Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72

219
23-bob. EKOLOGIYA HUQUQI ASOSLARI
Ekologiya huquqi – huquqning tabiat va
jamiyat  o‘zaro  aloqadorligi  sohasidagi
ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi
tarmog‘i.  Ekologiya  huquqi  tabiiy  resurs-
lardan foydalanish va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishning
muhim vositasi hisoblanadi.
Ekologiya  huquqining  asosiy  manbalari  quyidagi  hujjatlar
hisoblanadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi atrofdagi tabiiy muhit
muhofazasining  konstitutsion  asoslarini  «fuqarolar  atrof  tabiiy
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» (50-
modda) tarzida mustahkamlaydi. Shuningdek, unda mulkdan foyda-
lanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi shartligi (54-modda),
yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik, ulardan oqilona foyda-
lanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi (55-modda)
kabilar belgilab berilgan.
2.  Atrof-muhit  muhofazasi  sohasidagi  qonunlar  va  kodekslar
tabiiy boyliklarning huquqiy asoslarini ta’minlaydi. Ular sirasiga
yer, yerosti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot
dunyosini muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish to‘g‘risidagi
Qonunlar kiradi.
Ekologik qonunchilik tizimini O‘zbekiston  Respublikasining
«Òabiatni muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi Qonuni boshqaradi. Ushbu
Qonun  tabiiy  muhit sharoitlarini saqlash va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishning huquqiy,  iqtisodiy va tashkiliy  asoslarini
belgilab  beradi.  Qonunning  maqsadi  inson  va  tabiat  o‘rtasidagi
munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizim-
lari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini
ta’minlashdan,    fuqarolarning    qulay  atrof-muhitga  ega  bo‘lish
huquqini kafolatlashdan iboratdir. Atrof-muhit muhofazasi masala-
lari  bo‘yicha  boshqa  qonunlar  me’yorlari  O‘zbekiston  Respub-
likasi Konstitutsiyasi va «Òabiatni muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi
Qonunga zid bo‘lmasligi lozim.
Ekologiya huquqi
manbalari


220
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi yerdan ilmiy asos-
langan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq
unumdorligini  tiklash  va  oshirishni,  tabiiy  muhitni  asrash  va
yaxshilashni  qat’iy  belgilab  beradi.  Kodeks  yuridik  va  jismoniy
shaxslarning yer maydonlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash  maqsadida  yer  munosabatlarini  tartibga  solishni,
shuningdek, bu sohadagi qonuniylikni belgilaydi.
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari
O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi Qonunida aks etgan. Havo havzasini muhofaza qilish-
ning  eng  muhim  umumiy  tadbirlaridan  biri  atmosfera  havosiga
ifloslantiruvchi  moddalar  va  unga  fizikaviy  omillar  zararli  ta’sir
ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi me’yorlari belgilanishi
hamda atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompen-
satsiya to‘lovlarini undirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Yerosti boyliklari to‘g‘risida»gi
Qonuni  mineral xomashyo va  yerosti suvlariga  bo‘lgan  ehtiyojlarni
qondirish uchun yerosti boyliklaridan oqilona, kompleks foydala-
nishni, yerosti boyliklari va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishni
ta’minlash maqsadida yerosti boyliklariga egalik qilish, ulardan foy-
dalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni
(konchilik  munosabatlarini)  tartibga  soladi,  shuningdek,  yerosti
boyliklaridan foydalanuvchilar huquqlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘simlik  dunyosini  muhofaza
qilish va undan  foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni tabiiy sharoitda
o‘sadigan  o‘simlik  dunyosini,  shuningdek,  takror  yetishtirish  va
genetik fondini saqlash uchun ekib o‘stiriladigan yovvoyi  o‘simlik-
larni  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasidagi  muno-
sabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va  undan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  Qonuni  quruqlikda,
suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha turadigan
yovvoyi  hayvonlarni,  shuningdek,  ilmiy  yoki  tabiatni  muhofaza
qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan


221
yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va ulardan  foydalanish  sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston  Respublikasining  «Muhofaza  etiladigan  tabiiy
hududlar  to‘g‘risida»gi  Qonunida  muhofaza  etiladigan  tabiiy
hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish
sohasidagi  munosabatlar  tartibga  solinadi.  Qonunning  asosiy
vazifalari tiðik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni,
o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson
faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan,  tabiiy
jarayonlarni  o‘rganishdan,  atrof  tabiiy  muhit  monitoringini  olib
borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
O‘zbekiston  Respublikasining  «Chiqindilar  to‘g‘risida»gi
Qonunining maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat.  Qonunning
asosiy  vazifalari  chiqindilarning  fuqarolar  hayoti  va  sog‘lig‘iga,
atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘li-
shini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalani-
lishini ta’minlashdan iborat.
Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘rmon  to‘g‘ri-
sida»gi, «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi,  «Aholini va hududlarni
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi, «Davlat sani-
tariya nazorati to‘g‘risida»gi, «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi
kabi  Qonunlarida ham eng muhim ekologik me’yorlar va talablar
o‘z aksini topgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya va tabiatdan
foydalanish masalalari bo‘yicha Qarorlari, Farmonlari va Farmoyishlari
g‘oyat keng doiradagi ekologik masalalarga daxldor. Bunga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-avgustdagi «Xalqaro  shart-
nomalarga  qo‘shilish  to‘g‘risida»gi («Òranschegaraviy ochiq suv
oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda  foydalanish
bo‘yicha  Konvensiya»ga  (1992-yil  17-mart,  Xelsinki)  hamda
«Xalqaro  ochiq  suv  oqimlaridan  kemalar  qatnamaydigan  turda
foydalanish  to‘g‘risidagi  Konvensiya»ga (1997-yil 21-may, Nyu-
York)) Qarori misol bo‘ladi.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə