Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72

195
necha o‘n marta ko‘p), 400—500 kg azotli mineral o‘g‘it (xorijiy
davlatlarda  150—250 kg) belgilangan me’yorlardan bir necha marta
ortiq ishlatilgan. 30—40 yil davomida bunday holatning uzluksiz
takrorlanib turishi deyarli barcha ekin maydonlari va atrof-muhitni
haddan ziyod ifloslangan, tuproq va suvlar tarkibi buzilgan. Atrof-
muhitga tushgan pestitsidlarning yemirilish davri 50 yildan ortiq
ekanligi hisobga olinsa, muammoning qanchalik jiddiyligi ma’lum
bo‘ladi.
O‘sha davrda samolyot, maxsus traktorlardan paxta va boshqa
ekin dalalariga purkalgan minglab tonna «zaharli yomg‘irlar» hamda
azotli mineral o‘g‘itlar natijasida chorva mollari yem-xashakdan,
baliqlar suvdan, qushlar va hasharotlar havodan zaharlanib, o‘lish
holatlari  bot-bot  kuzatilgan.  Oqibatda,  ayrim  hududlarda  tirik
organizmlar uchun o‘ta xavfli ekologik vaziyatlar vujudga kelgan.
Mustaqillik yillarida atrofdagi tabiiy muhit sifatini yaxshilash
masalasiga alohida e’tibor qaratilib, tabiatdan muvozanatli foyda-
lanishga faol kirishilgan.
O‘zbekiston hududida atmosfera havosi
tarkibiga tabiiy va antropogen ifloslanish man-
balari  ta’sir  ko‘rsatadi.
O‘zbekiston  chang  bo‘ronlari  tez-tez  ku-
zatiladigan Qizilqum, Qoraqum va Orol dengizining qurigan qismi
(Orolqum) kabi aerozollar (qattiq zarrachalar) atmosferaga doimiy
ko‘tarilib  turadigan  yirik  tabiiy  sahrolar  mintaqasida  joylashgan.
Òarkibida  oltingugurt,  uglerod  va  azot  oksidi  bo‘lgan  aerozollar
havoni tabiiy ifloslantiruvchi asosiy manbadir. Shu sababli, hudud-
larda keng ko‘lamli fitomelioratsiya ishlari va ihota daraxtzorlari barpo
etish  havoga  aerozollar  ko‘tarilishining  oldini  oladigan  samarali
tadbirlardan biriga aylangan.
Yog‘inlar (shudring, qirov, yomg‘ir, jala, do‘l, qor), ularning
miqdori va yer yuzasida taqsimlanishi, takrorlanib turishi va jadalligi
havodagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan muhim ekologik mezonlardan
biridir. Yog‘in miqdori atmosfera havosi tozaligi hamda tabiiy va
antropogen  landshaftlar uchun xavfli hodisa — qurg‘oqchilikni
kuzatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Atmosfera havosini
himoya qilish


196
Qurg‘oqchilik  paytida  tuproqning  sho‘rlanishi  va  yemirilish
jarayoni  kuchayadi,  ko‘llarda  suv  hajmi  kamayadi.  Yog‘inlar
bo‘lmagan yoki kam bo‘lgan qurg‘oqchilik yillarida dehqonchilik va
chorvachilik  samarasi  kamayib,  tabiiy  ekologik  tizimlar  nobud
bo‘lishi kuzatilishi mumkin.
Yilning sovuq davrida qor to‘planishi va uning uzoq vaqt turib
qolishi mahalliy dehqonchilik, chorvachilik va suv xo‘jaligi uchun
muhimdir. Keyingi yillarda qorli kunlar sonining kamayishi qayd
etilib, havo haroratining ko‘tarilishiga moyillik kuzatilmoqda.
Havoning chang bilan ifloslanishiga tabiiy chang-to‘zonlarning
yuqoriligi va mahalliy sanoat tarmoqlari chiqindilari ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlar havosini ifloslaydigan chang tarkibida, asosan, qurum
mavjud bo‘ladi. Qurumning asosiy miqdorini yog‘inlar yuvib ketadi,
biroq yog‘ingarlik kamligi bois bu omil katta ahamiyat kasb etadi.
Yirik sanoat markazlari atrofida o‘rnashib qoladigan changlar
tarkibida turli mineral moddalar, metall oksidlari, silikatlar, qurum,
ftoridlar, margimush oksidi va boshqa  metallar borligi aniqlangan
hamda ularning miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshmasligi zarur.
Atmosferadan tabiiy kuchlar ta’sirida yer yuzasiga tushadigan
qattiq chang zarrachalari ko‘pincha quruq atmosfera yog‘inlari deb
ham ataladi. Quruq atmosfera yog‘inlari atmosferaning changlilik
darajasini baholashda miqdoriy o‘lchov birligi (kg/ga) hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillik yillarida amalga oshirilayot-
gan samarali chora-tadbirlar tufayli atmosferaga chiqarilgan umu-
miy otqindilar hajmi 2,1 baravarga (taxminan 2 mln t.ga) qis-
qargan.
Bug‘li  gazlar  chiqindilari  miqdorini  kamaytirish  eng  muhim
vazifalardan biridir. Yoqilg‘i yoqish bilan bog‘liq jarayonlar uglerod
oksidi  chiqindilarining,  energetika  (neft-gaz)  sohasi  esa  metan
chiqindilarining  asosiy  manbayi  hisoblanadi.  Metan  chiqindilari
ko‘payishiga tabiiy gaz iste’molining o‘sishi, sholi-guruch yetish-
tirish va aholi sonining ortishi kabilar ham sabab bo‘ladi. Qishloq
xo‘jaligida ishlov beriladigan va sug‘oriladigan yerlar azot oksidi
chiqindilari manbayi bo‘lib, keyingi yillarda uning salmog‘i  3—4
martaga kamaygan.


197
Atmosferaga chiqariladigan bug‘li gazlar chiqindilari quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish orqali kamaytiriladi:
• yoqilg‘i va energiya tejamkor asbob-uskunalar hamda ekologik
xavfsiz texnologiyalardan foydalanib, isrofgarchilik va chiqindilar
chiqishining oldini olish;
• tabiiy gaz, issiqlik, suv va energiya iste’molini qat’iy hisobga
oladigan  asbob-uskunalar,  shuningdek,  biogaz  va  tiklanadigan
energiya manbalaridan keng foydalanishni joriy etish;
•  aholining  iqlim  o‘zgarishi,  energiyani  tejash  zarurati  va
samarali  texnologiyalardan  foydalanishga  oid  ekologik  bilim  va
ko‘nikmalarini  rivojlantirish.
Atmosfera  havosi  ifloslanishini  kamaytirish  tadbirlaridan  biri
avtomobillar motorida ishlatilgan gazlar zaharliligi va tutun miq-
dorini  nazoratdan  o‘tkazish  hisoblanadi.  Shu  maqsadda  avto-
transport vositalari, avtota’mirlash  korxonalari,  avtomobillarga
yoqilg‘i quyish va texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining eko-
logik  holatini  muntazam  tekshiruvdan  o‘tkazish  ishlari  kuchay-
tirilib, karburatorli avtomobillar uglerod oksidi va uglevodorodlar
bo‘yicha, dizelli avtomobillar tutunlilik tarkibi bo‘yicha nazoratdan
o‘tkazilib turilishi lozim. Avtomobillar otqindilari tarkibida zaharli
qo‘rg‘oshinli  qorishmalar  bo‘lmasligi  shart.
Ma’lumotlarga ko‘ra, antropogen manbalarning havoni ifloslan-
tirish kuchi tabiiy manbalarga nisbatan birmuncha kam va yiliga
o‘rtacha 1,3 million tonnani tashkil etadi.
Òiklanadigan  energiya  —  atrof-muhitdagi  energiya  oqimidan
olinadigan quyosh, shamol energiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va
maishiy chiqindilardan olinadigan bioenergiya. Ulardan foydala-
nish  atmosferaga  bug‘li  gazlar  chiqindilari  chiqarilishini  keskin
kamaytiradi.
O‘zbekistonda tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
katta istiqbolga ega. Yil fasllarining, asosan, ochiq, bulutsiz bo‘lishi
va  issiq  kelishi  quyosh  energiyasidan  foydalanishda  beqiyos
imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Hozirgi paytda suv isituvchi quyosh
panellari, quyosh fotoelektr tizimlari, kichik gidroelektr stansiya-
lari, shamol generatorlari, elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqa-


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə