadi.
Chorvachilik  atrof-muhitni  kimyoviy,  me-
xanik va bakteriologik ifloslantiradi. Bu holat yirik
chorvachilik  majmualari  atrofida  yashovchi
odamlar uchun birmuncha qiyinchiliklar kelti-
rib chiqaradi.
Chorvachilikda kimyoviy ifloslanish chorva mollarining hayot
faoliyati, go‘ngi va siydigining parchalanishi tufayli vujudga kelgan
zararli moddalar shaklida sodir bo‘ladi. Ular miqdorining yuqoriligi
chorva mollarining ko‘zi va nafas yo‘llarini qitiqlaydi, o‘pkasini
yallig‘laydi, asab tizimini zararlaydi va organizmning harakatchan-
ligini pasaytiradi.
Chorvachilikda vujudga kelgan zararli moddalar odamlarda turli
xil noxushliklarni (bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qon bosimining
oshishi, asab tizimining buzilishi va h.k.) keltirib chiqaradi.
Molxonalardan havoga ajralib turadigan mayda zarrachalar —
changlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, changlarga yopishgan holda
juda  ko‘p  mikroorganizmlar  havoga  tarqaladi.  Ko‘pincha,
cho‘chqachilik va parrandachilik fermalari atrofidagi daraxtlarning
qurib qolish holatlari kuzatiladi.
Odatda,  molxonalardan  1,5—2  km.gacha  bo‘lgan  masofada
kuchsiz  va  o‘ziga  xos  molxona  hidi  doimiy  sezilib  turadi.
Molxonalardan  o‘rtacha  200  metrlik  masofada  havoning  yuqori
bakteriologik  ifloslanishi  kuzatiladi.  Shu  sababli,  chorvachilik
majmualaridan tarqalayotgan ifloslangan havoning ta’sirini aniq-
lash va kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, mol-
xonadan 1,5—2 km masofada havodagi ammiak miqdori  0,44 mg/m
3
,
2,5 km masofada  0,40 mg/m
3
, 3 km masofada  0,35 mg/m
3
, 3,5 km
masofada    0—0,22  mg/m
3
.ni  tashkil  qilishi  aniqlangan  (yo‘l
qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  miqdor  —  0,08  mg/m
3
).  Demak,
chorvachilik inshootlarini aholi yashash joylaridan kamida 4—5
km uzoqlikdagi masofada qurish ekologik xavfsizlikni ta’minlashga
xizmat qiladi.
Chorvachilikda
muhitning
ifloslanishi


188
1. Chorvachilik qaysi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi?
2. Nima sababdan chorva mollari kasalliklarga chalinadi?
3. Chorva mollarining asabiylashishiga qaysi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi?
4. Go‘ng saqlash va undan foydalanish qoidalarining buzilishi nimalarga olib
keladi?
5. Qanday go‘ng sanitariya jihatidan xavfsiz hisoblanadi?
6. Chorvachilikda muhitning ifloslanishi qanday sodir bo‘ladi?
22-bob. QISHLOQ XO‘JALIGI EKOLOGIYASI, TABIATDAN
FOYDALANISH VA ATROF-MUHIT HIMOYASI
Qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  va  hayvonlari
ekologiyasi amaliy ekologiyaning eng muhim
yo‘nalishlari  hisoblanadi.  Qishloq  xo‘jaligi
ekologiyasi abiotik va biotik omillarning mada-
niy o‘simliklarga, shuningdek, yer-suvlarda yashovchi organizmlar
to‘dalari tuzilmasi va rivojlanish sur’atiga ta’sirini o‘rganadi.
Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi agroekotizimlarda ekinlar hosildor-
ligi  va  hayvonlar  mahsuldorligini  oshirish  maqsadida  biotsenoz
tamoyillarini qo‘llagan holda yangi qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini
ishlab chiqadi. Jumladan, sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalar,
gen  muhandisligi,  aralash  dehqonchilik,  o‘simliklarni  himoya
qilishning biologik metodi va shu kabilar.
Agroekotizimlar – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
maqsadida inson tomonidan sun’iy yaratilgan va muntazam qo‘llab-
quvvatlab turiladigan o‘zgaruvchan ekotizimlar (dalalar, yaylovlar,
polizlar,  bog‘lar,  uzumzorlar  va  h.k.).  Agroekotizimlarda  tabiiy
biotsenozlarga nisbatan tirik organizmlar xilma-xilligi keskin kam
bo‘lib,  inson  tomonidan  madaniylashtirilgan  turlar  esa  sun’iy
tanlash yo‘li bilan doimo qo‘llab-quvvatlab turiladi va ularda o‘z-
o‘zidan ichki tabiiy boshqarilish juda kuchsiz ifodalanadi. Odatda,
agroekotizimlarda tabiiy biotsenozlarga nisbatan biologik mahsuldorlik
ancha yuqori bo‘ladi. Masalan, chalacho‘l yoki dasht fitotsenozlarida
sof,  birlamchi  mahsulot  yiliga  100—1500  g/m
2
.ni  tashkil  qilsa,
?
NAZORAT SAVOLLARI
Agroekotizimlar
va tabiatdan
foydalanish


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə